KO‘PRIKLAR TARIXI
Insoniyat
sivilizatsiyaning
ibtidoiy jamoa davrida bir qirg‘oqdan
boshqasiga tushgan daraxt ko‘prik
vazifasini o‘tardi. Tabiatning o‘zi
ibtidoiy odamlarga ko‘prik tuzilishi,
qurulishi haqida ishora bergan edi.
Shu bois, qadimgi davrlarda paydo
bo‘lgan ibtidoiy ko‘priklar tabiat
yaratgan ko‘priklardan farq qilmas
edi.
Keyinchalik teri qullik jamiyat davrida ko‘priklar tabiiy toshlardan
qurula boshlandi. Dastlab ko‘priklarning faqat tayanchi toshdan qilingan,
ammo keyinchalik ko‘priklar butkul toshdan qurula boshlangan. O‘rta
asrlarga kelib shaharlararo savdoning jadal rivojlanishi ko‘plab baquvvat
ko‘priklarni talab qila boshladi. Muhandislikning rivojlanishi yanada
kengroq, yarim qiyalik va tayanch ustunlari juda keng bo‘lmagan
ko‘priklar qurish imkonini berdi. O‘sha paytdagi eng katta ko‘priklarning
ikki tayanch ustunlari orasidagi masofa 70 metrdan oshar edi.
Slavyanlar ko‘prik qurishda tosh
o‘rniga yog‘ochdan foydalanar edilar.
XII asrda Kiyevda Dneprda bo‘ylab
suzuvchi
ko‘prik
paydo
bo‘ldi.
Rossiyada esa arkasimon yog‘och
ko‘priklar o‘sha davrlarda keng
tarqalgan bo‘lgan.
Indeyeslar
osilib
turadigan
ko‘priklarning eng oddiy shakli
bo‘lgan
arqonli
ko‘priklarni
–
aveduklarni qurishgan.
XVI va XVII asrlarda tagidan
yirik kemalar o‘ta oladigan yanada
katta
ko‘priklarga
extiyoj
paydo
bo‘ldi.
XVIII
asrda
bunday
ko‘pkriklarning balandligi 100 m dan
oshadi.
142
XVIII asrning ohiridan boshlab ko‘prik qurilishi uchun metall
ishlatila boshlandi. Birinchi metall ko‘prik 1779 yilda Severn daryosida
Buyuk Britaniyaning Koulbrukdeyle shahrida qurilgan. Cho‘yan
arkalardan iborat bu ko‘prikning balandligi tahminan 30 m edi. XIX
asrda temir yo‘llarining paydo bo‘lishi katta yuklarga bardosh beradigan
ko‘priklarning yaratishni talab qildi, shu
sabab ko‘prik qurilishida po‘lat va temir
asosiy materiallar sifatida ishlatila
boshlandi. Gustav Eyfel 1877 yilda
Portugaliyadagi Douro daryosi ustiga
quyma temirdan arkasimon 160 metrli
ko‘prik qurdi.
XX
asrda
temir
betondan
ko‘priklar qurish boshlandi. Temir
beton kengligi 50 m gacha bo‘lgan
to‘sinli ko‘priklar uchun va kengligi 250
m gacha bo‘lgan arkasimon ko‘priklar uchun ishlatilgan. Shu bilan birga
metalldan foydalanish ham davom ettirilgan – XX asrda Kanadadagi Sent
- Lavrens daryosi bo‘ylab (uzunligi 549 m) AQSHdagi Kil-Van-Kil
bo‘g‘oz orqali katta metall ko‘prik (503,8 m), shuningdek, San-
Fransiskodagi (Oltin Darvoza ko‘prigi) (asosiy uzunligi 1280 m)
Bizning Zamonamizdagi eng katta ko‘prik, jumladan dunyodagi
eng baland Viaduk Miyo va Akashi-Kaikyo ko‘prigi (asosiy uzunligi
1991 m) hisoblanadi
Eng baland ko‘prik: Beypan’sizyan ko‘prigi (565 metr; 2016),
Millay (341 m; 2004) va Rossiya ko‘prigi (321 m); Tamina ko‘prigi
(2017 yil iyun oyida Shvetsariyada qurilgan) Yevropadagi eng baland
ko‘prikdir (200 m).
Eng uzun ko‘prik: Danyang-Kunshan
Viaduk
(164,8
km,
ancha
qismi
quruqlikdan o‘tadi); Gonkong-Chjuxay-
Makao ko‘prigi (suv ustida qurilgan), U-
Bein
ko‘prigi
(taxminan
1,2
km,
dunyodagi eng uzun va eng qadimgi
yog‘och ko‘prik, 1850 yilda qurilgan).
Eng uzun shaffof ko‘prik (shishadan
qilingan) 2015 yilda Xitoyda qurilgan (50
metr).
143
Do'stlaringiz bilan baham: |