2020-2021-o‘quv yili yakuni (may) bo‘yicha o‘quvchilar kontingenti (jami sinflar soni, jami o‘quvchilar soni, har bir sinfda nechta o‘quvchi tahsil olgani haqidagi hujjat).
2021-yil (sentabr) holatiga mikrohududdagi maktab yoshidagi bolalar soni haqida ma’lumot (maktabga biriktirilgan mikrohudud sifatida biriktirilgan
QFY, MFY, ko‘cha yoki boshqa hududlarda istiqomat qilayotgan 7 yoshdan
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni).
2021-yilining (sentabr-dekabr) holatiga tarifikatsiya (tarifikatsiyada o‘qituvchilarning ma’lumoti va malaka toifalari aks etgan bo‘lishi hamda ma’muriyat xodimlari va texnik xodimlarning shtatlar jadvali mavjud bo‘lishi lozim).
2021-yil yakuniga qadar amalda bo‘lgan (muddati tugamagan) oliy va birinchi malaka toifa hujjatlari (oliy yoki birinchi malaka toifasi sertifikatlari).
2021-yilda variativ o‘quv rejasi mavjud bo‘lganligi (tashkil qilinganligi to‘g‘risidagi direktor buyrug‘i va boshqalar).
Chet tili o‘qituvchilarining 2021-yil yakuniga qadar amalda bo‘lgan (ingliz, nemis, fransuz va boshqalar) milliy va xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darjalari to‘g‘risidagi sertifikatlarning mavjudligi (ielts, toefl, ibt, fce va boshqalar).
2021-yil (yanvar-dekabr) davomida o‘quvchilar tomonidan xalqaro, respublika, hududiy hamda tuman miqyosida turli sohalarda erishilgan yutuqlar bo‘yicha hujjatlar (noakademik yo‘naslihda bo‘lishi shart ya’ni, sport, san’at, AKT, kitobxonlik, kasbiy yoki boshqa shu kabi yo‘nalishlardagi musobaqa va tanlovlarda g‘olib bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar).
2021-yil (sentabr-dekabr) holatiga maktabda tashkil etilgan to‘garaklar haqida ma’lumot (maktabdagi jami to‘garaklar soni shundan, fan to‘garaklari, sport to‘garaklari, ijodiy to‘garaklar (musiqa, rassomchilik, teatr, QVZ, xo‘r jamoalari), zamonaviy to‘garaklar (dasturlash, injenerlik, robototexnika) hamda to‘garaklarga qatnashuvchi o‘quvchilar soni (bunda to‘garaklarga qatnashuvchi o‘quvchilar soni takrorlarsiz bo‘lishi lozim 1 nafar o‘quvchi 3 ta to֯garakka qatnashsa uni 3 emas 1 deb hisoblash kerak hamda umuman to‘garaklarga qatnashmaydigan o‘quvchilar sonini alohida hisoblash lozim).
2021-yil (sentabr-dekabr) holatiga o‘quvchilarning darslarga qatnashish davomati (tuman xalq ta’limi bo‘limiga topshiriladigan kunlik, haftalik va oylik davomat jadvali (tasdiqlangan holda) hamda maktab mas’ul xodimi tomonidan yuritiladigan davomat daftari)
Do'stlaringiz bilan baham: |