Zamonaviy mikroprotsessor modeliarida keng foydalaniladigan adreslash usullari



Download 359,54 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi359,54 Kb.
#230882
  1   2
Bog'liq
Zamonaviy mikroprotsessor modeliarida keng foydalaniladigan adre


Zamonaviy mikroprotsessor modeliarida keng foydalaniladigan adreslash usullari;

-registrli adreslash;

-to‘g‘ri adreslash;

-bevosita adreslash;

-mavhum registrli adreslash;

-mavhum avtoinkrement/avtodekrementli adreslash;

-bazabo‘yicha indeksli adreslash;

- segmentli adreslash.
MPT uchun dastur yozish -juda murakkab jarayondir. Samarali dasturlash uchun protsessor buyruqlar tizimidan xabardor bo‘lishi kerak. Kompakt va tezkor dastur va qism dasturlar Assembler tilida yaratiladi. Assembler tili mashina tilining raqamli kodlari, buyruqlar tizimining mashina kodlarini ta’minlaydi. Protsessor buyruqlar tizimidan xabardor bo‘lmay yozish mumkin bo‘lgan dasturlar juda ko‘p, ulardan ko‘proq ishlatiladigani Si dasturlash tihdir.

Assembler dasturlash tili - personal kompyutyerdan tortib mikrokontrollerlarda dasturiy ta’minoming asosiy zarur qismidagi dasturlar uchun effektiv natija beradi. Buyruq kodlari qandayoperandlar bilan yoki qaysi buyruq bajarilishi to‘g‘risida protsessorga ma’lumot beradi. Buyruqlar bir baytdan bir necha baytgacha uzunlikka ega bo‘ladi. Buyruq kodlari protsessorda qayta shifrlanadi va mikro operatsiyalar to‘plamiga aylantiriladi.

Bir turdagi buyruqlar kirish operandlarini, boshqalari esa chiqish operandlarini talab qiladi. Kirish operandlari manba-operand, chiqish operandlari qabul qilish-operand deyiladi. Hamma operand kodlari qayerdadir joylashishi kerak. Ular ichki registrlarda, xotira tizimida joylashadilar. Ularning joylashuvi buyruq kodlari orqali ko‘rsatiladi.Ma’lumotlarni qayerdan olib qayerga joylashning turli usullari mavjud bo‘lib ular adreslash usullari deyiladi.

Adreslash usuli deb operand adresini kodlash yoki buyruq kodlaridagi operatsiya natijasiga aytiladi.



2.10-chizma, Buymq kodlari


OPK-operatsiya kodi.

OPAJ- birinchi operand adresi.

AR-natija adresi.

Bevosita adreslash. Bevosita-operand ko‘rsatkichining eng oddiy usuli. Komandalar adres maydonida operand adresi emas, balki operand joylashadi. Operand avtomatik ravishda komanda bilan xotiradan chaqiriladi va darhol bevosita adreslash uchun tayyor bo‘ladi. Bevosita adreslashda qo‘shimcha xotiraga murojaat talab etmaydi. Lekin uning kamchiligi bor. Birinchidan faqat konstantalar bilan ishlash mumkin, ikkinchidan qiymatlar maydoni chegaralangan. Shunga qaramay bu texnologiya ko‘p arxitekturalarda butun sonlar ustida ishlash uchun foydalaniiadi (2.11-chizma).



2.11-chizma. Bevosita adresiash


To‘g‘ri adreslash. To‘g‘ri - adres maydonida (ADR) operand adresi joylashadi. Komanda har doim bitta xotira adresiga murojat eta oladi.

Masalan 1000000 xotira adresini tozalash kerak bo'lsa, u holda tozalash buyrug‘idan keyin joylashadi. ( 2.12-chizma).

Registrli adresiash. Operand protsessorning ichki registrida joylashadi. Masalan, buyruq quyidagicha bo‘lishi mumkin, nol registrdan birinchi registrga ma’lumot uzatish. Ikkita registrning raqami buyruq kodlari orqali aniqlanadi. Kod operatsiyalarida registr adreslari shifrovka qilingan. Buyruqda adres maydoni ko‘rsatilmaydi. (2.13- chizma).

Mavhum registrli adresiash. Protsessor ichki registrida operand emas balki uning adresi joylashadi. Operand fizik adresi mavhum adres DP (Data Pointer)da joylashadi. DP (Data Pointer) sifatida UIRB (RON) yoki registr maxsus adres registr joylashadi. (2.14- chizma).



2. l2-chizma. To‘g ‘ridan to‘g ‘ri adreslash




2.13-Chizma. Manzillashni ro’yxatdan o’tkazish

(2.13-chizma).Mavhum manzillash

Masalan,

Assembler 51 tilida MEM adresi bo‘yicha xotiraningikki baytini tozalash quyidagicha boMadi:

MOV DP, #MEM

CLR a

MOVX @DP, a



INC DP

MOVX @DP, a

MEM: XDATA C3F0h
Xotirani segmentli adresiash. 8086 mikroprotsessori 20 razryadliadreslar shinasiga ega va u xotiraning 2^20 yoki taxminan milliondan bir yacheykasiga murojaat qilinishiga imkon beradi. 16 bitli ma’lumotlar shinasi ma’lumotni baytli yoki so‘zli ko‘rinishida uzata oladi. Xotira odatda chiziqli bir o‘lchamli baytlar massivi ko‘rinishida tuzilgan va 2 qo‘shni baytlar bir so‘zdek ko‘rinishi bo’lishi mumkin. Xotiraning butun megabaytli sohasi 64 Kbitli 4 segnientga boilingan (2.15.-chizma). MP har bir daqiqada dastur segmentiga (CS), 88 ma’lumotlar segmentiga(DS), qo‘shimcha ma’lumotlar segmentiga(ES) va stek segmentiga (SS) murojaat qilish imkoni bor. Bu segmentlarning boshlang‘ich adresi CS, SS, DS va ES registrlaridasaqlanadi.

2. I5-chiwf(t- Manzil segmentidan xotiraningsajk manzUga o ‘zgarishi


Bu registriar 16 bitli, adresli soha esa 20 bitli bo’lganligi sababli MP boshlang‘ich segmentli adresni 20 bitli summatorda chapga 4 bit suradi (16 ga ko‘paytirishga teng) va (TP,SP,DI,SI) registrlardan biridagi ma’lumotga qo‘shadi. Hosil qilingan son fizik adres deb ataladi. Masalan, xotiradan navbatdagi dastur kodi baytini olishda MP quyidagi formula orqali fizik adresni hosil qiladi;

Fizik adres = (IP) + (CS)*16, bu yerda (IP)-siljitish, bajaruvchi adres (CS)-segmentli adres, (SS)*^16-boshlang‘ich segmentli adres deb ataladi. 2.16.-chizmada xotirani tashkil etish keltirilgan. Protsessor 4 ta guruh buyruqlar to‘plamini o‘z ichiga oladi;

- ma’lumotlarni uzatish buyruqlari;

- aiifmetik buyruqlar;

- mantiqiy buyruqlar;

- o‘tish buyruqlari.



2.16-chizma Segmentdagi fizik manzil (hamma kodlar – о’n oltilikda)





Download 359,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish