Zamonaviy jadval protsessorlari va ularning rivojlanish tarixi. Ms excel dasturi va uning imkoniyatlari. Ma’ruza mashg’ulоtining


Ma’ruza mashg’ulоtining tехnоlоgik kartasi



Download 218,5 Kb.
bet2/3
Sana16.04.2022
Hajmi218,5 Kb.
#556371
1   2   3
Bog'liq
8-mavzu

Ma’ruza mashg’ulоtining tехnоlоgik kartasi



Ish bоsqichlari va vaqti

Faоliyat




ta’lim bеruvchi

ta’lim оluvchilar

1 - bоsqich.
O`quv mashg’ulоtiga kirish (10 daq.)

1.1. Mavzuning nоmi, maqsad va kutilayotgan natijalarni yеtkazadi. Mashg’ulоt rеjasi bilan tanishtiradi.
1.2. Mavzu bo`yicha asоsiy tushunchalarni, mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yхatini aytadi.
1.3. O`quv mashg’ulоtida o`quv ishlarini bahоlash mеzоnlari bilan tanishtiradi

Tinglaydilar, yozib оladilar.

Aniqlashtiradilar, savоllar bеradilar.



2 bоsqich.
Asоsiy
(65 daq.)

2.1. Ma’ruza mashg’ulоtning rеjasi va tuzilishiga muvоfiq ta’lim jarayonini tashkil etish bo`yicha harakatlar tartibini bayon qiladi, ma’ruza matni bilan qisqacha tanishtiradi (1-ilova)
2.2. Savоl-javоb(3-ilova), Klaster (2-ilova) оrqali bilimlarni faоllashtiradi.

Tinglaydilar.
Yozadilar.
Javоb bеradilar.



3 bоsqich.
Yakuniy
(15 daq.)

3.1.Mavzu bo`yicha yakun qiladi, qilingan ishlarni kеlgusida kasbiy faоliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e’tibоrini qaratadi.
3.2. Guruhlar ishini bahоlaydilar, o`quv mashg’ulоtining maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi.
3.3. Mustaqil ish uchun tоpshiriq bеradi va uning bahоlash mеzоnlarini yеtkazadi

O`z-o`zini, o`zarо bahоlashni o`tkazadilar.
Savоl bеradilar
Tоpshiriqni yozadilar

Kompyuter texnologiyasining rivojlanib borishi va insorming ish faoliyatida keng qo'llanilishi ta’sirida malum bir yo'nalishdagi dasturlariga bo'lgan talab yana-da ortdi. Ma’lumki, dasturlarning islilab chiqilishi va rivojlanishi qo’llaniladigan sohadagi maqsadlardan kelib chiqadi. Masalan, matn muharrirlari va protsessorlari matn ko’rinishidagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun, kerak bo’lsa, grafik muharrirlar tasvirlar ustida kerakli amallar bajarish uchun xizmat qiladi. Kalkulyatorni ishlatib ko’rgan har bir foydalanuvchi hisob-kitob natijalarini saqlab qo’yish, oraliq hisob-kitoblarni kerakli vaqtda olish yoki boshlang’ich ma’lumotlarni o’zgartirishda hisob-kitobni qayta bajarish zarurligi kabi muammolarga duch keladi. Masalan, bir o’quvchining o’zlashtirish darajasi — reytingini hisoblash uchun barcha fanlardan olgan ballari jamlanib 100 ga ko’paytiriladi, keyin fanlardan olishi mumkin bo’lgan maksimal ballga bo’linadi. Bunday olib qaraganda, bu ish qiyin emasdek ko’rinadi. Lekin shu oddiy arifmetik amallarni 10 ta yoki 50 ta yoki 500 ta o’quvchi uchun bajarish kerak bo’lsa~chi? Yoki boshlang’ich ma’lumotlar o’zgarsa-chi? Bu ishlarni kalkulatorda bajarish juda ko’p vaqt va mehnat talab etadi. Ikkinchi tomondan, MS Word dasturida ishlaganingizda ko’rdingizki, ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash tahlil qilishni ancha


soddalashtiradi.
Yuqoridagi muammo va imkoniyatlar sababli hisob-kitoblarni osonlashtimvchi va avtomatlashtiiuvchi dasturiarga bo’lgan talab kuchaydi. Odatda, bunday dasturlarni elektron jadvallar yoki jadval protsessorlari deb nomlashadi.
Elektron jadvallarning asosiy vazifasi ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash va qayta ishlash bo’lib, birlamchi vazifasi hisobkitoblarni avtomatlashtirishdir.
Elektron jadvallar qo'llanilayotgan sohalar juda ko’p. Masalan: moliya, buxgalteriyaga oid (xususan, ish haqini hisoblash), har xil iqtisodiy, texnik hisoblar, kundalik, xo'jalik mollari va mahsulotlarni sotib olish hisoblari vahokazolar.
Elektron jadvallar beradigan imkoniyatlar dasturlarning turlariga bo’g’liq bo‘lib, asosan, quyidagilardan iborat:
— ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash va ko’rinishini o’zgartirish;
— jadval elementlarini formatlash;
— formulalardan foydalanish (hisob-kitoblarni avtomatlashtirish);
— katakchalarni avtomatik to’ldirish;
— standart funksiyalar majmuidan foydalanish;
— ma’lumotlarni izlash va almashtirish;
— ma’lumotlar asosida turli ko’rinishda shakllar hosil qilish va tahrirlash;
— ma’lumotlar bazasini hosil qilish va uning ustida amallar bajarish.
Birinchi elektron jadval dasturi VisiCalc (Visible calculator — ko’rinayotgan kalkulator) nomi bilan Den Briklin va Bob Frenkston tomonidan 1979- yilda ishlab chiqilgan. Undan keyin kompyuterlarning turlari va vazifasiga qarab SuperCalc, Multiplan, Framework, Simphony,
Works, lC-Buxgalteriya, Master, MS Excel va boshqalar ishlab chiqarilgan va takomillashtirib borilmoqda. Dastlabki naqli 1994- yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va takomillashtirib borilayotgan Excel dasturi hozirgi kunda eng ommalashgan jadval protsessoridir. Excel dasturi ishga tushirilgach, ekranda E l- rasmdagi kabi foydalanuvchi interfeysi namoyon bo'ladi:



Exceldagi menyular satri Word matn protsessoridagi menyular satridan farqlanadi. Masalan, Word matn protsessorida Таблица (Jadval) menyusi o'rnida Excelda Данные (Ma’lumotlar) menyusi bor; biror nusxa ko'chirilgach, Правка (Joylashtirish) menyusi nusxani Word dasturidagidan farqli har xil xususiyatlari bilan joylashtirish imkonini beradi. Nusxa xususiyatlari E2- rasmdagi kabi bolishi mumkin:
1) nusxa to'liq xususiyatlari bilan;
2) faqat formulani;
3) faqat qiymatini;
4) faqat formatlarini;
5) faqat izohni;
6) qiymatiga shartlar bilan;
7) chegara chiziqlarisiz;
8) faqat ustun kengligini;
9) arifmetik amallar bajarish
va boshqalar.
Excel dasturi ishga tushirilganda u shartli — Книга 1 (Kitobl) nomi bilan yangi hujjat hosil qilishni taklif etadi. Tavsiya etilgan kitobda 3 ta varaq (Лист1, Лист2, ЛистЗ) bo'lib, zaruratga
qarab Joylashtirish menyusining List (Varaq) bo’limi yordamida yangi varaqlar qo'shish mumkin bo'ladi. Varaqni o 'chirish Tahrir menyusining Varaqni o‘chirish (Удалить лист), nomini O’zgartirish Format menyusi Varaq bo'limining Qayta nomlash (Переименовать) buyrug'i yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bitta kitobda 1 dan 255 tagacha varaq joylashtirish mumkin. Varaqlardagi ustunlar soni 256 ta bo‘lib, ular lotin alifbosi harflari
bilan tartiblanadi, ya’ni A, B, ... , Z, AA, AB, ... , IV. Satrlar soni Excel 2003 naqlida 65 536 ta bo’lib (Excel 1997 naqlida 16 384 ta), 1dan to 65 536 gacha bo’lgan natural sonlar yordamida tartiblangan.Yangi kitob hosil qilish esa quyidagi imkoniyatlardan birini tanlash orqali bajariladi:
• fayl menyusidagi Создать (Hosil qilish) buyrug’ini tanlash yoki Ctrl + N klavishlarni birgalikda bosish;
• uskunalar panelidagi piktogrammani tanlash. Ikkala usulda ham ekranda shartli Книга2 nomli yangi kitob ochiladi.
Keyingi hosil qilinadigan yangi hujjatlar esa mos ravishda КнигаЗ, Книга4 va hokazo nomlar bilan ochiladi. Odatda, tayyorlangan hujjatni fayl ko’rinishida biror nom bilan saqlab qo’yish mumkin. Excel dasturi asosida tayyorlangan faylning kengaytmasi .xls (eslang, Wordda - .doc, Bloknotda - .txt, Paintda - .bmp) bo’ladi. Excel elektron jadvalida quyidagi arifmetik amal va belgilarni qo’llash imkoniyati mavjud: qo‘shish — “ + ”, ayirish — “ — “,
ko‘paytirish — “ * ”, boiish — “ / ” , darajaga ko‘tarish — “ л ” , amalning bajarilish tartibini jadallashtirish — ‘‘ ( ) ”, sonlarni butun va kasr qismga ajratish — ‘‘ , ”. Elektron jadvaHarda jadval bo’ylab sichqoncha, kursomi boshqarish (yo’nalish) klavishlari, varaqlash (PgUp va PgDn) klavishlari, Home va End klavishlari, shuningdek, Ctrl+Home va Ctrl+End klavishlarini birgalikda bosish yordamida harakatlanish mumkin.

Download 218,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish