ijtimoiy xarajatlar tushunchalariga berila boshladi.
a) “Yangi industrial jamiyat” kontseptsiyasi
Ikkinchi Jahon urushidan keyin sof institutsionalizm bi-roz
susaydi, ammo
Jon Kennet Gelbreyt (1909 yil tug’ilgan) asarlarida bir
muncha o’zgargan shaklda qayta tiklandi. Uning
«Yangi industrial
jamiyat» nomli asosiy asari iqtisodiyotda «texnostruktura»ning tahlili
va roliga bag’ishlangan. Texno-struktura deganda, J.K. Gelbreyt fikriga
ko’ra, texnologiyalar bo’yicha olimlarni, konstruktorlarni,
mutaxassislarni o’z ichiga oluvchi jamiyat qatlamlari, boshqaruv, moliya
va
umuman olganda, yirik korporatsiyalarning me’yorl ishlashini
ta’minlash uchun ke-rak bo’lgan narsalar tushuniladi.
J.K.Gelbreyt fikri bo’yicha, hozirgi zamon bozor iqtiso-diyoti
xatti-harakati murakkab texnikalarni ishlab chiqaruvchi yirik
korporatsiyalar bilan aniqlanadi. Zamonaviy korporatsiya-larda real
iqtisodiy hokimiyat kapital egalariga emas va hatto menejerlarga ham
emas, balki texnologik bilim egalari – texno-strukturaga tegishli bo’ladi.
Texnostruktura vakillari ishlab chiqarish to’g’risida o’ziga xos
professional bilimga va qaror qabul qilish uchun zarur bo’lgan
axborotlarga ega. Albatta, rasmiy ji-hatdan muhim qarorlar, qoidaga
ko’ra, kompaniyaning etakchi menejerlari – direktor va uning
o’rinbosarlarining alohida huquqi hisoblanadi.
Lekin barcha qarorlarni
qabul qilish deyarli 100 foiz axborotlarga bog’liq. Axborotlar esa
texnostruktura «nazorati» ostida bo’ladi.
Texnostrukturaning hukmronlik qilish sababini J.K. Gelb-reyt
tarixiy o’xshashlik nuqtai nazaridan asoslab berishga harakat qiladi.
Industrial jamiyatgacha bo’lgan davrda asosiy ishlab chi-qarish omili
er
hisoblangan, negaki u ancha noyob resurs sifatida bo’lgan. Shuning
uchun real hokimiyat er egalariga qarashli bo’lgan. Buyuk geografik
kashfiyotlar va sanoat to’ntarilishi natijasida er resurslari o’zining
noyoblik xususiyatini yo’qotadi va ishlab chiqarishning hal qiluvchi
omili
kapital kelib chiqadi. Hokimiyat kapital egalari qo’liga o’tadi.
Zamonaviy jamiyatda eng noyob resurs –
axborot,
fan-texnika bilimi.
Shuning uchun real hokimiyat texnostruktura qo’lida.
T.Veblen o’z nazariyasida, texnokratiya
jamiyatda oldingi
qatorlarda bo’lish kerak deb aytgan bo’lsa, J.K. Gelbreyt esa, u amalga
oshirildi deb tasdiqlaydi.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining barcha eng muhim hodi-
salarini J.K.Gelbreyt zamonaviy texnika taraqqiyotining to’g’ri-dan-
to’g’ri va bevosita natijasi deb tushuntiradi. Texnika va texnologiya,
49
uning fikriga ko’ra, hozirgi zamon kapitalizmi uchun xarakterli bo’lgan
yangi iqtisodiy belgilarni vujudga keltiradi. Ulardan eng muhimi
rejalashtirishdir. Korporatsiyalarni boshqa-ruvchi texnostruktura
ularning ish faoliyatini bir necha yil oldinga rejalashtiradi. Rejalashtirish
va bitimlar tizimi (xom ashyo, asbob ukunalar,
ilmiy va konstruktorlik
ishlamalarni etka-zib berish bo’yicha) barqarorlikni keltirib chiqaradi,
raqobatni esa bartaraf etadi. Chunki reja raqobat bilan unchalik
«chiqisha olmaydi». Shuning uchun hozirgi zamon iqtisodiyotida
muttasil va har tomonlama korporatsiyalararo shartnomalar tuzuladiki,
ular bozorning boshqarilib turilishini, barqaror bo’lishini ta’min-laydi.
Stixiyali bozor va erkin raqobat faqat darsliklarda qolib ketadi,
zamonaviy rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti esa, uzoq
muddatli
rejalashtirish asosida texnostruktura bilan boshqari-lib turiladi.
J.K. Gelbreyt o’zining keyingi asarlarida texnostrukturaga nisbatan
tanqidiy fikrlarni bildirgan. U texnostrukturani «bo-zor tizimini»
ekspluatatsiya qilishda (mayda va o’rta biznesni), davlat amaldorlari
bilan qo’shilib ketishda, qurollanish ketidan quvishda, tabiiy
resurslardan foydalanishdagi isrofgarchilikda, bozorga ta’sir
ko’rsatishning monopolistik uslublarini qo’llash-da aybladi. Yirik
korporatsiyalar davlat mashinasi bilan uzviy bog’langan va
undan naf
ko’radi: qulay buyurtmalarni va soliq imtiyozlarini oladi, raqobat
kurashida siyosiy mexanizmlardan foydalanadi. J.K. Gelbreyt davlat va
jamiyat tomonidan texno-struktura faoliyati tartibga solinib turilishini
qayd qilib o’tadi.
U, shuningdek, mayda va o’rta tadbirkorlikni va ijtimoiy
texnostrukturani (uy-joy qurilishini, ijtimoiy transportni,
tibbiy xizmatni,
qishloq xo’jaligini, san’atni) davlatning qo’l-lab quvvatlashini talab qilib
chiqdi. «Bozor tizimida» bahoni va ish haqini bevosita tartiblash, uning
fikricha, tadbirkorlarda va ishchilarda kelgusidagi baho va daromadlarga
bo’lgan ishonchini uyg’otadi. Bu ishlab chiqarish va xususiy
investitsiyalarning bar-qarorlashuviga olib keladi. Davlatning
aralashuvi, eng avvalo, «bozor tizimi» zarar ko’radigan
inflyatsiyani
to’xtatish uchun ham zarur. Hukumat korporatsiyalar bilan nufuzli
kasaba uyushma-larining o’zaro ta’sir ko’rsatish jarayoniga aralashuvi
va yirik biznesdagi baho va mehnat haqi darajasini bevosita nazorat qilib
turishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: