Xususiyatlari
Keramzit beton
Oddiy beton
Zichlik kg/m
3
850-1800
1800-2500
Issiqlik o’tkazuvchanlik
Vt/m
0
C
0,15-0,45
0,05-2,02
Mustahkamlik bo’yicha
markasi
B3,5-B10
B3,5-B10
Suv shimuvchanlik %
(massa ulushida)
10
4-8
Sovuqbardoshlik bo’yicha
markasi
50/200
50/300
Bug’ o’tkazuvchanlik
bo’yicha markasi
(мг/(м*ч*Па)
0,3-0,9
0.03
Biz ushbu jadvalda keramzit asosidagi yengil beton va oddiy og’ir betonlarning
eng asosiy fizik-mexanik xususiyatlarini keltirib o’tdik, jadvaldan ko’rinib turganidek
zichlik jihatdan keramzit betonning oddiy betondan bir muncha farqli ekanini
ko’rishimiz mumkin va bu farq tabiiyki materiallarning issiqlikni kam o’tkazish
xususiyatiga ham bevosita aloqadordir chunki bizga ma’lumki materialning zichligi
qanchalik kichik bo’lsa uning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti ham shuncha
past bo’ladi. Bizga ma’lumki issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,175 W/(m·°C)
dan yuqori bo‘lmagan (25°C) qurilish materiallari issiqlik izolatsiyasi materiallari
sinfiga kiradi. Aynan shuning uchun ham biz keramzit betonni issiqlikni kam
o’tkazuvchi matreriallar sinfiga kirita olamiz. Aynan shu jihat sababli
bino va
konstruksiyalarning issiqlik izolatsiyasi katta miqdordagi issiqlik energiyasini tejaydi.
Bundan tashqari, bino devorlari qalinligi, konstruksiyalarning xususiy massasi ham
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
301
mutanosib ravishda kamayadi. Qurilish tizimida 1 t samarali ishlatish 200 t gacha
shartli yoqilg‘ini tejaydi.
Keramzit aosidagi betonning yuqorida keltirib o’tgan bir qancha jihatlari bilan
boshqa turdagi materiallarga nisbatan samarali bo’lishiga asosiy sabab bu uning
g’ovak strukturasidir.
1-rasm
Keramzit to’ldiruvchili beton na’munasining ko’rinishi
Hozirgi paytda qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida materiallarning
o’rtacha zichliklarini kamaytirish ikki xil bosqichda amalga oshiriladi va bu usullar
bir biridan tubdan farq qiladi: birinchi bosqich mahsulotni qoliplash jarayonida
mahsulot xajmida g’ovakliklar hosil qilish yo’li bo’lsa; ikkinchi usulda materialni bir
nechta texnalogik usullar orqali g’ovaklikini oshirish orqali erishiladi. Yana shuni
ham aytish joizki ichki havo konveksiyasi tufayli mahsulotning hajmiy strukturasida
juda katta bo’shliqlarni hosil qilish mumkin ammo bu jarayon faqat materialning
issiqlik o’tkazuvchanlik xususyatlariga yomon ta’sir o’tkazishiga olib kelishi ham
mumkin. Amalyotda 40% dan ortiq bo’shliqli materiallarni olish mumkinligi lekin bu
jarayon katta texnalogik qiyinchiliklar bilan amalga oshirilishi isbotlangan. Aynan
shuning uchun ham yengil beton ishlab chiqarish uchun to’ldiruvchi sifatida aynan
keramzitning tanlanishi biz yuqorida keltirib o’tgan o’rtacha zichlikni kamaytirish
vazifani yechish uchun xizmat qiladi va bu usul materialni qoliplash jarayonida
material tarkibida g’ovakliklar hosil qilish usuliga o’xshashdir faqat birgina farqli
jihati biz ko’rib chiqayotgan yengil beton ishlab chiqarishda qoliplash jarayonida
g’ovak hosil qiluvchi emas balki tayyor g’ovakli qo’shimcha (keramzit)dan
foydalaniladi.
Aynan keramzitning bo’shliqli ichki strukturasi orqali biz yengil beton ishlab
chiqarish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
302
2-rasm
Keramzitning ichki strukturasi
Shu bois keramzitning qo‘llanilish sohasi juda keng qamrovli bo‘lib, uning
zichligi,
mustahkamligi,
granulometrik
tarkibi
kabi
xossalarini o‘zaro
mujassamlantirib, qurilish sohasida undan turli-tuman buyumlar tayyorlash imkonini
beradi. Keramzitni tayyorlash jarayoni sanoat korxonalarida yuqori darajada
mexanizasiyalashgan va avtomatizasiyalashgan liniyalarda amalga oshiriladi. Uni
tayyorlashda turli konstruktiv yechimlarni tanlash, jumladan kompozisiya tarkibini,
bog‘lovchi turini, undan tayyorlanadigan buyumlarning o‘lchamlari va shaklini
o‘zgartirish imkoniyatlari ham mavjud. Bunday ko‘p variantlilik turar joy binolarini
loyihalashdagi bir hillikdan voz kechish, samarali qurilish materiallari bazasini izlab
topish, yangi tabiiy iqlim va tarixiy an'analarga mos keluvchi me'moriy va
konstruktiv yechimlar izlab topish imkonini beradi. Jumladan, AQSh, va Yevropa
mamlakatlarida keramzitga o‘xshagan materiallardan foydalanish XX asrning II
yarmidan boshlangan. Bugungi kunga kelib ham ushbu mamlakatlarda yengil
betondan tayyorlangan oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalar ko‘p qavatli binolarni
barpo etish jarayonida keng qo‘llanilmoqda. Keyingi yillarda keramzit betonni
respublikamiz qurilish ishlab chiqarish sanoati, sanoat va fuqaro qurilish sohalarida
ham qo’llash surati sezilarli darajada o’sdi, Shu bois, yengil beton va uning boshqa
turlaridan foydalanish keng miqqiyosida ommalashmoqda. Bu jarayonni quydagi
rasm orqali ham yetarlicha tushinib olishimiz mumkin.
3-rasm
Turli hil materiallarning issiqlik o’tkazuvchanlik ko’rsatkichi bir hil bo’lgandagi
qalinliklari.
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
303
Ushbu rasmdan ko’rinib turganidek 210 sm qalinlikdagi devorning issiqlik
o’tkazuvchanligi 90 sm qalinlikdagi keramzit betonning issiqlik o’tkazuvchanligi
bilan bir hildir. Aynan shuning uchun ham bu turdagi qurilish materiallaridan keng
miqyosida foydalanish davlat siyosati darajasiga ko’tarilib ulgurdi. Bilamizki
bugungi kunda uy-joy qurilishi sohasida har bir metr kvadrat metr yer 3 million
so’mdan 6 , 7 million so’mgacha (viloyatlar kesimiga qarab, joylashgan hudud
infrastrukturasiga qarab) baholanmoqda, demak yengil betonlardan bin ova inshootlar
qurilishida keng miqyosida foydalanish qurilish uchun ajratilgan yer maydonidan
unumli foydalanishni ta’minlaydi. Bundan tashqari bino yoki inshoatning poydevori
ushbu inshoatga tushadigan yuklanishga qarab hisob kitob qilinishini ham hisobga
oladigan bo’lsak qurilishda yengil betonlardan foydalanish konstruktiv xarajatlar
jihatdan ham iqtisodiy yutuqqa erisha olishimizni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |