Zamonaviy psixologga qo‘yiladigan asosiy



Download 90 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi90 Kb.
#269996
Bog'liq
Bobur maqola


Zamonaviy psixologga qo‘yiladigan asosiy vazifalar





Jizzax shahri 13-maktab psixologi Bosimov Bobur

Annotatsiya: Mazkur maqolada hozirgi vaqtda dolzarb ahamiyat kasb etib borayotgan muammo – psixologning ish faoliyatini samarali tashkil etish va shu orqali aholini pedagogik-psixologik savodxonligini oshirish orqali shaxs xulq-atvoriga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatishi hamda psixologik holatni mo‘tadil darajasini ushlab turish. Shu bilan birga ushbu muammoni bartaraf etishning psixologik yondashuvi keltirib o‘tilgan.

Kalit so'zlar: Amaliyotchi psixolog, ta'sir, psixologik holati, muloqot sirlari,, o‘zaro munosabat, muomala, ekspert-konsultant, voyaga yetganlar munosabati, maslak, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor, axloq-diyonat, iymon.
Mamlakatimizda taraqqiyotning barcha jabhalarida tubdan islohotlar amalga oshirilmoqda. Aholining asosiy qismini tashkil etadigan yoshlarni kelgusi hayotga tayyorlash, ularning o‘zlarini qiqziqtirgan kasb-hunar egalari etib tarbiyalash jamiyatning rivojlanishida dolzarb muammolardan hisoblanadi. Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatib kelinganligi ma’lum. Bunday usul o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ishlash, ijodiy izlanish, tashabbus ko‘rsatish qobilyaitlarini rivojlantirishga katta imkon bermasligi aniq. Zamonaviy sharoitda ta’limning asosiy maqsadi jamiyatda, madaniyatda va kasbda erkin va barkamol o‘z taqdirini o‘zi belgilash uchun o‘z-o‘zini tarbiyalashga va rivojlantirishga qodir shaxsni tarbiyalashdir.

Bunda asosiy faoliyatni amalga oshiruvchilar bilan birgalikda psixologlarning ham ahamiyati kattadir. Psixologik xizmat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda bolani har tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qiziqishlariga tayanadilar. Amaliyotchi psixolog o‘z faoliyatini pedagogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin aloqada amalga oshiradi. Psixologik xizmat o‘z faoliyatida tibbiy, defektologik va boshqa xizmat turlari, shuningdek bola tarbiyasida yordam ko‘rsatuvchi jamoatchilik xodimlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi. Barcha mutaxassislar bilan munosabat tenglik asosida va fikrlarning bir-birini o‘zaro to‘ldirish asosida quriladi. Eng asosiysi ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlovchi aynan psixolog hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, uning quyidagi aniq ishlarni amalga oshirishi lozim:

- bolalar, o‘quvchilar, talabalar va ta’lim-tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma’muriyat (direktor, rektor, mudira), o‘qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy hamda jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq maslahatlar berish;

- ta’lim, tarbiya, taraqqiyot, kasb tanlash va turmush qurish, o‘zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga yetganlar munosabati, maslak, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor, axloq-diyonat, iymon, vatanparvarlik muammolari yuzasidan yakka tartibda, guruh va jamoa tarzida maslahatlar uyushtirish;



- mamuriyatga bolalar, o‘quvchilar va talabalarni qiziqtiruvchi masalalar bo‘yicha maslahat berish; ularni faollashtirish, ularga ta’sir o‘tkazish to‘g‘risida rahbar kadrlarga amaliy ko‘rsatmalar va tavsiyalar tayyorlash, amalga oshirishga yordamlashish;

- shaxsning psixologik holati yuzasidan ekspert-konsultant sifatida tergov ishlarida qatnashish, xalq sudlariga bolalar, o‘quvchilar va talabalar psixik o‘sishining xususiyatlariga oid ma’lumot berish, o‘g‘il va qizlarni asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarni g‘amho‘rlik va vasiylik to‘g‘risidagi qabul qilgan qarorga munosabatini bildirish, shaxsning taqdirini hal qilishda qatnashish va maslahatlar berish;

- ota-onalarga bolaning psixik rivojlanish xususiyatlari, shaxs sifatida shakllanishi, odamlarning o‘zaro munosabati, bunda farzandning yosh, jins, shaxsiy tipologik xususiyatlari muammosi yuzasidan ilmiy-amaliy ma’lumotlar berish;

- xalq ta’limi tizimining barcha bo‘g‘inlari va bosqichlarida ma’ruza o‘qish, ota-onalar yig‘ilishida, metod birlashma majlisida, pedagogik kengashda, ilmiy kengashda ishtirok qilish orqali muallimlar, ota-onalarning psixologik madaniyatini oshirishga harakat qilish.

- psixolog ta’lim-tarbiya ish rejasini tuzishda, tarbiyaviy tadbirlar ishlab chiqishda, o‘quv dasturi va qo‘llanmalarni yaratishda faol ishtirok etishi, bosh maqsad bo‘lgan shaxsning intellektual qobiliyati, umuminsoniy fazilati, bilim olish ko‘nikmalari va malakalari, mutaxassislik fazilatlarini shakllantirishdek muqaddas ishga o‘zining munosib ulushini qo‘shishdan iborat sharafli vazifani bajaradi.

- yangi tipdagi maktablarga, o‘rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy o‘quv yurtlariga o‘quvchilar, talabalar tanlash mohiyati, vazifasi, monandligi, ularning imkoniyati, istiqboli to‘g‘risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlarni olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, ixtisosga yaroqlilik va layoqatlilik darajasini aniqlash, tanlov jarayonida maslahatchi sifatida qatnashish va boshqalar.

Shuni e’tiborga olish kerakki, psixolog o‘z faoliyatini tashkil etish jarayonida muhit omillari, guruh a’zolari psixologik holati, maqsadga muvofiqligi kabilar muhimdir.
Foydalanilgan adabiyotlar

1.Umumiy o‘rta va o‘rta mahsus davlat ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi nizom Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 577-sonli qarori

2. Nishanova Z . T. Psixologik xizmat. - T: Yangiyol poligraf servis, 2007.

3. Barotov Sh.R. Ta'limda psixologik xizmat. – Buxoro, 2007.



4. Nishanova Z.T., Asomudinova Sh. Psixologik maslahat. –T: O`zbеkiston

faylasuflari milliy jamiyati. 2010
Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish