4. “Zamonaviy moliya” konseptsiyalari
“Zamonaviy moliya” nazariyasi qator konsepsiyalardan iborat bo‘lib, bu konsepsiyalar talaba (kitobxon)larga vaqt omilini hisobga olgan holda pul resurslarini taqsimlash masalalarini o‘rganishga tizimlashtirilgan yondoshuvni, shuningdek, yordamida barcha muqobil variantlar o‘rganiladigan va moliyaviy qarorlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etiladigan miqdoriy modellar to‘plamini taklif etadi. Mazkur asosiy konsepsiyalar va miqdoriy modellar moliyaviy qarorlar qabul qilishning barcha bosqich-larida: avtomobilni sotib (ijaraga) olish yoki o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini baholashda, yirik kompaniyaning moliyaviy direktori tele-kommunikatsiya xizmatlari bozoriga chiqish istiqbollarini belgilayotganda, yoki Jahon banki O‘zbekistonda gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishini moliyalashtirish masalasini hal etayotganda qo‘llaniladi.
5. “Zamonaviy moliya” nazariyasi
“Zamonaviy moliya” nazariyasi shunday doktrinaga asoslanadiki, unga
ko‘ra moliyaviy tizimning eng asosiy vazifasi insonlar ehtiyojini, shu jumladan oziq ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga bo‘lgan barcha asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirishdan iborat. Iqtisodiy faoliyatning har qanday sub’ektlari (firmalar ham,barcha
darajadagi davlat hokimiyati organlari ham ushbu asosiy vazifani bajarishga hissa qo‘shish uchun tashkil etil(adi) gan.
6. Moliya tizimi
Moliya tizimi — iqtisodiyot pul sektorining bir qismi, moliya amaliyoti. Moliya tizimi faqat moliya munosabatlarini emas, balki moliyaga taallukli siyosiy, tashkiliy munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu tizim tarkibiga qu-yidagilar kiradi: a) moliya obʼyektini hosil etuvchi pul fondlari yoki moliya resurslari; b) korxonalar, xonadonlar, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlaridan iborat moliya mu-nosabatlarining subʼyektlari — ishtirokchilari; v) moliya mexanizmi, yaʼni moliya munosabatlarida qoʻllaniladigan va pul bilan bogʻliq vositalar (foyda, zarar, rentabellik, likvidlik, byudjet, byudjetdan tashkari fondlar, subsidiya, subvensiya, dotatsiya, sanatsiya, moliya normativlari, moliyaviy sanksiya va boshqalar); g) moliya institutlari va davlatning moliya idoralari (moliya kompaniyalari, moliya jamgʻarmalari, moliya vazirligi, uning mahalliy boʻlinmalari, soliq idoralari, gʻaznachilik xizmati, soliq politsiyasi va boshqalar); d) moliya bozori — fond bozori, sugʻurta xizmati bozori, valyuta bozori; ye) moliya siyosati — iqtisodiyot subʼyektlarining moliyaga oid yul-yoʻriklari va xatti-harakati.
Moliya tizimi iqtisodiy tizimning muhim unsuri, uning yordamida iqtisodiyot tartiblanadi, iqtisodiy oʻsish ragʻbatlantiriladi.
7. Moliya
Moliya – pul mablag‘laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimi bo‘lib, uning vositasida turli darajada pul mablag‘lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |