“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
34
популярность традиции “арбаъин”, его жанровые особенности, проза и поэзия среди арабских,
персидско-таджикских и тюркских народов, их возведение в литературную традицию, а также
показана ее связь с Кораном и хадисами.
Ключевые слова:
Аяты Корана, хадисы, арбаъин, “Арбаъин”–“Чиxил xадис”, арабский,
персидский, турецкий языки, традиция, Абдурахман Жами, Алишер Наваи, Мухаммад Физули.
Annotation.
This article highlights the traditions of writing the Arbain’s works in the history of Eastern
literature and their features. In particular, the popularity of the Arbain’s tradition, its genre features, prose
and poetry among the Arab, Persian-Tajik and Turkic people, their elevation to the literary tradition, as
well as its relationship with the Qur’an and Hadith are revealed.
Keywords:
The verses of the Qur’an, Hadith, Arbain, “Arbain” – “Chihil Hadith”, Arabic, Persian,
Turkish languages, tradition, Jami, Navai, Fusuli.
Jahon xalqlari bir-birlarining san’ati, adabiyoti, ilm-fani va madaniyati yutuqlaridan bahramand bo‘lishi
umuminsoniy ma’naviy hamda madaniy qadriyatlarning shakllanishi, insoniyatning ma’naviy yuksalishida
muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotgan bugungi kunda barcha sohalar qatori ilmiy
merosimizning tarkibiy qismi bo‘lgan mumtoz adabiyotimiz namoyandalarining diniy, ma’naviy, badiiy
asarlarini o‘rganishda yangi yondashuvlar joriy etilmoqda. Sharq mumtoz adabiyotida o‘ziga xos an’anaga
ega bo‘lgan buyuk allomalarimizning badiiy-ma’rifiy, diniy merosiga oid ko‘p asrlik arba’in qo‘lyozma
manbalarini, jumladan, Jomiy, Navoiy va Fuzuliy “Arba’in” – “Chihil hadis” asarlarini o‘rganish bugungi
avlodlarning ta’lim-tarbiyasi va ma’naviy kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi.
Islom dini o‘z taraqqiyoti hamda butun Sharq hududiga keng va chuqur kirib borishi natijasida islom
mintaqa madaniyati doirasidagi xalqlarning tafakkurini ma’naviy qadriyatlar asosida birlashtirib, mohiyatan
barcha musulmon xalqlari uchun yagona bo‘lgan yaxlit madaniyatning, xususan, yaxlit falsafa, ilm-fan, badiiy
adabiyotning shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Islom ensiklopediyasida qayd etilishiga ko‘ra, “islom
dini dunyo dinlarining biri sifatida insoniyat tamadduni tarixida juda katta rol o‘ynadi hamda hozirgacha
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida dunyo bo‘ylab ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Shu bois ham musulmon
davlatlari xalqlarining madaniy merosi va mafkuraviy-ma’naviy qadriyatlariga nisbatan qiziqish kundan
kun ortib bormoqda”
24
.
Islom dinining xalqimiz tarixi, madaniyati, urf-odatida tutgan o‘rnini xolis baholash maqsadida milliy
o‘zlikni anglash va ajdodlarimizning boy ilmiy-falsafiy va madaniy-ma’rifiy me’rosini qayta tiklash borasida
izchil davlat siyosati olib borilmoqda. Chunki din inson mafkurasi va e’tiqodida o‘ziga xos o‘ringa ega
bo‘lib, diniy e’tiqod odamlar uchun zarur ma’naviy ehtiyojdir.
Din insonlarning ma’naviy poklanishi, axloqiy tarbiyasi, insoniy komilligi, hayot zarbalariga qarshi
kurashidagi tayanchi, xalqlar va millatlar ma’naviy boyligi va boy madaniyatining ajralmas bir bo‘lagi,
inson ijtimoiy taraqqiyotining uzviy tarkibiy qismi hisoblangan. Din inson ma’naviy shakllanishida uning
tabiatida chuqur ildiz otgan insoniy еtuklik va barkamollik, insonparvarlik me’yorlaridan biridir.
Islom dini arkonlarini keng targ‘ib va tashviq etish maqsadi XII asrga kelib, musulmon sharq xalqlari
mumtoz adabiyotida “Arba’in” – “Chihil hadis” asar yozish, ya’ni qirqta hadisni bir еrga jamlab, uning
ma’nosini avom xalqqa tushuntirib berish, unga sharh yozish an’anaga aylanib bordi.
Qo‘lyozma manbalarda barcha arba’inlarning kelib chiqishiga sabab qilib quyidagi hadis keltiriladi:
“Mening ummatimdan kimki din amri bilan qirq hadisni yod olsa, oxirat kunida allomalar va faqihlar
jamoasidan o‘rin oladi”.
Shunga ko‘ra, Sharq mumtoz adabiyotida mavjud an’analardan biri bu –muayyan qirqta hadisga nasr
yoki nazmda sharh yozish an’anasidir. Sharq xalqlari adabiyoti tarixida Puroniy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy,
Muhayyir, Mahmudxon Mahdum, Anvar Hojiahmedov, Shukur Qurbon kabilarning qirq hadis sharhiga
bag‘ishlangan she’riy “Arba’in” asarlari keng shuhrat qozongan. Adabiy an’ana badiiy asar mavzusi, g‘oyasi,
uning tuzilishi, janr, vazn, syujet, kompozitsion qurilish kriteriyalariga doir muntazam takrorlanuvchi
xususiyatlar majmuyining normaga aylanishi, qonuniyat darajasida amal qila boshlashi negizida shakllanadi.
24
Ислам: Энциклопедический словарь. – Москва: Наука, 1991. – С. 3-315.
Do'stlaringiz bilan baham: |