moliyaviy tizim (financial system) deyiladi”, - deb ta’rif berish mumkin.
Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vosita-chilar va
firmalar hamda uy xo‘jaliklari, xususiy kompaniyalar va hukumat tashkilotlari
o‘zlari tomonidan qabul qilinayotgan moliyaviy qarorlarni ular yordamida amalga
oshiradigan boshqa institutlarni o‘z ichiga oladi. Ushbuni chizmali tarzda
quyidagicha tasavvur qilish mumkin (4.1-rasm).
Ayrim hollarda bozor aniq moliyaviy vositalar bilan ishlashi uchun ma’lum
bir joyda joylashgan bo‘ladi. Bu, masalan, Nyu-York fond bir-jasiga (New York
Stock Exchange) yoki fyuchers30 va opsionlarning Osaka birjasiga (Osaka Options
and Futures Exchange), shuningdek, “Toshkent” fond birjasiga va boshqalarga
tegishli. Bular, mos ravishchda, Nyu-York (AQShda),
Osaka (Yaponiya)da va Toshkent (O‘zbekiston)da joylashgan. Lekin har
doim ham bunday bo‘lavermaydi. Masalan, aksiyalar, obligatsiyalar va valyutalarning birjadan tashqari bozorlari (over the counter markets) asosan butun
dunyo qimmatli qog‘ozlari bilan savdo qiluvchilarni va ularning mijozlarini
yagona tarkibiy tuzilmaga birlashtiruvchi global kompyuter va telekommunikatsiya
tarmoqlari bilan ifodalangan.
Asosiy ishi moliyaviy xizmatlar taqdim etish va moliyaviy mahsu-lotlar
savdosidan iborat bo‘lgan firmalar moliyaviy vositachilar deb ataladi. Ularning
tarkibi, asosan, banklar, investitsion va sug‘urta kom-paniyalaridan iborat.
Moliyaviy vositachilarning moliyaviy xizmatlari qatoriga hisobraqamlarni ochish,
tijorat qarzlari va ipoteka31 kredit-larini berish, sug‘urta shartnomalarining keng
doirasiga hamda o‘zaro jam-g‘armalarda ishtirok etishga yo‘l ochish kiradi.
Zamonaviy moliyaviy tizim global (dunyo miqyosidagi) xarakterga ega.
Moliyaviy bozorlar va vositachilar bir-birlari bilan keng qamrovli xalqaro
telekommunikatsiya tarmog‘i orqali o‘zaro bog‘liq bo‘lib, to‘lovlarni o‘tkazish va
qimmatli qog‘ozlar savdosi aslida shu tarmoq tufayli kecha-yu-kunduz amalga
oshirilmoqda. Shunday qilib, aytaylik, agar Germaniyada joylashgan yirik
uyushma (korporatsiya) yangi loyihani moliyalashtirishga qaror qilmoqchi bo‘lsa,
unda u sarmoyaga oid har qanday imkoniyatlarni, jumladan, aksiyalarni chiqarish
va London yoki Nyu-York fond birjalarida sotish yoki biror-bir yapon pensiya
fondidan qarz olish va hokazolarni ko‘rib chiqadi. Buning ustiga so‘ngi holatda
qarz yevro, shu-ningdek, yapon iyenasi yoki AQSh dollarida ham taqdim etilishi
mumkin.
Moliyaviy tizimda moliyaviy oqimlarning tutgan o‘rni
Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiy sub’-ektlardan
moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’-ektlarga oqib o‘tishiga
Do'stlaringiz bilan baham: |