Zamonaviy ta’lim tizimi hozirgi davrning barcha o’ta jiddiy talablariga



Download 15,21 Kb.
Sana10.04.2022
Hajmi15,21 Kb.
#540827
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot topshiriq 2


Elektron savdo maydonchasi bu tashkiliy, axborot va texnik qarorlarning dasturiy-apparat majmui, shu jumladan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotish uchun axborot tizimi orqali sotuvchi va xaridorning (buyurtmachining) o’zaro xamkorligini ta’minlaydigan internet-do’koni deb belgilangan;

Elektron xabar bu axborotni jo’natuvchini identifikaciyalash imkonin beruvchi elektron shakld qayd etilgan axborot deb belgilangan;

Elektron vosita bu elektron shaklda axborotni qayta ishlash, saqlash va uni ayirboshlashga mo’ljallangan kompyuter va (yoki) boshqa texnik asbob, shunigdek telekommunikatsiyalar tarmogi deb belgilangan;

Elektron shatnoma bu tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda sotuvchi va xaridor o’rtasida tuziladigan shartnoma deb belgilangan;

Elektron hujjat bu electron shaklda qayd etilgan, electron raqamli imzo bila tasdiqlangan va electron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvazitlarga ega bo’lgan axborot

2
Zamonaviy ta’lim tizimi hozirgi davrning barcha o’ta jiddiy talablariga


Javob bera olmayotganligini juda ko’pchilik olimlar va mutahassislar tomonidan
Tan olinayapti. Ushbu holatni tubdan o’zgartirishning asosiy yo’llaridan biri –
Ta’lim tizimiga zamonaviy texnologik rivojlanishning eng yangi dasturiy-texnik
Vositalarini keng miqyosda jalb qilishdir. Bunday vositalardan biri – insonlarning
Ishlab chiqarishdan va boshqa kundalik yumushlardan ajralmagan holda to’laqonli
Ta’lim olishiga imkon beradigan raqamli platformalardagi ochiq masofaviy ta’lim
Tizimidir (
MOOC
Massive open online cources – ommaviy ochiq onlayn ta’lim
Tizimlari
). Bundan bir necha yillar oldin, ya’ni, 2012 yilning kuzlarida
Stenford
Universitetining ikki professori
Sebastyan Trun
Va
Piter Norvig
Internetda barcha
Istovchilar uchun sun’iy intellect bo’yicha ma’ruzalar tinglashni taklif qilishdi.

3
O‘zbekiston iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasi


Raqamli iqtisodiyot deganda, faqatgina Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Deputat Nodir Jumayev bu boradagi mulohazalarini bayon etdi.

Raqamli iqtisodiyot nega kerak va u nima beradi?

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida 2020 yil – “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi. Ushbu Murojaatnomani nafaqat joriy yilga qo‘llanma va yo‘llanma sifatida, balki yaqin o‘rta muddat uchun O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini belgilab beruvchi dastur, fundamental ahamiyatga ega bo‘lgan hujjat sifatida baholash mumkin.

Ilmsiz, ma’rifatsiz jamiyat va mamlakat taraqqiyotini tasavvur qilish mushkul. Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilik” asarida “Bilimsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtni och kishi nima qilsin?!”, deb ilm-ma’rifatning o‘rni naqadar dolzarb va muhimligini ko‘rsatib o‘tgan. Davlatimiz rahbari tomonidan ilm-ma’rifatga alohida urg‘u berilishi va bu orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalasi kun tartibiga qo‘yilishi iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy jihatdan kuchli, bozor iqtisodiyoti qonunlari to‘liq amal qiladigan demokratik davlat qurishga qaratilgan muhim qadam ifodasidir.

4
Mamlakatimiz ishlab chiqarish sohalarini axborotlashtirish jamiyat rivojlanishining ob’ektiv jarayoni hamda zarur bo’lgan axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va takdim etishning tabiiy davomidir. Iqtisodiyot, ishlab chiqarish, aloqa, ilmiy-tadqiqot, ta’lim, tibbiyot va biznes sohalaridagi mehnat sifati, mehnat unumdorligi va samaradorlik darajasini yuksaltirish ularda tadbiq qilinayotgan eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog’liq.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to’plangan axborot mahsulotlarini kishilarga tezkor sur’atda etkazib sermehnatlik darajasini kamaytirgan holda mavjud muammolarni hal etish uchun keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Shuning uchun ham axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida samarali qo’llash mamlakatni texnologik va iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib xizmat qilmoqda.



O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan vazirlar mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida quyidagilarni aytib o’tdilar:

“biz qisqa vaqt mobaynida nafaqat axborot xizmatlari ko’rsatishning ko’plab turlari bo’yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishimiz, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak darajaga erishgan ilg’or mamlakatlar safiga qo’shilishimiz zarur”.1
Download 15,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish