Ta’lim to’g’risidagi qonunning maqsadi - fuqorolarga ta’lim-tarbiya berish, ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat (1-modda).
Ta’lim tashkilotlaridagi xalqaro hamkorlik- 67-modda
Hamkorli qaysi moddalarni o’z ichiga oladi va ular nima to’g’risida?10-bob , 67-68-69-moddalar
Dars - ta’lim tashkil etishning asosiy shakli. Dars bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o‘quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Darsning turlari va tuzilishi. Darsning quyidagi turlari mavjud:
Aralash (kombinatsion dars).
Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
O‘rganilganlarini takrorlash va mustahkamlash darsi.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish darsi.
Laboratoriya darslari.
Amaliy darslar.
.Ta’limni tashkil etishning shakllari. Ta’limni tashkil etish shakli - bu o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan o‘quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir.
Hozirgi kunda ta’limning qanday shakllari ajratib ko’rsatiladi Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko‘rsatiladi: individual, individual-guruhli, sinf-dars, leksiya-seminar va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari
Aralash darsning tuzilishi:
tashkiliy qism;
o‘tilgan mavzuni takrorlash (uy vazifasini tekshirish);
yangi mavzuni bayon qilish;
g) o‘rganilgan materialni mustahkamlash;
o‘quvchilarni baholash;
uy vazifasini berish
Yangi bilimlarni bayon qilish darsining tuzilishi:
tashkiliy qism;
yangi mavzuni bayon qilish;
v) o‘rganilgan materialni mustahkamlash;
d) uy vazifasini berish.
Darsga qo‘yiladigan talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko‘rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o‘quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy mo‘ljal va darsni mahorat bilan o‘tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari. Ta’limning yordamchi shakllari: to‘garak, konferentsiya, maslahat (konsultatsiya), fakultativ mashg‘ulot, o‘quv ekskursiyalari, o‘quvchilarning mustaqil uy ishlari va boshqalar sanaladi.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligi. O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi to‘rtta bosqich ko‘zga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish va rejalashtirish. Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni tashxislash bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o‘quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o‘quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi. Bashoratlash bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish. Loyihalashtirish va rejalashtirish o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo‘lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Ta’lim mazmuni tushunchasi. Ta’lim mazmuni deganda o‘quvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarning aniq belgilangan hajmi va ko‘lami tushiniladi.
o‘quv reja umumta’lim fanlari bo‘yicha belgilangan ta’limmazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlari (davlat ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi.
Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi eng asosiy me’yoriy hujjat Davlat ta’lim standartidir. O‘quv reja, o‘quv dasturi, malaka talablari umimg tarkibiy qismiga kiradi.
Loyihalashtirish va rejalashtirish o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo‘lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o‘zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari
(kimdan va qachon so‘rash, qayerda mavzuni kiritish, mashg‘ulot keyingi bosqichiga qanday o‘tish, oldindan ko‘zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo‘yicha qayta o‘zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir
Bashoratlash bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish.
.Darsga qo‘yiladigan talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko‘rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o‘quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy mo‘ljal va darsni mahorat bilan o‘tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |