Zamonaviy iqtisodiy


I.Karimovning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasida iqtisodiy



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/88
Sana29.12.2021
Hajmi0,68 Mb.
#74902
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Bog'liq
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar a3c88

I.Karimovning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasida iqtisodiy 
islohotlar strategiyasi. 
 
 
 I.Karimovning O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish 
kontseptsiyasida iqtisodiy islohotlar strategiyasi ko’rsatib, iqtisodiyotni 
isloh qilishda strategik maqsadlar belgilab berildi. Ular umumiy tarzda 
quyidagicha tavsiflanadi.  
1. ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma – bosqich 
shakillantirish; 
2. ko’p ukladli iqtisodiyotni yaratish; 
3. erkin iqtisodiy faoliyat yuritish, unga davlatning bevosita 
aralashuvidan voz kechish; 
4. iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydigan 
chuqur strukturali o’zgarishlar qilish; 
5. kishilarda yangicha fikrlashni shakllantirish. 
 
Strategik maqsadlarni izchillik bilan amalga oshirish islohotlarning 
har bir bosqichidagi aniq vazifalarni, ularni hal qilish yo’llarini belgilab 
olish zarurligini keltirib chiqaradi. 
        Birinchi  bosqichda,  I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek, ikkita 
muhim vazifani birdaniga hal qilishga to’g’ri keldi: 
−  totalitar tizimning og’ir oqibatlarini engish, tanglikka barham 
berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish; 
                                      
6
 И.Каримов Ўзбекистон XXI аср бўсағасида. Т.: “Ўзбекистон 1997, 188-189 бетлар.” 
 
104


−  respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga 
olgan holda bozor munosabatlarining negizini shakillantirish.
7
 
Ushbu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh 
qilishning muhim yo’nalishlari aniqlab berildi.  
  Birinchidan, o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakillantirish, 
islohotlarning qonuniy – huquqiy negizini mustahkamlash; 
Ikkinchidan, mahalliy sanoat, savdo, maishiy hizmat korxonalarini, 
uy - joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo’jaligida va xalq 
xo’jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini 
vujudga keltirish; 
Uchinchidan, ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham 
berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash. 
  Birinchi bosqichda I.Karimov ko’rsatib bergan ushbu muhim 
yo’nalishlardagi vazifalar sifatli bajarildi. Mazkur bosqichda bozor 
iqtisodiy munosabatlarini shakllantirishning huquqiy negizi yaratildi, 
turli sohalarda har xil mulk shakllari shakllantirildi, kichik 
xususiylashtirish amalda tugatildi, narxlar erkinlashtirildi, bozor 
infratuzilmasining asosiy qirralari shakllantirildi, iqtisodiy va moliyaviy 
barqarorlikka erishildi.  
  Mamlakatda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida iqtisodiy va 
ijtimoiy sohada yuz bergan tub o’zgarishlar islohotlarning ikkinchi sifat 
bosqichiga o’tish uchun mustahkam shart – sharoit yaratdi. Shu bilan 
birga islohotlarning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning 
asosiy maqsad va vazifalarini aniq belgilab olish imkonini berdi. 
Ikkinchi bosqichda I.A.Karimovning “O’zbekiston iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida” asarida asosiy maqsad qilib 
qo’yilgan vazifalar, xususan, xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini 
shakillantirish jarayonlarini chuqurlashtirish, makroiqtisodiy 
barqarorlikka erishish, milliy valyutani mustahkamlash, iqtisodiyot 
strukturasini tubdan o’zgartirish chora – tadbirlari amalga oshirildi. 
  Mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy taraqqiyotida erishilgan yutuqlar o’z 
o’zicha, osonlik bilan qo’lga kiritilgani yo’q. Ular mamlakatning barcha 
sohalarini tubdan isloh qilish va yangilash bo’yicha amalga oshirilgan 
ko’p yillik mashaqatli va murakkab ishlarning mantiqiy natijasi, 
iqtisodiyotni izchil va barqaror rivojlantirishning amaliy namoyoni. 
Ularni raqamlar bilan ifodalasak, solishtirma narxlarda olib qaraganda, 
2000 yilga nisbatan 2006 yilda iqtisodiy o’sish 45 foizni tashkil etdi, 
                                      
7 И.Каримов. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. Т.: “Ўзбекистон”, 1995, 
19 бет  
 
105


bunda sanoat ishlab chiqarishi 1,6 marta, qishloq xo’jaligi 1,5 barobar, 
tashqi savdo aylanmasi 1,7 marta, eksport hajmi 1,9, real ish haqi esa 4 
marta oshdi. 
  Shunisi diqqatga sazovarki, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan 
o’sishi an’anaviy xom ashyo tarmoqlari hisobidan emas, jahon 
bozoridagi qulay kon’yunktura va ayrim xom ashyo turlari hamda 
materiallar narxining yuqoriligi hisobidan emas, balki birinchi navbatda 
raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda zamonaviy 
hizmat ko’rsatish sohalarini jadal rivojlantirishni belgilab beradigan 
jiddiy tarkibiy o’zgarishlar evaziga ta’minlandi. 
 
Masalan, 2006 yil 
sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000 yildagi 14,2 foiz 
o’rniga 22,1 foizni, xizmat ko’rsatish sohasining ulushi 39,5 foizni 
tashkil etdi. Qishloq xo’jaligida esa bu ko’rsatkich 32 foizdan 24 foizga 
tushdi.  
  Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, iqtisodiy islohotlar 
strategiyasi, ya’ni uzoq istiqbolli maqsadlarning amalga oshirilishi joriy 
vazifalarning sifatli bajarilishini ta’minlabgina qolmay, balki strategik 
maqsadlarning mohiyatini ifodalovchi pirovard maqsad – aholining 
farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor 
iqtisodiyotining shakllanishini ham ta’minlaydi.  

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish