Tadqiqotning ishlanganlik darajasi. O'zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida zamonaviy texnologiyalar asosida matematika fanini o’qitishni takomillashtirishga bag'ishlangan ko'plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan va olib borilmoqda. Ta'lim mazmunini integratsiyalashga oid tadqiqotlar (YU.A.Kustov M.N.Berulava, V.D.Semenov, L.D.Fedotova) bilan bir qatorda pedagogik integratsiyaga aloqodor bo'lmagan tadqiqotlarda ham mazkur masalaga muayyan o'rin ajratilgan (G.I.Ibragimov, I.YA.Kuramshin, YU.A.Kustov, YU.S.Tyunnikov, R.Safarova, P.Musaev, H.Nazarova, R.Ahlidinov, I.Makuxina). Keyingi yillar mobaynida mazkur masalaga aloqador bo'lgan bir qator monografiya, ilmiy maqolalar, o'quv dasturlari chop etildi (V.S.Bezrukova, M.N.Berulava, V.D.Semenov, G.F.Fedorets, N.K.Chapaev, R.Safarova, P.Musaev, H.Nazarova, R.Ahlidinov). Ushbu masalaga, ayniqsa, xorijda katta e'tibor qaratilgan. Amerikalik A.Blum, Djerom Bruner, G.Vintrop, R.Gagne, Djeyms Rezerford, R.Slavin, R.Stivenson va boshqalarning tadqiqotlari bunga misol bo'la oladi. Olmoniyalik V.Bretsinka, R.Vinkel`. X.Deppe Vol`finger, L.Klinberg, G.Noyner, K.G.Tamashevski, frantsiyalik F.Best, bolgariyalik M.Andreev, D.Lazerev, I.Santulov, chexiyalik CH.Mazyaj, V.Roglichek, vengriyalik O.Mixay, A.Xorvat va boshqalar ham pedagogik integratsiya muammosiga murojaat qilganlar. Shuni o'zi ham ko'rsatib turibdiki, ta'lim mazmunini integratsiyalash juda serqirra, ijtimoiy-pedagogik, amaliy ahamiyatga ega bo'lgan masalalardandir. Qilingan ilmiy-metodik tadqiqotlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, o'rganilayotgan va tadqiq qilinayotgan muammoning nazariy va amaliy tomonlarining ayrim qirralari bilan xorijda I.YA.Lerner, M.N.Skatkin, N.F. Talizina, B.S.Gershunskiy, V.P.Simonov, G.YE.Juravlyov, B.T.Lixachyov, V.YU.Mikryukov, V.S.Yelagina, M.I.Maxmutov, V.S.Bezrukova, M.M.Shamsutdinov, V.V.Machulislar, respublikamizda umumiy o'rta ta'limda fanlarni integratsiyalab o'qitish muammolari bilan R.SH.Ahlidinov, R.H.Djuraev, G.S.Ergasheva, SH.T.Xalilova, B.O'rozov, D.Po'latova, B.B.Qurbonov, G.YA.Ro'zieva, kasb-hunar ta'limi va ishlab chiqarish o'rtasidagi integratsiyani ta'minlash muammolari bilan O'.Q.Tolipov, N.A.Muslimov, SH.S.Sharipov, R.G.Mullaxmetov, M.Ismoilova, H.Sanaqulov, R.G.Isyanov, G.Jamolova, H.Yakubova , O.Qo'ysinov, SH.Qulieva, G.Nasriddinova, SH.Abduraimov, G.Isaeva, E.M.Azimova, M.Z.Murtazaev, K.U.Umarov, aniq fanlarni integratsiyalab o'qitish muammolari bilan E.O.Turdiqulov, A Ergasheva, S.Alimova, malakaviy pedagogik kadrlarni tayyorlashda integrativ yondashuv muammolari bilan J.G'.Yo'ldoshev, M.S.Divanova, J.O.Tolipova, boshlang'ich ta'limda integratsiya muammolari bilan Q.M.Abdullaeva, R.Mavlyanova , R.G'.Safarova, R.Mavlyanova, D.F. Abduazimova, X.A.To'raqulov, M.E.Jumaev, N.Qudratov, M.M. Aliqulova, N.Jo'raeva, G.Boymurodova, N.T.Sobirova, ma'naviy-axloqiy tarbiyada integratsiyaning o'rni bilan A.T.Tilegenov, K.Davlatov, L.M.G'ozieva, M.O. G'anieva, I.N.Stirkas, N.Nishonova, matematika ta'limida integratsiyalash muammolari bilan J.Ikromov, SH.M.Yunusova, SH.S.Ziyadullaeva, M.E.Nosirova, K.Seydullaev, M.Abdukarimov, N Raemov, S.Masharipov, D.Saipnazarova, fizika va astronomiya ta'limida integratsiyalash muammolari bilan B.Qurbonov , X.S.Matchanov, A.SH.Shamsiev, G'.M.Shertaylakov, Z.Jumaboeva, SH.A.Ashirov, B.B. Qurbonov, M.Rahmatullaeva, S.YU.Maxmudova, SH.B.Ochilov, informatika va axborot texnologiyalari ta'limida integratsiyalash muammolari bilan A.Abduqodirov, M.Aripov, N.I.Taylaqov, M.X.Lutfullaev, I.Aliev, D.Saidahmedovalar tadqiqotlar olib borishgan. Qayd etilgan olimlarning tadqiqotlari umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar yoki oliy ta'lim muassasalari ta'lim tizimida integratsiyalashning umumiy muammolari yoki Zamonaviy texnologiyalar asosida matematika fanini o’qitish elektron ta’lim resurslarini o'qitish, umumta'lim yoxud mutaxassislik fanlarini o'qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asoslari tadqiqiga bag'ishlangan. Tahlil natijalaridan ayon bo'ldiki, xalq ta’lim tizimida Zamonavit texnologiylar asosida matematika fanini o’qitish elektron ta’lim resurslarini yaratishning uslubiy va dasturiy ta’minoti dissertatsion tadqiqot sifatida ishlanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |