Zamonaviy geodezik asboblar va texnologiyalar yordamida gat uchun ma’lumotlar olish reja



Download 28,04 Kb.
bet1/4
Sana11.07.2022
Hajmi28,04 Kb.
#775414
  1   2   3   4
Bog'liq
Zamonaviy geodezik asboblar va texnologiyalar yordamida gat uchu


Zamonaviy geodezik asboblar va texnologiyalar yordamida GAT uchun ma’lumotlar olish
REJA:
1. Elektron taxeometriya mohiyati
2. Elektron taxeometrlar
3. Smart Station Leica sistemasi


Elektron taxeometriya mohiyati
Yer usti s’yomkalari orasida taxeometrik s’yomka asosan relefi o‘ziga xos bo‘lgan tor enli cho‘ziq yer uchastkalari, masalan, yo‘llar, quvuro‘tkazgichlar va boshqa chiziqli inshootlar trassasi bo‘ylab joyning yirik masshtabli planini tuzish uchun asosiy s’yomka turi hisoblanadi. Elektron taxeometrlar paydo bo‘lishi bilan bu s’yomka katta maydonlarning raqamli modelini tuzishda asosiy s’yomka turiga aylandi va taxeometrik s’yomkani to‘liq yoki qisman avtomatlashtirish imkonini berdi, ya’ni elektron taxeometriya yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Elektron taxeometr burchak o‘lchash jarayonini boshqarish va nazorat qilish bloki, dalnomer bloki, mikro EHM, indikator moslama va quvvatlash blokining to‘plami hisoblanadi. Elektron hisoblashlar bilan taxeometrlarning burchak o‘lchash qismi asosini to‘planuvchi yoki pozitsion turdagi datchiklar tashkil etadi. Elektron taxeometrlar topografik s’yomkalardan tashqari qurilish maydonchalarida, gidromeliorativ va gidrotexnik inshootlarni qurishda, kadastr ishlarini yuritishda va boshqa muhandislik-geodezik ishlarda keng qo‘llanadi.
Elektron taxeometrlar takomillashtirilishining asosiy bosqichlari quyidagilardir:
• XX asrning 70-yillari – mikroprotsessor bilan jihozlangan, qutbiy koordinatalar sistemasida chiziq-burchak o‘lchashlarini bajarishga mo‘ljallangan birinchi avlod taxeometrlarini yaratish;
• 80-yillar – o‘lchash natijalariga tasodifiy va sistematik xatolar hamda tashqi muhit ta’sirini kamaytirish imkonini yaratuvchi korreksiyalovchi taxeometrlarni ishlab chiqish;
• 90- va keyingi yillar – videotaxeometr asosida vizirlash nuqtasiga avtomatik qaratish va uzunliklarni qaytargichsiz o‘lchash moslamalari, yuqori aniqlikda chiziq-burchak o‘lchashlarini bajarish, EHM bazasida majmuaviy bog‘langan o‘lchash sistemasiga ikkita taxeometrni birlashtirish va h.k.
Elektron taxeometriya usuli orqali topografik va kadastr s’yomkalar bajarish, yer uchastkalari chegaralarini o‘rnatish ishlarini amalga oshirish texnologik jarayoni quyidagicha:
1. Tayyorgarlik ishlari bosqichida asbobdan foydalanish yo‘riqnomasiga ko‘ra elektron taxeometrning majmuaviy tekshirishlari amalga oshiriladi, zaruriyat tug‘ilgan holda tuzatishlar kiritiladi, asbobning komplektatsiyasi ko‘zdan kechiriladi.
2. Ish ob’ektining rekognossirovka bosqichida davlat geodezik tarmoqlari va zichlash geodezik tarmoqlari punktlarining holatlari, boshlang‘ich punktlar, planli asos nuqtalari sifatida ularni qo‘llash imkoniyati baholanadi va ushbu punktlarda elektron taxeometrlarda kuzatishlarni olib borish sharoitlari ko‘rib chiqiladi.
3. Elektron taxeometrlar yordamida s’yomka asos tarmoqlarini rivojlantirish bosqichida s’yomka qilinishi kerak bo‘lgan barcha ob’ektlar va tafsilotlar, marza belgilari o‘rinlarini aniqlashni ta’minlay oladigan zichlikda geodezik asos zichlashtiriladi.

Download 28,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish