31-rasm. Vollastonitning mikroignasimon tuzilishi ( kattalashtirib olingan).
Ma’lumki beton va temirbeton buyumlari ishlab chiqarish
sanoatida, shuningdek alohida beton ishlarini bajarishda ularning sifatini
oshirish, uzoq muddatga va agressiv muhit ta’siriga chidamliligini
ta’minlash, sement sarfini nisbatan tejash hozirgi kunning dolzarb
muammolaridan biri hisoblanadi.
Vollastonit xom-ashyosining tuzilishi juda mustahkam bog‘langan
polimerli silikatdir. Bunday bog‘lanishni odatda buzish juda qiyin.
Vollastonitdan bog‘lovchi mineral sifatida foydalanish uchun avtoklav
yordamida (bug‘ning yuqori harorati va bosimi) ishlov berilsa, ancha
yaxshi natijalarga erishish mumkin. Sement ishlab chiqarish sanoatida
esa uning tarkibiga har xil faol mineral qo‘shilmalar qo‘shish ruxsat
etiladi. Ko‘pchilik hollarda bunday qo‘shilmalar qimmat bo‘lganligi
uchun, sementning tannarxi oshib ketadi. Vollstonitning sement tarkibiga
mineral qo‘shimcha sifatida kiritilishi uning qurilish-texnikaviy
xossalarini yaxshilaydi.
Ko‘plab oimlar o‘tkazgan tajribalar asosidagi xulosa shuki,
vollastonit xom-ashyosi asosida olinadigan betonlar iqtisodiyot uchun
juda muhim ahamiyatga egadir. Jumladan, o‘ta mustahkam va chidamli
beton hamda temirbeton konstruksiyalar tayyorlash, yengillashtirilgan
betonlar ishlab chiqarish; sement va boshqa ashyolar sarfini keskin
kamaytirish, shuningdek qurilish ishlarining umumiy tannarxini
kamaytirish mumkin.
65
7. ISSIQLIK IZOLYATSION VA AKUSTIK MATERIALLAR
Issiqlik izolyatsion materiallar deb atrofdagi muhitga issiqlik
yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida turar-joy va sanoat binolari, issiqlik
agregatlari, hamda quvurli o‘tkazgichlari qurishda va uning ustidan
o‘ralgan materiallarga aytiladi Issiqlik izolyatsion materiallar asosiy
xom-ashyoning turi, shakli va tashqi ko‘rinishi, tuzilishi, zichligi,
qattiqligi va issiqlik o‘tkazuvchanligi bo‘yicha turlanadi.
Asosiy xom-ashyoning turiga qarab issiqlik izolyatsion materiallar
mineral xom-ashyoning har xil turlari (tog‘ jinslari, shlak, shisha, asbest)
asosida tayyorlanadigan noorganik, organik (ular ishlab chiqarish uchun
tabiiy organik materiallar - torf, yog‘och tolali materiallar xom-ashyo
bo‘lib xizmat qiladi) va plastik massalardan tayyorlanadigan
materiallarga bo‘linadi.
Shlakli va ko‘rinishi bo‘yicha issiqlik izolyatsion materiallar
donalab tayyorlanadigan qattiq (plita, qobiq, sement, g‘isht, silindr va
egiluvchan mato, shnurli eshilgan bog‘liqlar) yumshoq va sochiluvchan
(paxta, perlit qum, vermikulit) materiallarga bo‘linadi.
Tuzilishi bo‘yicha issiqlik izolyatsion materiallar tolali (mineral
paxta, shisha tolali, donador perlit, vermikulit) g‘ovak (g‘ovak
betonlardan tayyorlangan buyumlar, ko‘pik shisha) materiallarga
turlanadi.
Zichligi bo‘yicha issiqlik izolyatsion materiallar: 15, 25, 35, 50, 75,
100, 125, 150, 175, 200, 225, 250, 300, 350, 400, 450, 500, 600, 700
markalarga bo‘linadi.
Bikrligi bo‘yicha yumshoq materiallar (mineral paxta, shisha paxta)
yarim bikr - sintetik bog‘lovchi asosida tayyorlangan shtapelli, shisha
toladan qilingan plitalar va boshqalar, bikr sintetik bog‘lovchi asosida
mineral paxtadan qilingan plitalar, yuqori bikr, qattiq materiallar bo‘ladi.
Issiqlik o‘tkazuvchanligi jihatdan issiqlik izolyatsiyasi materiallari
quyidagi sinflarga bo‘linadi:
A - issiqlik o‘tkazuvchanligi past - 0,06 Vt/m·K; issiqlik
o‘tkazuvchanligi o‘rtacha - 0,06-0,115 Vt/m·K gacha;
V - issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori - 0,115-0,175 Vt/m·K gacha.
Vazifasiga
ko‘ra
issiqlik
izolyatsion
materiallar
issiqlik
izolyatsiyasi (himoyalovchi) - qurilish (qurilish konstruksiyalarini
izolyatsiyalash uchun) va issiqlik izolyatsion montaj (sanoat asbob-
uskunalari va quvur o‘tkazgichlarni issiqlik izolyatsiyasi uchun)
materiallarga bo‘linadi.
66
Umuman olganda issiqlik izolyatsiyasi materiallari 2 xil bo‘ladi:
anorganik hamda organik issiqlik izolyatsiyasi materiallarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |