Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/273
Sana26.03.2022
Hajmi3,48 Mb.
#511277
TuriСборник
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   273
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
55
insonning shaxs sifatida rivojlanish jarayonini tushunish uchun ba’zida o‘zini o‘zi anglashni ifodalovchi 
internallik va ongni ifodalovchi eksternallikdan foydalanishi mumkin, bunda ularning birinchisi tashqaridan 
ichkariga, ya’ni tashqi ijtimoiy muhitdan ichki ruhiyatga yo‘nalgan bo‘lsa, ikkinchisi tashqariga qaragan 
bo‘ladi. Internallik insonning ko‘ngilli ravishda o‘zi va jamiyat oldiga qo‘yuvchi mas’uliyatini, eksternallik 
esa uning ijtimoiylashuv, ijtimoiy borliqqa qo‘shilish jarayonlarini aks ettiradi. Bunda internal o‘zini o‘zi 
anglash his-tuyg‘ular bilan birgalikda tashqi madaniyat ta’siri ostida shakllanadi, eksternal ong faolligi esa 
nutq va ehtiyoj shakllarida namoyon bo‘luvchi ekstravertlikda ifodalanadi.
Shunday qilib, insonning o‘zini-o‘zi anglashi, o‘zini bilib olishi murakkab muammolardan biri bo‘lib, 
ilk bora Suqrot tomonidan faqat shaxs ichki dunyosini bilish tamoyili nuqtayi nazaridan o‘rganilgan edi. 
Shaxsning ongli hayotida o‘zini o‘zi anglashining ahamiyati shundaki, ushbu fenomen odamni amaliy 
faoliyatga kirishishdan oldin “o‘zingni boshqarishni o‘rganish uchun o‘zingni bilib olishing lozim”, degan 
tamoyil asosida yashashga o‘rgatadi. R.Dekart ong tushunchasini tashqi dunyoni emas, faqat o‘zinigina 
aks ettirishga qodir dunyo sifatida ta’riflab, o‘zini bilib olish, ya’ni o‘zini anglash tushunchasini kiritdi. 
O‘zini o‘zi anglash o‘sha paytda atrof-muhitdan ajralib, o‘zini izolyatsiyalagan holda o‘zini o‘zi kuzatish 
(introspeksiya)ga teng hisoblangan. Keyinroq V.Vundt o‘zini anglashni his-tuyg‘u elementlaridan tarkib 
topuvchi va ong mazmunidan ajralib turuvchi ongning bir holati sifatida belgilagan. 
Yuqorida nomi qayd etib o‘tilgan mualliflardan tashqari, o‘zini anglash muammolari falsafa va 
psixologiyaning turli yo‘nalishlari vakillarining asarlarida ham o‘z aksini topgan bo‘lib, bu qatorda Gegel, 
L.Feyerbax, U.Djems, K.Rodjers, E.Erikson, R.Berns, M.L.Raust fon Vrixt, K.Xorni, M.Kun, T.Makpartlend, 
Y.Diksteyn, D.M.Bolduin, Ch.X.Kuli, D.G.Mid, P.Jane, I.S.Kon, L.N.Leontev, S.R.Rubinshteyn, 
B.V.Zeygarnik, V.V.Stolin, A.A.Bodalev, A.B.Orlov, I.I.Chesnokova, V.A.Petrovskiy va boshqalarning 
ilmiy izlanishlarini ta’kidlash mumkin.
Shuningdek, Sharq mumtoz adabiyotida ham o‘zini o‘zi anglash, o‘zini o‘zi tarbiyalash bilan komillik 
darajasiga erishish masalasiga jiddiy e’tibor berilgan. Qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino: “O‘zimni qanchalik 
izlasam ham, hech topa olmadim”, – deb yozadi.
O‘rta asrlarda yashagan faylasuf, ilohiyotshunos olim Abu Homid G‘azzoliy “Kimiyoyi saodat” (“Ruh 
haqiqati”) asarida bir necha boblarni o‘zini anglashning inson uchun ahamiyati haqida yozadi: “Hech narsa 
o‘zingga o‘zingdan yaqinroq ermas. O‘zingni tanimasang, o‘zgani nechuk tanig‘aysan?” Olim o‘zini tanish, 
anglash bilan, o‘z kamchiliklarini (nafsini) yo‘qotish komillik yo‘lidagi dastlabki bosqich deb biladi. 
Sharq va G‘arb dunyosi tanigan faylasuf, shoir Jaloliddin Rumiyning ta’kidlashicha, “Zamonamiz 
olimlari (hamma narsani biladilar) o‘zlarini bilmaydilar. Hamma narsadan yaqin bo‘lgan borliq, bu – ularning 
menligi”, – deb yozishida chuqur ma’no mavjuddir. 
G‘azal mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiy “Lison ut-tayr” asarida ramziy ma’nolarda hamma narsa 
insonning o‘zida yashiringanligi, o‘zligini izlagan kishi uni topishi mumkinligi ta’kidlanadi.
O‘zini o‘zi anglash muammosi Umar Xayyom, Jaloliddin Rumiy, A.G‘ijduvoniy, A.Yassaviy va 
boshqalarning asarlaridagi bosh g‘oyani tashkil etsa, A.Qahhor, Oybek, E.Vohidov va boshqa zamonaviy 
adiblarning ijodlarida ham o‘zlikni anglash motivlarining ahamiyatiga e’tibor qaratiladi. Ularning har biri 
o‘z asarlarida insonning o‘z mohiyatiga kirib borish jarayonlari mexanizmini o‘rganishga katta e’tibor 
qaratgan. Bu ilmiy ish va asarlardagi tushunchalarni jamlab umumlashtirgan holda biz o‘zini o‘zi anglash 
tushunchasini ta’riflash va tavsiflashga harakat qilib ko‘ramiz. 
Ilk bolalik davrida bola shaxsining rivojlanishi: Bu davrdagi bolalar, asosan, o‘z xatti-harakatlarini o‘ylab 
o‘tirmaydilar. Bu xatti-harakatlar ularning xohish va hissiyotlari asosida bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalarning 
xatti-harakatlari juda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Masalan, bolaning yig‘lashi ham, yig‘idan to‘xtashi ham juda 
oson. Ilk davrda bolada o‘z yaqinlariga – onasi, otasi, buvi-buvalari, tarbiyachisiga nisbatan muhabbat 
shakllanadi. Ilk bolalik davrida bu muhabbat boshqa shaklga o‘tadi. 
Endi bola o‘z yaqinlaridan maqtov, erkalash olishga harakat qiladi. Ota-onalar tomonidan bolaning xatti-
harakatlari va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional baholari ularda o‘ziga nisbatan, o‘z layoqat 
va imkoniyatlariga nisbatan ishonchni shakllantiradi. U o‘z ota-onasiga nihoyatda qattiq bog‘langan bo‘lib, 
intizomli va itoatkor bo‘ladi. Ana shu bog‘liqlik sababli bolaning asosiy ehtiyojlari qondiriladi, xavotirligi 
kamayadi. Onasi yonida bo‘lgan bolalar ko‘proq harakat qiladilar va atrof-muhitni o‘rganishga intiladilar. 



Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish