Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/273
Sana26.03.2022
Hajmi3,48 Mb.
#511277
TuriСборник
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   273
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
77
surishtirdim. Xos odamlar orqali sog‘liq-salomatligini, jismonan kamolotini aniqladim. Kelin bo‘lmish nasl-
nasabi, odob-axloqi, sog‘lom va baquvvatligi bilan barcha qusurlardan xoli bo‘lsagina, el-yurtga katta to‘y 
tomosha berib, kelin tushurdim”
34
. Amir Temur bunday yuqori talabchanlik bilan kelin tanlashining asosiy 
sababi, mamlakat kelajagini ta’minlovchi sog‘lom va yеtuk kelajak avlodni yaratish istagidir.
“Tаrbiyaning yanа biri оtа-оnаni hurmаt qilish, buni bаjаrish uning uchun mаjburiyatdir. Bu ikkisigа 
xizmаtni birdek qil, xizmаting qаnchа оrtiq bo‘lsа hаm kаm bil. Оtаng оldidа bоshingni fidо qilib, оnаng 
bоshi uchun butun jismingni sаdаqа qilsаng аrziydi!”. Mazkur go‘zal fikr buyuk shoir va davlat arbobi 
Alisher Navoiyning farzandning ota-ona oldidagi majburiyatlari haqidagi purma’no so‘zlaridir. Navoiy ushbu 
majburiyatlarni yoshlar chuqur anglashlari va ularning ota-onalarini hurmat qilishlari kerakligi, bu ularning 
farzandlik vazifalari ekanligini ta’kidlagan. Navoiyning “Mahbub ul-qulub” ya’ni “qalblarning sevgani” 
asari turmush madaniyati, odob-axloq, sevgi-muhabbat borasida o‘ziga xos fikrlarni jamlagan.
Hozirgi davrga kelib, oila va turmush haqidagi fikr va qarashlar bir muncha o‘zgargan, ammo albatta, 
o‘z o‘zagida, aynan, shu mulohaza va jihatlarni saqlaydi. Qarashlarning o‘zgarganligiga yorqin misol 
sifatida hozirda qizlarning ta’lim olishi individual rivojlanishiga katta e’tibor qaratilib, bugungi davr ayollari 
mustaqil hayot kechirishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi oddiy holatga aylangan. Hozirgi zamon oilalarida 
qadriyatlarga bo‘lgan munosabat va tarbiya usullarida o‘zgarishlar mavjud. Qadriyatlarga munosabatning 
o‘zgarishi deganda, oilalarning ajrashish holatlari nazarda tutilib, bunda oldingi davr bilan solishtirilganda 
katta farqni ko‘rish mumkin. Unga ko‘ra, olti oy davomida 12 ming 810 ta, o‘tgan yilning shu vaqtiga 
nisbatan 3 ming 151 ta kam oilaviy ajralishlar ro‘yxatga olingan. Mamlakatimizdagi mavjud oilalardan 0,03 
foizining taqdiri ajralish bilan yakun topgan. Yuzaga kelgan mazkur ajrimlar natijasida joriy yilning o‘zida 
Respublika bo‘yicha 8 ming 725 nafardan ortiq voyaga yеtmagan bolalar ota yoki ona mehridan mahrum 
bo‘lgan. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan joriy yilning shu vaqtiga qadar 15 ming 
413 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarning 9 ming 980 tasi ya’ni, 60 foizi yarashtirildi. Shuningdek, 11 
ming 985 ta nikohi qonuniy rasmiylashtirilmagan oilalar aniqlanib, ulardan 5 ming 960 tasi yoki 57,8 foizining 
nikohi qonuniy rasmiylashtirildi
35
. Mazkur 2020-yil statistikasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu holatning 
sababi, aynan, oila muqaddasligiga va oila qurishga bo‘lgan yеngil munosabatni olsak bo‘ladi. Bu sonlarning 
kamayishi uchun qurilayotgan yo
sh oilalar bilan to‘liq tushuntirish ishlari olib borilishi, bunga mahallalardagi 
raislarning mas’ul bo‘lishi darkor. Aynan, shu sababdan bugungi kunda yangi oila qurish ostonasida bo‘lgan 
yoshlar FHDY bo‘limiga ariza topshirish uchun borgan vaqtlarida ular bilan psixolog uchrashuv o‘tkazishi 
va ularning mosligini tekshirgandan so‘ng nikoh qurishga ruhsat berishi yo‘lga qo‘yilgan. 
Oilada farzand tarbiyasi dolzarb va asosiy masala hisoblanadi. Chunki bir farzandni voyaga yеtkazib, 
uning o‘z hayotiga ma’suliyat bilan yondashishi, elga xizmat qiladigan mustaqil fikr egasi bo‘lishi uchun 
har tomonlama tarbiyalanib, puxta ta’lim olishi mushkul vazifadir. 
Prezidentimiz aytganlaridek: “Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor, qayerda 
ishlashidan qat’i nazar, kim bo‘lishidan qat’i nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, munosabat, 
tarbiyaga alohida e’tibor bermasa, hech qachon natija bo‘lmaydi. Shuning uchun men farzandlarimning 
tarbiyasiga juda katta e’tibor beraman. Har bir farzandimga ham, nevaramga ham alohida o‘zimning 
munosabatim bor. Har bir nevaramning alohida xarakterini bilaman, orzusini, istagini bilaman”
36
. Darhaqiqat, 
har bir farzand bu alohida hech kimga o‘xshamaydigan dunyo egasidir, shu sababdan eng ma’qul tarbiya 
uslubi, muqaddas Islom dinimiz va milliy qadriyatlarimizga ko‘ra tanlangandagina katta samara beradi. 
Oila tushunchasi qanchalik chuqur ildizlarga ega bo‘lmasin, hozirgi davrga kelib bu tushunchani har xil 
o‘lkalarda turlicha talqin qilinmoqda. Oilaning muhimligi yoki uning normalari turlicha. AQSH kuchli kapital 
davlat bo‘lgani sabab, oila bizning yurtimizdan farqli. Oila boshi, umumiy budjet, ayol kishini ardoqlash degan 
tushunchalar o‘z ma’nosini yo‘qotgan. Turmush qurishdan oldin oilada barcha holatlar, xarajatlar kelishilgan 
va bo‘lishib olingan hujjat tuziladi. Bunga sabab Amerika ajrimlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda 
turishidir. Farzand tarbiyasiga kelganda esa bolalarning huquqlari kattalar bilan bir xil bo‘lib, ularning fikri 
va so‘zlari katta kuchga ega. Shu sababdan ota-onalar bolalarini tarbiyalashda tanbeh berish yoki jazolashlari 
qat’iyan taqiqlanib, bunga qamoq jazosi berilishi mumkin. Oilaviy muammolarni hal qilish uchun oilaning 
34
Аlqаrоv I.Sh., Mаmаtqulоvа R.Sh. Oilа tаrbiyasining pedаgоgikаsi. – Tоshkent, 2007. – B. 13.
35
https://zarnews.uz/uz/f86
36
https://www.gazeta.uz/oz/2018/07/25/prezident/



Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish