Kalit so‘zlar: zamonaviy oila, an‘ana, urf-odat, qadriyatlar, ota-ona, davlat va jamiyat, ta'lim-tarbiya,mehnat.
Har bir inson hayotida eng muhimi, bu-oila.
Prezidentimiz ta‘kidlaganidek, ‘‘Oila hayotning abadiyligi,avlodlar davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday bo‘lib yetishishiga, bevosita ta'sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i ekanligini tan olishimiz darkor. Farzand tug‘ligan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi, oilaga xos an'ana, qadriyatlar, urf-odatlar farzand zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat,talablarini anglaydi, his etadi‘‘ [1]
Ma`lumki, jamiyat ham, davlat ham oiladan boshlangan. Ota-bobolarimizning asarlarida bu jarayonlar sezilarli darajada bayon etilgan. Ijtimoiy hayotning barqarorligini, tarbiyani uzluksizligini ta`minlaydigan, kelajak avlod qanday bo`lib yetishishiga ta`sirini ko`rsatadigan ijtimoiy makon va pedagogik omil vazifasini o`taydi. Inson oilada tug`ilib rivoj toparkan insoniylik, odamiylik,birdamlik, mehribonlik, o`zaro hurmat kabi hislatlar bilan ulg`ayadi va dargoh ana shunaday hislatlarning manbai hamdir. Bu hislatlarni ishlab chiquvchilar ota-`onalarimiz, bobo-buvilarimiz hisoblanadi. Boy ilmiy merosimiz, qadimiy urf-odat hamda an`analarimizdan ayonki, har qanday zamon va makonda oila biz uchun muqaddas qadriyat va jamiyatning asosiy bo`g`ini sanalgan. Binobarin, tarbiyaviy, ma`naviy-ma`rifiy, ruxiy-axloqiy, iqtisodiy-huquqiy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birlik hisoblanmish oila qanchalik barqaror taraqqiy etishini ajdodlarimiz juda yaxshi anglashgan. Bugungi kunda shiddat bilan o`zgarib borayotgan glaballashuv davriga kelib ham o`zbekistin o`z istiqboli va kelajagini oilani rivojlantirish,uni e`zozlashda deb bilayotgan yuqoridagi an`anaviy qadriyatlarimizni yanada boyitgan holda zamonaviy-namunali va farovon oilani barpo etish davlat siyosatining ustivor yo`nalishlaridan biriga aylanganida ham namoyon bo`lmoqda. Shu o`rinda, zamoanaviy-namunali oil anima degani, u qanday bo`ladi? degan savol tug`iladi. Zamonaviy oila bu – ziyoli oila demakdir. Eng avvalo, bu oila albatta to`kis bo`lmog`i darkor ya`ni qonuniy va diniy (xalq tilida qubba deyiladi) nikohdan o`tganligi , ota-onasi bilan birgalikda bir- biriga mehribon, farovon yashaydigan, farzandlar soni kamida 3 nafatga yetadigan, ayni paytda bobo-buvilari ham bor oilalar. Oila a`zolarining barchasi jismonan sog`lom m`naviy yetuk, ota-onalar farzandlarini oliy ma`lumotli, uy joyli qilish, farovon turmush hayotiga egalik, ilmiy-ma`naviy psixiologik muhit vz eng muhimi farzandlari milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan hamda zamonaviy texnologiyalar bilan hamnafas bo`lgan oilalardir.
Statistik ma`lumotlarga ko`ra, zamonaviy oilalarning 23 % i ma`naviy axloqiy qadriyatlarni unutmagan zamon bilan hamnafas , barchaga ibrat bo`la oladigan, jamiyatga nafi tegadigan, ota-onasini qadrlovchi, kechirimli, dunyo qarashi keng, vatanparvarlik tuyg`usi shakllangan, o`zaro mehr oqibatli, sabr-qanoatli er-xotin, qaynona-kelin, quda-anda yaqin qarindoshlar o`zaro ahil oilalarni tashkil etgan. Jamiyatimizda bunday xususiyatlarni barchasini o`zida mujassamlashtirmagan oilalar ham mavjud. Ammo biz bularni zamonaviy oilalar qatoridan chiqarib qo`ymaymiz. Ko`pchilik zamonaviy oila deganda, hashamatli uylar, eng oxirgi rusumdagi avtomobillar, mobil aloqa telefonlari, dabdabali to`y marosimlari, kafe-restoranlarda yurishlar, maishatbozlik, so`nggi moda imkoniyatlarini tushunadilar.Shuni bilishimiz kerakki, hayotimizda bu imkoniyatlar ikkinchi darajalidir. Bunday imkoniyatlarga boshqa yo`llar bilan ham erishsa bo`ladi: o`g`irlik, qotillik, jinoyatchilik, aldov yo`llari orqali. Biroq xalqimiz orasida halollik, poklik, mehnatsevarlik kabi g`oyalar qayerda qoladi! Qolaversa, mehnat bilan farog`onlikka erishgan oilalarda qut-baraka, fayz-u barokot, xotirjamlik bo`lishi hammamizga ma`lum. Olingan natijalar foizi nisbatan pastroq, lekin endigina rivojlanish pog`onasiga chiqayotgan davlatimiz uchun yaxshi natija. Shuni aytish joizki, bu natijani ko`tarish o`zimizga bog`liq bo`lmoqda. Buning uchun biz zamonaviy oilalarga taqlid emas, balki ulardan o`rnak , ibrat olishimiz zarur. Shuningdek, oilalarda pedogogik-psixologik bilimlarni oshirish , ota-onalar farzandlarini muntazam nazorat qilish “farzandlarni faqat ona tarbiya qilish kerak, ota ularni moddiy tarafdan ta`minlash zarur” degan fikrga tayanib qolmasdan ota- bobolarimiz o`g`itlaridan foydalanmoq ham kerak. Zero, tarixiy tajriba shuni ko`rsatadiki, o`g`il bolalarni ota, qiz bolalarni ona, umumiy nazoratni esa ota o`z zimmasiga olish darkor. Ko`pgina ota- onalar bolalarini tarbiyalashda o`z vazifa va burchlarini to`liq his qilmaydilar. Har bir ota-ona bolalarini barkamol bo`lishini xohlaydi. Farzandlarini intelektual salohiyatli inson bo`lishini nafaqat ota-ona , balki, jamiyat ham manfaatdordir. Bu esa vatanparvarlik tuyg`usidir.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “ Yoshlarni yuksak insonparvarlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirish”[2] bo`yicha ko`p islohatlar olib borilmoqda, Jumladan, Konsititutsiya va amaldagi mavjud qonunlarda, onalik va bolalikni muhofaza qilish, yoshlar tarbiyasi, ayollar huquqi, nikoh erkinligi, erta turmush qurishning oldini olish, oilada ota-ona va farzandlar majburiyatlari, ota-onasi yo`q bolalarga g`amxo`lik qilish kabi bir qator masalalar va mamlakatimizda “ Oila” insititutlarni tashkil etilganligi oilaga e`tibor va zamonaviy oilalarning asosini yaratilganligidan dalolat beradi. Zero, bugungi axborot asri va mustaqillik uchun xavf tug`diradigan turli xil tahdidlarning hajmi ortib borayotgan bir paytda oilalar mustaqilligini ta`minlash, yoshlarni milliy g`urur, iftixor, vatanparvar va mustaqil fikrga ega qilib tartbiyalash muhim masalalardan biridir.
Birinchi prezidentimiz I.A. Karimov o`zbek oilasining o`ziga xos xususiyatlarini e`tirof etib shunday deydi: “Oila jamiyatning negizi. Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushunishimiz mumkin va lozim. Bunda o`zaro hurmat va qattiq tartib bo`lmasa, oilaning barcha a`zolari o`z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr oqibat ko`rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashashi mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi. O`zining ko`p asrlik mustahkam va ma`naviy tayanchlariga ega bo`ladi. Oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. O`zbeklarning aksariyati farovonlik to`g`risida emas, balki oilasining, qarindosh urug`lari va yaqin odamlarining, qo`shnilarning omon-esonligi to`g`risida g`amxo`rlik qilishi birinchi o`ringa qo`yadi.Bu esa oliy darajada ma`naviy qadriyat inson qalbining gavharidir!”.[3]
Serfarzandlik o`zbek oilasining o`ziga xos alohida belgisidir. Farzandlar tomonidan ota-onalarini hurmat qilishligi, oilalarni asosan ko`p sonli bo`lib, ular turli avlod vakillarini birga yashashligi va birga xo`jalik yuritishlari, mehnatsevarlik, saxiy va mehmondo`stlik yaxshi xususiyatlar saqlanib qolmoqda. Bu ham zamonaviy oilalarning o`ziga xos xususiyatlaridan biridir.
Biz bugun zamonaviy oilani hayot davomiyligini ta`minlaydigan, kelajak nasllar taqdiriga kuchli ta`sir ko`rsatadigan tarbiya maskani sifatida qabul qilishimiz kerak. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, odamiylik, mehr-oqibat, o`z vataniga, xalqiga sadoqatli bo`lish kabi oliyjanob fazilatlar aynan oila muhitida shakllanadi. Albatta bu degani yangi oila barpo etish emas, bizga ajdodlardan meros bo`lgan tarixiy an`analarga boy oilani qayta tiklash va shakllantirish demakdir. Zamonaviy oilada bugun azaldan o`zbek xalqi kundalik turmush tarziga singib ketgan umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, adolat va tenglik, tinch-totuv yashash, qardoshlik, insonparvarlik, millatparvarlik, tarixiy an`analar va diniy bag`rikenglik tuyg`ukari bosh g`oya bo`lmog`i kerak. Bu borada ilmiy-amaliy tadqiqot olib borish zarur. Maqsad zamonaviy jamiyatda milliy an`anaviy oilani barpo etish va kelgusi avlodga yetkazishdan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. I. Karimov ‘‘Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch‘‘ - T: ma'naviyat. 2008.
2. Sh. Mirziyoyev ‘‘Buyuk kelajagimizni mard va jasur oliyjanob xalqimiz bilan quramiz‘‘ - T: jamiyat: 2017.
3. I. Karimov ‘‘Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir‘‘. - T: O‘zbekiston. 2015.
Do'stlaringiz bilan baham: |