“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
211
qadriyatlar tizimining o‘zgarishiga, hatto tanazzuliga olib kelishi mumkin. Jamiyatda migrantlarning soni ortib
borgani sari an’anaviy oiladagi ota-ona va farzand o‘rtasidagi an’anaviy axloqiy munosabatlardan, oilaviy
qadriyatlardan uzoqlashgan avlod shakllanadi. Oilaning eng asosiy ijtimoiy vazifalaridan biri jamiyatning
yuksak ma’naviyatli avlodini tarbiyalash hisoblanar ekan, migratsiya sababli parokanda bo‘lgan oila o‘zining
bu vazifasini bajarishi mushkullashib boradi. Bu esa bizning jamiyatimiz axloqiy muhiti, axloqiy qadriyatlar
tizimining barqarorligiga salbiy ta’sir etadi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, mamlakatimizda axloqiy muhitning barqarorligi, umuminsoniy va
milliy axloqiy qadriyatlarning ijtimoiy hayotdagi ustuvorligi jamiyat ma’naviyatining umumiy taraqqiyotida
muhim omil hisoblanadi. Aholi migratsiya fenomeni tufayli ijtimoiy-axloqiy muhit hamda axloqiy qadriyatlar
tizimining transformatsiyaga uchrashi, evrilishi, afsuski, salbiy oqibatlarni namoyon etmoqda. Bunday
salbiy oqibatlar sirasiga oila axloqining inqirozi, farzandlar tarbiyasidagi qiyinchiliklar, xavfsizligimiz,
osoyishtaligimizga qarshi tahdidlar xavfinining ortishi, “ommaviy madaniyat” niqobi ostida ko‘plab
axloqsizliklarning o‘zbek oilalari hayotiga kirib kelishini ko‘rsatishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Назаров Қ., Файзиходжаева Д. ва бошқалар. Фалсафа асослари. Ўқув қўлланма. – Тошкент:
“Ўзбекистон файласуфлари” миллий жамияти, 2018. – 310 б.
2.
Рахимова И. Оила – қадриятлар бешиги. (https://urganchhokimiyat.uz/site/view?code=OILA-
--KADRIATLAR-BESIGI)
3.
Қайтиш миграцияси: халқаро ёндашувлар ва Марказий Осиёнинг минтақавий ўзига хос
хусусиятлари. – Нур-Султон: IOM UN MIGRATION. 2020. –Б. 115-149.
https://publications.
iom.int/ system/files/pdf/return-migration-in-ca-uz.pdf
)
4.
Ўзбекистонда миграциянинг болаларга таъсирини ўрганиш бўйича қисқача ҳисобот. UNICEF.
2019. – Б. 7-8. https://www.unicef.org/uzbekistan/media/2946/file/Effects-of-migration-on-children-
of-Uzbekistan-Uzbek.pdf)
5. Wen M., Lin D. Child development in rural China: Children left behind by their migrant parents and
children of nonmigrant families // Child development. – 2012. – Тошкент. 83. – №. 1. – С. 120-136.
6.
Маджидова Д., Хусанова Д. ва бошқалар. Меҳнат мигрантлари оилаларида шахслараро
муносабатларнинг педагогик-психологик омиллари. – Тошкент: “Fan va texnologiyalar nashriyot
matbaa uyi”, 2021. – Б. 50.
7.
Нажмиддинова К.У. Оила тарбиясида миллий ва умуминсоний ахлоқий маданиятнинг ўрни.
– Тошкент: “Адолат”, 2016. – Б. 59.
* * *
Do'stlaringiz bilan baham: |