Android:
Android (yunoncha so‘z bo‘lib, ikki bo‘g‘ini — «erkak» va «o‘xshash») — odam sifat robot ma’nosini ifoda etadi. Balki mana shuning uchun Android operatsion tizimi logotipida robot tasvirlangandirAndroid operatsion tizimining yaratilishi tarixi 2002-yillardan boshlangan. Mana shu davrda Google korporatsiyasi yaratuvchilari E. Rubinning dasturiy ishlanmalari to‘plami bilan qiziqib qoladilar. Dastlab mobil qurilmalar uchun yangi operatsion tizimni yaratish loyihasi bilan katta maxfiylik ostida TAndroid Inc. Kompaniyasi shug‘ullangan, ushbu kompaniyani keyinchalik Google sotib oladi.Android — Linux yadrosiga asoslangan kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elektron kitoblar, raqamli musiqa uskunalari,qo‘l soatlari, netbuklar va smartbuklar uchunportativ (tarmoqli) operatsion tizimdir. Dastlab, Android Inc. kompaniyasi tomonidan yaratila boshlangan, uni keyinchalik Google sotib olgan. Keyinchalik Google Open Handset Alliance (OHA) alyansini tashkil qildi, u hozirda ham platformani qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Android Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxona orqali qurilmani boshqaruvchi Java-ilovasini yaratishga imkon beradi. Android Native Development Kit Si va boshqa tillarda yozilgan ilovalarni yaratadi.2012-yilning uchinchi choragida sotilgan smartfonlarning 75 foizida Android operatsion tizimi o‘rnatilgan.HTC Dream (T-Mobile G1) — Android OT asosida birinchi smartfoni Yangiliklar kiritilishi tarixi 2008-yil sentabr oyida birinchi versiyasi chiqarilgandan so‘ng tizimga bir necha yangiliklar kiritilishi sodir bo‘ldi. Ushbu yangiliklar odatda, aniqlangan xatolarni tuzatish va tizimga yangi funksiyani kiritish bilan bog‘liq bo‘ldi. Tizimning har bir versiyasiyangilik sifatida o‘zining kodli nomi bilan ataldi. Kod nomlari alifbo tartibida berildi. 2012-yil noyabr oyiga kelib, tizimning 14 ta versiyasi yaratildi. Oxirgi versiyasi — 4.1 Jelly Bean («qo‘shimchasi bilan chaynash obaki») deb nomlandi. HTC kompaniyasi tomonidan yaratilgan HTC Dream smartfoni (T-Mobile G1 nomi ostida rasman T-Mobile mobil aloqa operatori tomonidan yaratilgan) Android boshqaruvi ostida ishlovchi birinchi qurilma bo‘ldi, uning taqdimoti 2008 - yil 23-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Ko‘p o‘tmay, smartfonlar boshqa ishlab chiqaruvchilari tomonidan Android asosida qurilma ishlab chiqarish istagi bilan ko‘plab murojaatlar kelib tusha boshladi. Planshetlaruchun mo‘ljallangan Android uchinchi (Honeycomb) versiyasi chiqishi bilan borgan sari ko‘proq ishlab chiqaruvchilar ushbu platformada planshetlar ishlab chiqarishlarini e’lon qila boshladilar.Smartfonlar va planshetlardan tashqari Android operatsion tizimini boshqa qurilmalarga ham o‘rnata boshladilar.
Masalan, 2009-yil oxirida Android asosida ishlovchi birinchi fotoramka savdoga chiqarildi. 2011-yil iyun oyida Italiyaning BlueSky kompaniyasi Android operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlovchi i’m Watch intellektual qo‘l soatlarini ishlab chiqarishini ma’lum qildi. 2012-yil avgust oyida Nikon Google platformasida ishlovchi jahonda birinchi foto kamerasini taqdim etdi.Bundan tashqari, tashabbuskor Androidni qator mashhur qurilmalarga ko‘chirib o‘tkazib joriy qildilar, ular orasida misol uchun, Windows Mobile HTC Touch Dual va HTC TyTN II platformasidagi smartfonlar bor,ularda Android emulyatsiya rejimida ishga solingan. Maemoda ishlovchi — Nokia N810 va Nokia N900 (Nitdroid nomli port) internet-planshetlari — Windows Mobile operatsion tizimida, MeeGo, va HTC HD2 platformasida ishlovchi Nokia N9 smartfonlari kabi qurilmalarga to‘laqonli ko‘chirib o‘tkazish ham amalga oshirildi, ularda Android operatsion tizimini micro SD-kartalar sifatida ichki NAND-xotira sifatida ham ishga solish mumkin.Shu bilan birga, o‘rnatilgan tizim to‘la, hech bir cheklanishlarsiz funksionallikka ega. Bulardan tashqari, Android operatsion tizimini Apple qurilmalariga — iPhone, iPod Touch va iPad larga Openiboot nomli maxsus dastur yordamida o‘rnatish muvaffaqiyatli tajribasi ham mavjud, u ushbu qurilmalarda turli operatsion tizimlarni, shu jumladan, Android operatsion tizimini ham ishga solish uchun mo‘ljallangan.Bada operatsion tizimidagi qurilmalarda cheklangan funksiyalari bilan dastlabki proshivkalari paydo bo‘lmoqda.
Koolu kompaniyasi Neo Free Runnerga Androidni o‘rnatish bilan shug‘ullanish bilan birga, qayta o‘rnatilgan Google mobil platformasi bilan ushbu smartfonlarni sotishda o‘z biznesini rivojlantirmoqda. Koolu kompaniyasidan Neo Free Runnerga birinchi rasmiy va umumiy foydalanish uchun Android o‘rnatilishi beta-relizi 2008-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tdi. Android x86 arxitekturasiga ham ko‘chirib o‘tkazilgan.Ustunliklari : Ba’zi sharhlovchilar Android qator hollarda veb-syorfing, Google Inc. servislari bilan mosligi kabi va boshqa xususiyatlari bilan o‘z raqobatchilaridan biri Apple iOS kompaniyasiga qaraganda o‘zini yaxshi namoyon qilishini aytadilar. Android, iOS ga nisbatan ochiq platforma hisoblanadi, bu holat unda ko‘proq funksiyalarni amalga oshirishga imkon beradi. iOS va Windows Phone 7 dan farqli ravishda, Androidda fayllarni qabul qilish va uzatishga ham imkon beruvchi Bluetooth oqimini to‘la amalga oshirish mavjud. FTP-serverini, tarmoqqa ulanish nuqtasi rejimi (PAN xizmati) va Bluetooth orqali guruhli birinchi darajali tarmoqni (GN xizmati) amalga oshirish mavjud. Android-apparatlarida, odatda, USB va xotira kartalarini olmasdan turib boshqa uzatish usullari tezlik cheklanishlaridan qat’iy nazar kompyuter fayllarini tezlikda telefonga ko‘chirishga imkon beruvchi, MicroSD-kardrider mavjud; bundan tashqari, iOS va Window Phone 7 sinxronlashtirish dasturi (iTunes va Zune), orqali amalga oshirishdan tashqari, biror-bir fayllarni telefonga/telefondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish mumkin emas, Android operatsion tizimidagi telefonlar esa xotira kartasi fayllar tizimini USB mass storage device («fleshka») kabi uzatish imkoniga ega. Аvvaldan dasturni "tekshirilmagan manbalardan" (misol uchun, xotira kartasidan) o‘rnatish taqiqlanishiga qaramay,ushbu cheklash apparat sozlashlarida doimiy vositalar yordamida o‘chiriladi, bu holat esa internet-ulanishlarsiz dasturlarni telefonlar va planshetlarga o‘rnatishga imkon beradi (misol uchun, Wi-Fi-ulanish nuqtalariga ega bo‘lmagan va odatda juda qimmat turadigan mobil internetga pul sarflashni istamaydigan foydalanuvchilar uchun), hamda barcha istaganlarga Android uchun ilovalarni bepul yozish va o‘z apparatida test sinovlaridan o‘tkazish imkonini beradi, shu bilan birga, iOS va Windows Phone 7 da hatto o‘z dasturlarini tarqatish istagi bo‘lmaganda ham loyihachining qayd etish ro‘yxatini sotib olishi kerak bo‘lardi. Android ARM, MIPS, x86 kabi turli apparatli platformalarda foydalanish mumkin. Ilovalar boshqa muqobil Google play magazinlari mavjud, misol uchun Amazon’dan Appstore for Android, Opera Store, Yandex.Store. Android rivojlanishi tarixi : 2005-yil iyul — Google kompaniyasi Android Inc. kompaniyasini sotib oldi. 2007-yil 5-sentabr — Open Handset Alliance (OHA) kompaniyalar guruhi tashkil etilganligi rasman e’lon qilindi, uning maqsadi mobil qurilmalar uchun ochiq standartlarni ishlab chiqish hisoblanadi. Hozirgi kunda OHA 34 kompaniyalarni birlashtiradi, ular orasida katta T-Mobile mobil aloqa operatorlari, HTC, Intel, Sprint Nextel, KDDI, NTT DoCoMo, China Mobile kabi mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilari, Broadcom, Marvell, NVIDIA, Qualcomm, SiRF, Texas Instruments, LG, Motorola, Samsung Electronics mikrosxemalar loyihachilari hamda IT-industriyasi jahon giganti va birlashmaning g‘oyaviy rahnamolaridan biri, Google kompaniyasi mavjud.
IOS
iOS (avvalgi iPhone OS) Apple Inc. tomonidan ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilgan mobil operatsion tizim bo'lib, uni faqat apparat uchun ishlatadi. Hozirda kompaniyaning ko'plab mobil qurilmalari, jumladan, iPhone, iPad va iPod Touch-ning vakolatlari mavjud bo'lgan operatsion tizim. Androiddan so'ng dunyodagi eng mashhur mobil operatsion tizimi
2007 yilda iPhone uchun ochilgan iOS, iPod Touch (Sentyabr 2007) va iPad (yanvar, 2010) kabi boshqa Apple qurilmalarini qo'llab-quvvatlash uchun kengaytirilgan. 2018-yil martidan boshlab App Store do'konida 2.1 milliondan ziyod iOS ilovalari mavjud, ulardan 1 millioni iPad uchun native. [9] Ushbu mobil ilovalar jami 130 milliarddan ortiq marta yuklab olingan. IOS foydalanuvchi interfeysi ko'p sensorli imo-ishoralardan foydalanib, bevosita manipulyatsiyaga asoslangan. Interfeysni boshqarish elementlari smenkalarni, kalitlarni va tugmalardan iborat. OS bilan o'zaro aloqa iOS operatsion tizimi va uning multi-sensor interfeysi kontekstida muayyan ta'riflarga ega bo'lgan surish, teginish, chimchilash va qaytarish kabi harakatlarga ega. Ichki akselerometrlar qurilmani silkitishga javob berish uchun ba'zi ilovalar tomonidan qo'llaniladi (bitta umumiy natija - qaytarish buyrug'i) yoki uni uch o'lchamda aylantirish (umumiy natijalar portret va landshaft rejimini almashtirish). Apple iOS-ga to'liq kirish funksiyalarini kiritish uchun juda yaxshi baho berib, foydalanuvchilarga ko'rish va eshitish nogironlari mahsulotlarini to'g'ri ishlatish imkonini berdi.
IOS ning asosiy versiyalari har yili chiqariladi. Joriy versiya, iOS 12, 2018 yil 17-sentabrda chop etildi. Bu 64-bit protsessor bilan ishlaydigan barcha iOS qurilmalarida mavjud; iPhone 5S va keyinchalik iPhone modellari, iPad (2017), iPad Air va undan keyin iPad Air modellari, iPad Pro-ning barcha modellari, iPad Mini 2 va undan keyingi iPad mini-modellari va oltinchi avlod iPod Touch. Barcha yaqin iOS qurilmalarida iOS muntazam ravishda yangilanish mavjudligini tekshiradi va agar mavjud bo'lsa, foydalanuvchi avtomatik o'rnatishga ruxsat beradimavjud eng birinchi mobil Operatsion tizimlaridan biridir. Ushbu tizimdan foydalanish ortidagi asosiy g’oya –boshqa barcha Apple mobil mahsulotlaridan foydalana olish imkoni bo’ladi. Ma’lumki Apple mavjud eng zo’r telefonlarni ishlab chiqadi, shu bilan o’z operatsion tizimini ahamiyatini oshiradi. Undan tashqari iOS uchun mobil ilovalar soni ulkandir, hayolingizga kelishi mumkin bo’lgan barcha dastur va hizmatlar muhayyo. Apple iOS - iPhone smartfonlari, iPod Touch media pleerlari va iPad planshetlari uchun Mac OS X asosida yaratilgan mobil operatsion tizim. vaqtdan beri muntazam ravishda yangilanib kelinmoqda. Mac OS X operatsion tizimini o'z ichiga olgan Apple OS X operatsion tizimiga qo'shilgan. Apple iOS operatsion tizimi Apple TV-da ishlaydi, ammo boshqa foydalanuvchi interfeysi bilan ishlaydi.
Ishlab chiquvchilar Apple dasturini 7 kun davom etadigan tekshiruvga yuborishlari kerak bo'lgan ilovani nashr etmoqchi bo'lganlarida, ba'zi holatlarda ham ko'proq narsani talab qilishlari mumkin. Ilovalar boshqa mobil platformalarga nisbatan juda katta IOS-dan foydalanish qimmat turadigan ilovalar va vidjetlarni qo'llab-quvvatlamaydi Batareya ishlashi 3Gda juda kam Ta'mirlash narxlari juda ko'p qaroqchilik Moslashuvchan emas, faqat iOS qurilmalarini qo'llab-quvvatlaydi
Windows
Kompyuterlar orasida Windows eng hurmatga sazovor Operatsion tizim bo’lishiga qaramay. Window tizimi mobil aloqa vositalari orasida unchalik rivojlanmagan. Ijro bobida Windows Phone o’z raqiblari iOS va Androidga yaqin darajadagi ko’rsatkichga erishdi, biroq uning ilovalari miqdori sezilarli darajada kamchilikni tashkil etadi. Umuman olganda Windows operatsion tizimning ashaddiy muhlisi bo’lmasangiz, Android va iOS yaxshi tanlov bo’lib ko’rinishi mumkin. Windows Mobile o'z apparatlari platformalari, Pocket PC (shaxsiy raqamli yordamchilar, kommunikatorlar) va Smartphone (smartfon) uchun Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan mobil operatsion tizimdir. Hozirgi vaqtda ishlab chiqilmayotgan yoki qo'llab-quvvatlanmagan: 2011 yil may oyida Windows Marketplace Mobile xizmatiga dastur ishlab chiquvchilarini qo'llab-quvvatlashni tugatish haqida ma'lum bo'ldi 2011 yil iyul oyida kompaniya o'z mijozlariga 2011 yil oktyabr oyida "Mening telefonim" xizmatini bekor qilish to'g'risida ma'lum qildi 2012 yil may oyida Microsoft qurilmalar egalari uchun mobil ilovalar do'koni uchun Windows Marketplace'ni yopdi Eng so'nggi versiya - Windows Mobile 6.5 - Windows CE 5.2 asosida yaratilgan, Microsoft Win32 API yordamida ishlab chiqilgan dasturlarning asosiy to'plamiga ega (dasturlarni Mobil Market uchun Windows Market orqali xarid qilish yoki foydalanuvchi tomonidan qo'lda o'rnatilishi mumkin, uchinchi shaxslar uchun bepul dasturiy ta'minot ishlab chiqishi mumkin), funktsional va Windows-ning ish stoli versiyasiga o'xshab ko'rishga harakat qilmoqda.Sensorli qurilmalar uchun WM 6.5 barmoq tekshiruvi uchun mo'ljallangan.
Smartfon bozorida Windows Mobile ning ulushi har yili pasayib boradi 2009 yilning uchinchi choragida pasayish 20% ni tashkil etdi. [10] [11] AQShda korporativ foydalanuvchilarning 24% ni o'z ichiga oluvchi (BlackBerry OS va iOSdan so'ng) korporativ foydalanuvchilar uchun eng mashhur uchinchi operatsion tizimi. [12] Jami sotuvlar orasida (qachon?) Android smartfonining 6-chi versiyasi (Android, Bada, Symbian OS, BlackBerry OS va iOS Pocket PC uchun Windows Mobile (sensorli qurilmalar) quyidagi xususiyatlarga ega standart hisoblanadi:"Today" boshlang'ich ekrani (English Today) hozirgi kunni, egasi haqidagi ma'lumotlarni, kelgusi uchrashuvlarni, yangi xabarlar va vazifalarni ko'rsatadi. WM 6.5 dan boshlab ekran "Bosh ekran" deb nomlanadi;
yuqori satrda joylashgan "Ishga tushirish" tugmasi Windows dasturining ish stoli versiyasida bo'lgani kabi dastur va xizmat ko'rsatishning ro'yxati bilan menyu ochadi;
vazifa paneli joriy vaqtni, ovoz profilini va batareya zaryadini ko'rsatadi;
Microsoft Office mobil versiyasi - Office Mobile;
Outlook Mobile;
IE ning ish stoli versiyasiga asoslanib Internet Explorer Mobile mobil brauzeri
Windows Mobile uchun Windows Media Player;
Windows xizmatlari bilan integratsiya
PPTP VPN uchun mijoz; Internetga ulanishni USB yoki Bluetooth orqali stol kompyuteriga ulash imkonini beruvchi Internetga ulanish almashish funksiyasi (ICS); fayl tizimi va papka tuzilishi Windows 9x / Windows NT da shunga o'xshash; multitasking
Xulosa: Bu mustaqik ish bajarish davomida Mobil operatsion tizimlari bilan tanishib chiqdim ularning kamchiliklari yoki imkonyatlari haqida bilmaganlarimni bilib oldim . Hozirgi kunga kelib telefonlar har bir insonda bor yani har bir insoning do’sti bo’lib qolganligi bu fakt.Biz o’zimiz ishlatib turgan telefonlarimizning tizimlari imkonyatlariyu kamchiliklari haqida ko’p ma’lumotga ega emasmiz.Android operatsion tizimi haqida uning interfeyizga asoslanganligi soddaligi ilovalarni sozlash va ko’p funksiyaligi bilan ajralib turadi hozirda bu operatsion tizimga bo’gan talab kuchlidir.IOS operatsion tizimi android operatsion tizimidan keyingi turadigan tizim hisoblanadi bu tizim asosan xavfsizlikga asoslangan bo’lib unda ma’lumot va ilovalarni boshqarish android operatsion tizimiga qaraganda bir muncha qiyinroq hisoblanadi.Windows operatsion tizimini biz ko’proq kompuyuterlarimizda foydalanamiz bu mabil tizim telefonlar uchun keng tarqalmagan tizim hisoblanadi shular haqida ularning funksiyalari yutuqlari va kamchiliklari haqida bilib oldim.
Foydalanilgan adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |