“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
109
Jamiyatda sog‘lom hayot, sog‘lom turmush estetikasini qaror toptirish, obod hayotni barpo etishda
ta’lim va tarbiyaning rolini oshirish, mahallaning mavqeyini yanada kuchaytirish bugungi islohotlarimizning
bosh maqsadiga aylangan. Bu esa, o‘z navbatida, oiladagi sog‘lom turmush tarzini jahondagi mavjud
oilalardan farqli jihatlarini ochib berishga xizmat qiladi. “Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi islohotlar
oilada sog‘lom va obod turmush tarzini shakllantirishning obyektiv va subyektiv omillari sifatida” jamiyatda
sog‘lom turmush tarzi murakkab, ziddiyatli estetik hayotiy jarayon sifatida shakllanib, rivojlanib borishi va
o‘zida ham. subyektiv, ham obyektiv omillar uyg‘unligini ifoda etishi haqida munosabat mavjud Ijtimoiy-
madaniy shart-sharoit inson hayoti va faoliyati kechadigan obyektiv makondir. Inson va estetik muhit,
inson va olam mavzusi azaliy muammodir. Inson tug‘ilib, o‘zining tor muhitidan tashqari chiqolmay o‘tib
ketishi ham mumkin. Lekin bunda uning chinakam insoniyligi namoyon bo‘lmaydi. Insonning sog‘lomligi
nafaqat tibbiy, ijtimoiy va biologik, shu bilan birga, eng avvalo, sotsial xususiyati hisoblanadi va nihoyat
u yuzaga kelgan ijtimoiy jarayonlar bilan uning ko‘rinishi va xarakteri, tabiiy, ijtimoiy omillar asosida
yuzaga chiqariladi. Falsafiy adabiyotlarda sog‘lomlikni belgilashda bir necha xil yondashuvlar mavjudligini
ta’kidlashimiz mumkin. “Oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning axloqiy-estetik omillari” muhim
tushunchalar, xususan, “g‘ayrat”, “shijoat”, “fidoyilik”, “mehnatsevarlik” kabi mohiyati jihatdan bir-biri
bilan uzviy bog‘liq insoniy fazilatlarga asosiy e’tibor qaratish mumkin. Darhaqiqat, mana shu to‘rtta
tushuncha: “g‘ayrat”, “shijoat”, “fidoyilik”, “mehnatsevarlik” asosida gavdalanadigan insoniy faoliyat
ulkan ijtimoiy-ma’naviy o‘zgartiruvchanlik qudratiga egadir. Tabiiyki, bu ijobiy xislatlarni bir-biri bilan
bog‘lab, ularni amalga oshirishga safarbar qiladigan asosiy ma’naviy omil bu – inson ongi tushunchasi, ya’ni
dunyoqarashi va tafakkuridir. Zamonaviy oilalarda yoshlarni ekologik va umuminsoniy qadriyatlar vositasida
tarbiyalashning muhim omillari oilada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda ham, erkin, ijodiy tafakkur
tarzini shakllantirishda ham hal qiluvchi omillarga qaratilgan. Ana shulardan biri inson ehtiyojidir. Ehtiyojlar
moddiy, ma’naviy, ijtimoiy ko‘rinishlarga ega. Biz faqat moddiy ehtiyojlar bilan sog‘lom turmush tarzini
o‘zgartirish degan fikrlarga qo‘shilmaymiz. Chunki faqat moddiy ehtiyojlar sog‘lom turmush tarziga ham
ijodiy bunyodkorlik, ham dag‘al vayronkorlik kiritish xususiyatiga egadir. Shuning uchun oilada sog‘lom
turmush tarzini qaror toptirishda insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari muhim o‘rin tutadi.
Xulosa qilib, har qanday insonning olamda alohida yashashi sodda bo‘lib ko‘rinsada, aslida uning tana
va psixik tuzilishi, hayot tarzining evolyutsiyasidan tortib to uning xulq-odobi nihoyatda uzoq muddatli
va murakkabligini kuzatish mumkin. Ayni shu ma’noda, hozirgi vaqtda insonning hayotiy evolyutsiya
bilan bir qatorda uning axloqiy madaniyatini hisobga olmaydigan inson haqidagi ta’limotni ko‘rsatish
qiyin. Axloqiy madaniyat strukturasi xususida gapirishdan oldin etika fanining axloq, axloqiy madaniyat
kategoriyalariga ta’rif bersak. Axloqiy madaniyat – insonning axloq qonunlarini, qoidalarini, me’yorlarini,
fazilatlarini bilishi, egallashi va ularga boshqa insonlar bilan bo‘lgan munosabatlarda rioya etish darajasi.
Axloqiy madaniyatni amaliy axloq deyish mumkin. Oilada shakllangan o‘ziga xos axloqiy madaniyat unda
muayyan milliy qadriyatlar tizimining shakllanishida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Zero, xalqimiz juda
qadim zamonlardanoq oilani muqaddas hisoblab kelgan. Oilaviy munosabatlarga asos bo‘lgan odob-axloq
me’yorlari hozirgi diniy me’yorlar kelib chiqmasidan oldinroq shakllangan. Oilaviy tarbiya hozir mavjud
bo‘lgan axloqiy qarashlarning amaliy jihatdan namoyon bo‘lishi hamdir. Oiladagi axloqiy madaniyat er va
xotin o‘rtasidagi munosabatnigina ifodalab qolmasdan, balki bolalar uchun ham ular yetuk inson sifatida
shakllanishining muhim ma’naviy omillaridan hisoblanadi. Binobarin, ma’naviy boy, axloqan pok va jismonan
sog‘lom farzandlarni tarbiyalab, voyaga yetkazish aynan oilada axloqiy madaniyatni qaror toptirish orqali
amalga oshiriladi. Yuksak axloqiy madaniyatga egalik kishida ezgulik, yaxshilik, yaratuvchanlik, fidoyilik,
sadoqat, mardlik kabi insoniy fazilatlarning shakllanishiga yordam beradi.
Ayni chog‘da ekologik muammolarni hal etishda tejamkor, ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish,
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini izchil olib borish yoki sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish
borasidagi sa’y-harakatlar ularni hal etishda yetarli emasligini ko‘rsatmoqda. Aholining ekologik madaniyatini
yuksaltirish, atrof-muhitga oqilona munosabatda bo‘lish, tabiat ne’matlarini kelgusi avlodlar uchun asrab-
avaylash hissini shakllantirish antropogen ta’sirlarning oldini olishda asosiy omillardandir. Bunda ekologik
ta’lim-tarbiyaning ahamiyati ham nihoyatda yuqori. Zero, ekologik ta’lim-tarbiya tabiat va jamiyat o‘rtasidagi
uzviylikni ta’minlash hamda tabiiy barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |