Shakllanayotgan bozor
Shakllanayotgan bozor deganda struktura o‘zgarishi, o‘sishi va murakkablashuvi jarayonida bo‘lgan moliya bozori tushuniladi.
Bozorlarning rivojlangan va rivojlanayotgan turlarga bo‘linishi
shartlidir, chunki ikkita bir xil bozorni topish va ularning defolt
holatida bir-biriga ta’sirini baholashning imkoni yo‘q. Biroq bunday farqlash zarur, chunki bu bozorlar vositalariga qo‘yilmalar kiritish riskini hech bo‘lmasa taxminan aniqlash kerak bo‘ladi.
Hozirgi paytda bozorlarni bo‘lish, ajratishda foydalaniladigan asosiy mezonlar – o‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad darajasi (ya’ni aholi boyligi) va aksiyalar qiymatining yalpi ichki mahsulotga nisbati bo‘lib, bu bozorning rivojlanganlik darajasini ko‘rsatadi. Biroq u yoki bu bozorni rivojlangan
yoki shakllanayotgan sifatida baholashga imkon beradigan miqdoriy bo‘lmagan
mezonlar ham bor.
Bozorni u yoki bu guruhga kiritishni faqat boshqalar unga ishonadigan bozor qatnashchisi amalga oshirishi mumkin. Bunday bo‘lishni turli paytlarda Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro moliya korporatsiyasi, Standard & Poor's (S&P) kompaniyasi amalga oshirgan. Bu ayrim variantlar farq qilishiga olib kelgan, ayniqsa, sobiq sotsialistik mamlakatlarda ma’muriy-buyruqbozlik tizimi barbod bo‘lishi bilan bu mamlakatlarning ko‘pchiligi tezroq sur’atlar bilan rivojlana boshlagani va bir toifadan boshqasiga o‘tganini hisobga oladigan bo‘lsak. B.B. Rubsov S&P uslubiyati bo‘yicha bozorlarning quyidagicha tasnifini keltirib o‘tgan.
1.2. Moliya bozori modellari
Moliya bozori modeli – bu turli xildagi moliyaviy vositachilarning roli va iqtisodiyotni moliyalashtirishning turli usullari muhimligiga qarab bozorni tashkil qilish turidir.
Iqtisodiyotni moliyalashtirishning ikkita asosiy usuli mavjud:
1. Bank kreditlari yordamida moliyalashtirish (Yevropada moliyalashtirishning asosiy usuli). Ushbu holatda kompaniya resurs so‘rab
bankka murojaat qiladi, bank kompaniyaning ahvolini, loyiha maqsadlari va samaradorligini tekshiradi va shundan keyingina – ijobiy baho olingan holatda – kredit beradi. Albatta, hamma arizalar ham ijobiy natija bilan yakun topmaydi, banklar riskli loyihalarni moliyalashtirmaslikni afzal ko‘radi. Bundan tashqari, bir nechta kredit olish juda qiyin, ba’zida esa umuman imkonsiz bo‘ladi. Bank stavkalari yuqori bo‘ladi va ba’zida bank yirik miqdordagi kreditni mustaqil ravishda taqdim eta olmaydi.
Bularning barchasi bank kreditlarining kamchiligi hisoblanadi va kompaniyalarni qimmatli qog‘ozlar bozoridan mablag‘lar jalb qilishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |