6. ISSIQLIK IZOLYATSION VA AKUSTIK MATERIALLAR
Issiqlik izolyatsion materiallar deb atrofdagi muhitga issiqlik yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida turar-joy va sanoat binolari, issiqlik agregatlari, hamda quvurli o‘tkazgichlari qurishda va uning ustidan o‘ralgan materiallarga aytiladi (46 – rasm).
Issiqlik izolyatsion materiallar asosiy xom-ashyoning turi, shakli va tashqi ko‘rinishi, tuzilishi, zichligi, qattiqligi va issiqlik o‘tkazuvchanligi bo‘yicha turlanadi.
Asosiy xom-ashyoning turiga qarab issiqlik izolyatsion materiallar mineral xom-ashyoning har xil turlari (tog‘ jinslari, shlak, shisha, asbest) asosida tayyorlanadigan noorganik, organik (ular ishlab chiqarish uchun tabiiy organik materiallar - torf, yog‘och tolali materiallar xom-ashyo bo‘lib xizmat qiladi) va plastik massalardan tayyorlanadigan materiallarga bo‘linadi.
Shlakli va ko‘rinishi bo‘yicha issiqlik izolyatsion materiallar donalab tayyorlanadigan qattiq (plita, qobiq, sement, g‘isht, silindr va egiluvchan mato, shnurli eshilgan bog‘liqlar) yumshoq va sochiluvchan (paxta, perlit qum, vermikulit) materiallarga bo‘linadi.
Tuzilishi bo‘yicha issiqlik izolyatsion materiallar tolali (mineral paxta, shisha tolali, donador perlit, vermikulit) g‘ovak (g‘ovak betonlardan tayyorlangan buyumlar, ko‘pik shisha) materiallarga turlanadi.
Zichligi bo‘yicha issiqlik izolyatsion materiallar: 15, 25, 35, 50, 75, 100, 125, 150, 175, 200, 225, 250, 300, 350, 400, 450, 500, 600, 700 markalarga bo‘linadi.
Bikrligi bo‘yicha yumshoq (m) materiallar (mineral paxta, shisha paxta) yarim bikr - sintetik bog‘lovchi asosida tayyorlangan shtapelli, shisha toladan qilingan plitalar va boshqalar, bikr (j) sintetik bog‘lovchi asosida mineral paxtadan qilingan plitalar, yuqori bikr (J), qattiq (T) materiallar bo‘ladi.
Issiqlik o‘tkazuvchanligi jihatdan issiqlik izolyatsiyasi materiallari quyidagi sinflarga bo‘linadi:
A - issiqlik o‘tkazuvchanligi past - 0,06 Vt/m·K; issiqlik o‘tkazuvchanligi o‘rtacha - 0,06-0,115 Vt/m·K gacha;
V - issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori - 0,115-0,175 Vt/m·K gacha.
46- rasm. Binoda issiqlik izolyatsiya materiallaridan foydalanish joylari.
Vazifasiga ko‘ra issiqlik izolyatsion materiallar issiqlik izolyatsiyasi (himoyalovchi) - qurilish (qurilish konstruksiyalarini izolyatsiyalash uchun) va issiqlik izolyatsion montaj (sanoat asbob-uskunalari va quvur o‘tkazgichlarni issiqlik izolyatsiyasi uchun) materiallarga bo‘linadi.
Umuman olganda issiqlik izolyatsiyasi materiallari 2 xil bo‘ladi: anorganik hamda organik issiqlik izolyatsiyasi materiallarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |