KA’BANING TARIXI
Tarixda ma’lumki, Ka’ba bir necha marotaba qaytadan qurilgan.
Rivoyatlarga qaraganda, ka’ba o‘n bir marotaba qaytadan qurishgan
ekan:
Farishtalar; Odam alayhissalom; Shish ibn Odam alayhissalom;
Ibrohim va Ismoil alayhissalom; Amaliqo qabilasi; Jurhum qabilasi;
Qusoy ibn Kilob; Quraysh qabilasi; Abdulloh ibn Zubayr; Hajjoj ibn
Yusuf; Sulton Murod VI tomonidan rekonstruksiya qilingan.
Ka’ba taqriban masjid o‘rtasida katta hona shaklida baland va
to‘rtburchak ko‘rinishda qad ko‘targan. Balandligi 15 metr. Eshik bor
tomoni va uning muqobilining har biri 12 metrni, tarnov bor tomoni
hamda uning muqobili esa har biri 10 metrni tashkil etadi. Ka’ba ichida 3
ta ustun, bitta stol va shiftga osilgan 2 dona lampa bor, uning pol va
devorlari marmardan qilingan. Uning shifti kalimai shahodat bitilgan
mato bilan qoplangan. Ka’ba ichiga ko‘pi bilan 50 kishi sig‘adi.
Ka’baning atrofi ochiq bo‘lgan, ancha davrdan so‘ng Ka’ba
yonlarida joylashgan uylar sotib olingan va ularni buzib, tekislab shu
140
tariqa Ka’ba sahni kengaytirilgan hamda kishi bo‘yidan pastroq devor
bilan o‘ralgan.
1629 yilda qattiq va uzoq yomg‘ir yog‘ishi natijasida katta sel kelib
Masjidul Haramning ko‘p qismi vayron bo‘lgan, ammo Sulton Murodxon
IV uni zudlik bilan tiklagan. Qariyb 400 yildan so‘ng-1996 yilda Ka’bai
muazzama qayta ta’mirlangan va u bugun shu holatdadur.
Ka’bani sharqiy devorida 1.5 metr balandlikda kumush gardishga
o‘rnatilgan Qora tosh joylashgan (Hajarul-asvad). Qora toshning
o‘lchamlari 16,5x20sm. bo‘lib, u qora jinsda birlashgan bir necha to‘q
qizil rangli toshlardan iborat.
1977 yilda Misrlik olim geografiya fanlari professori, doctor
Xuseyn Kamaluddin Makkaning planetamiz tuzilishidagi roli haqida
shov-shuvli farazni ilgari suradi. Uning fikriga ko‘ra Yer sharidagi
birinchi quruqlik bugun Ka’ba joylashgan joyda paydo bo‘lgan va u
Yerning markazi hisoblanadi. Bunga ishonch hosil qilish uchun olim
barcha qit’alarni aqliy bog‘lab, ularning oxirgi nuqtalaridan Makkaning
markazigacha bo‘lgan masofani o‘lchashni taklif qildi-uning so‘zlariga
ko‘ra, bu masofa hamma xolatlarda bir xil bo‘ladi.
Xuseyn Kamalludinning ta’kidlashicha, Makkada yer sharining magnit
markazi joylashgan. Boshqa olimlarning taxmin qilishicha, Makka
ziyoratchilari Ka’ba atrofidagi soat millariga teskari yo‘nalishda
harakatlanishi koinot jismlarining harakatini anglatadi
Planetamizdagi barcha mikroelementlar, shuningdek galaktikadagi
sayyoralar soat yo‘nalishiga teskari yo‘nalishda harakat qiladi.
141
Do'stlaringiz bilan baham: |