Zamonaviy maktab o’qituvchisining vazifalari


Sharq mutaffakkirlari merosida o'qituvchi pedagog haqida qarashlar



Download 147,5 Kb.
bet9/20
Sana18.01.2022
Hajmi147,5 Kb.
#387893
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Muxlisa

3. Sharq mutaffakkirlari merosida o'qituvchi pedagog haqida qarashlar.

O’qituvchi faoliyati, pedagogik mahorati, ta’limni tashkil etish yo’l-usullari insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarda dolzarb muammo bo’lib kelgan. Ushbu muammo, ayniqsa, Movaunnahrda va Eronda yashab o’tgan ko’plab mutafakkirlarning diqqat markazida turib, ular o’z asarlarida yosh avlodni tarbiyalash, o’qituvchi-murabbiyga xos xususiyatlar haqida fikrlarini bildirib o’tganlar. Mutafakkirlarining ana shunday fikrlaridan namunalar keltirib o’tamiz. Jaloliddin Davoniy “Axloqi Jaloliy” nomli asari ta’lim-tarbiya masalalariga bag’ishlangan bo’lib, unda ijtimoiy-siyosiy masalalar, axloq, ta’lim-tarbiya va xulq-odob qoidalari o’z aksini topgan. Jaloliddin Davoniy bolalarga ta’lim berishda murabbiylarni “ma’naviy ota” deb hisoblaydi. Murabbiylarni o’quvchilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashlari lozim deb hisoblaydi. Bolalarga ta’lim-tarbiya berishni murakkab ish hisoblab, o’qituvchilarni qat’iyatli, sabr-toqatli bo’lishlarini ta’kidlaydi. Bolalarni xulq-odobiga muallim ham salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin deb hisoblab, bunga qo’pol va badjahl muallimlarning harakatlari ta’sir etadi. Jaloliddin Davoniy muallimni shunday ta’riflaydi:

- muallim sabr-toqatli bo’lishi;

- qo’pol va badjahl bo’lmasligi;

- bola tarbiyasidan xabardor bo’lishi;

- yaxshi xislatli bo’lishi;

- muallimning tarbiyalash usuli otaning tarbiya usulidan yuqori bo’lishi;

- bolaning o’z xususiyatlarini bilish;

- bolalarning qaysi kasbga qiziqishlarini o’rganib borish;

- har bir bolaning iqdironi, qobiliyatini aniqlay olish.


Muslihiddin Sa’diy Sheroziy Sharq mumtoz madaniyatining butun dunyoga mashhur yirik namoyondalaridan. Sa’diy Sheroziyning “Guliston” 2 asari tarbiyaviy, pand-nasihatdan iborat hikoya va hikmatlar to’plamidir. Sa’diy o’z pedagogik qarashlarida tarbiyani uchga bo’ladi: aqliy, jismoniy va mehnat tarbiyasi. 1 Sa’diy ta’lim va tarbiyaning ahamiyatini ta’rif etish bilan birga bolalarning tug’ma qobiliyatini tan oladi: Qobiliyat bo’lsa aslida, Tarbiyat unga qiladi asar. Qancha urinma bo’lmas sayqali, Temir aslida bo’lmas javhar. Sa’diy Sheroziy ta’lim-tarbiyada muallimning talabchanligi, bilim va tarbiya berishda qattiqbo’l bo’lishi kerakligini ta’kidlaydi: Yubordi o’g’lini maktabga podsho, Qilib qo’yniga nuqra taxtaga jo, Kumush ul taxtaga zardin bitib yod:

Ota mehridan afzal jabri ustod. 2 Sa’diy Sheroziy murabbiy bolalarga bilim berish bilan birga hunarning qay darajada inson hayotida zarurligini tushuntirib borishi kerak deb hisoblaydi. Alisher Navoiy asarlarida barkamol inson obrazini yaratib, ta’lim-tarbiya to’g’risidagi fikrlarini bayon etadi. Alisher Navoiy yoshlarga chuqur bilim berishda muallimlar, mudarrislar hamda ustoz-murabbiylarning o’zlari ham bilimli va tarbiyali bo’lishi zarurligini uqtiradi. U muallimlarni quyidagicha ta’riflaydi:

- muallim johil, nodon bo’lmasligi kerak;

- ma’lumotli, o’qitish yo’llarini biladigan;

- qattiqqo’l, johil va ta’magir bo’lmasligi;

- o’zi bilmagan ilmni tushuntirmasligi;

- g’iybat va g’avg’olarga aralashmasligi;

3

O’qituvchining hurmatini qanchalik joyiga qo’yish lozim bo’lsa, o’qituvchi ham kerakli talablarga javob berishi lozim. Alisher Navoiy shunday deb keltiradi: “Uning ishi odam qo’lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila olmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi. U esa bir to’da bolaga ilm va adab o’rgatadi, ko’rkim bunga nima yetsin. Shunisi ham borki, u to’dada fahm-farosatli ozlar bo’ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo’ladi. Har qanday bo’lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko’pdir. Agar shogird podshohlikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi”. Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila, Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila. Alisher Navoiy o’qituvchi haqida gapirar ekan, muallim o’z shogirdlarini ham, o’zi ta’lim berayotgan fanni ham sevgan bo’lishi zarur. O’ziga ham, o’quvchiga ham talabchan bo’lishni uqtiradi. Navoiy o’qituvchini jamiyatda obro’li va hurmatga loyiq inson deb bilib, shogirdlar muallimni vatandek juda hurmat qilishlarini, e’zozlashlarini uqtiradi. Sharq mutafakkirlarining asarlari biz uchun qimmatli xazina bo’lib, biz ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish lozim. Bu esa o’qituvchi faoliyatida yuksak yutuqlarga olib keladi.





Download 147,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish