Zamonaviy gat texnologiyalaridan foydalanib ekologiya xaritalarni yaratish va tahlil qilish reja



Download 277,48 Kb.
bet2/6
Sana20.03.2022
Hajmi277,48 Kb.
#504330
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zamonaviy GAT texnologiyalaridan foydalanib ekologiya xaritalarni yaratish va tahlil qilish

1 rasm. Geoaxborot tizimining umumiy koʻrinishi
Oʻzbekistonda 1991–1992-yillarda Oʻzdavgeologqoʻmita fondi tomonidan Markaziy Qizilqumning 1:50000 masshtabli kartografik ma’lumotlar bazasini yaratishni oʻz ichiga olgan geoaxborot tizimi tuzilgan edi. 1996–1999-yillarda „GGP-Qiziltepageologiya” ekspeditsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri uchun 1:25000 masshtabda, Fargʻona vodiysi uchun 1:200000 masshtabda va Oʻzbekiston uchun 1:1000000 masshtabdagi raqamli kartalari geoekologik GAT loyihasi uchun; 1997–1998-yillarda esa Oʻzbekistonning 1:1000000 va Toshkentning 1:25000 masshtabli raqamli kartalari tuzildi. Hozirgi kunga kelib Toshkent shahrining 1:2000 masshtabli raqamli kartalari Markaziy Aerogeodeziya davlat unitar korxonasi (MADUK) tomonidan toʻliq tuzib boʻlindi. MADUK va Koreya Respublikasining KOICA agentligi oʻrtasida “Oʻzbekiston Respublikasida geoaxborot tizimini yaratish” loyihasi 2006-yil avgust oyida ishga tushdi. Bu loyiha doirasida Toshkent shahri va Toshkent viloyati boʻyicha geoaxborot tizimi va ma’lumotlar bazasini tuzish kelishilgan. Albatta, geoaxborot tizimini tuzish juda katta mablagʻ va kuch talab etadi. Bunda esa imtiyozli xalqaro kreditlarning oʻrni katta. OʻzGASHKLITI da qisman Toshkent shahrining geoaxborot tizimi asosidagi raqamli kartasi tuzilgan. Hozirda Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Rivojlanish Dasturi" loyihasi doirasida ham Oʻzbekiston Respublikasida geoaxborot tizimini yaratish boʻyicha ishlar boshlangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-sentabrdagi “Milliy geografik axborot tizimini yaratish” investitsiya loyihasini amalga oshirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2045-sonli qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida joriy qilinadigan, asosiy iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyat sohalari axborotini qamrab oladigan hamda quyidagilarni Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 9 oʻz ichiga oluvchi funksional avtomatlashtirilgan kompleks axborot tizimi – Milliy geografik axborot tizimini yaratish va rivojlantirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Milliy geografik axborot tizimi (MGAT) yagona tizimga integratsiyalanadigan, vazirlik va idoralar tomonidan ularning vakolatlari va vakolatlarning tarmoqlar boʻyicha taqsimlanishidan kelib chiqib yaratiladigan axborot resurslari kompleksini oʻzida aks ettiradi.
Geoaxborot tizimining umumiy tushunchalari.
Geografik axborot tizimi yer yuzidagi obyektlar, jumladan, binolar, shaharlar, yoʻllar, daryolar, davlatlarni kompyuter orqali tasvirlashga yordam beradi. Hozirda bu tizimni insoniyat faoliyati va dunyoda boʻlayotgan oʻzgarishlar, voqea-hodisalarni tasvirlash, tahlil qilish, muammoli vaziyatlarni aniqlash va ularni tushunish uchun qoʻllab kelmoqdalar. Kartalar orqali tasvirlab berilgan tahliliy muammolar insonga har xil sonlar, diagrammalardan koʻra vizual ravishda samaraliroq tushunishga yordam bermoqda. Buning sababi, hozirda GAT orqali vizual koʻrinishda biror-bir muammoni tasvirlashda juda koʻplab usullardan foydalanilmoqda. Bu usullar jumlasiga turli ranglar, uch oʻlchamli koʻrinishlar, vektorli tasvirlash kiradi va bu, oʻz navbatida, matnlar yoki sonlar orqali tushunish qiyin boʻlgan jihatlarni ochib beradi. Shuning uchun ushbu tizim texnologik tizimlar turkumidan boʻlsa-da, ijtimoiy, iqtisodiy va sogʻliqni saqlash sohalarida ham keng qoʻllanila boshladi. Hozirgi kunda geoaxborot tizimining ilmiy asoslari keng koʻlamda oʻrganilmoqda va endilikda kartalar orqali tasvirlash geografik bilimlar sohasida isbotlangan usullardan biriga aylandi. Agar biron-bir sohaga oid muammolarni tushunishga va ularning yechimini izlashga kirishadigan boʻlsak, endilikda darhol oʻsha muammoning raqamli kartasini ishlab chiqishimiz , muammoning koʻlamini baholash orqali yechimlar izlashimiz va shunga yarasha qarorlar qabul qilishimiz mumkin boʻladi.
Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan atamalar.
Ushbu oʻquv qoʻllanmada GATda qoʻllaniladigan ba’zi atamalar keltirib oʻtiladi va foydalanuvchiga tushunarli boʻlishi uchun quyida ularning ma’nolari va qisqartmalari toʻgʻrisida bir qator ma’lumotlar beramiz.
Karta (ingl. map, chart; grek. chartes – varaq ma’nosini bildiradi) yer yuzi va uning ayrim katta qismining sferik yuzasiga tushirilgan proyek-siyasining qogʻozdagi kichraytirilgan tasviridir. Karta ma’lum kartografik proyeksiya yoki zonal tizimdagi toʻgʻri burchakli koordinatada tuziladi.
Nomenklatura deb topografik kartalarni varaqlarga boʻlish hamda bu varaqlarni belgilash, ya’ni ularga nom berish tizimiga aytiladi. Raqamli karta (numerical, digital map) – kartalarni proyeksiyalashda, koordinata va balandlik sistemasini aniqlashda qabul qilingan kartografik genera-lizatsiyalash qonunlari asosida tashkil etilgan yuzaning raqamli modeli, boshqacha aytganda, raqamli kartografik ma’lumot. Raqamli karta kartografiyalash, karta aniqligi, generalizatsiya, shartli belgilar tizimining barcha me’yorlari va qoidalari asosida yaratiladi. Raqamli karta oddiy qogʻozli, kompyuter va elektron karta yaratishda asos boʻlib xizmat qiladi va kartografik ma’lumotlar bazasi tarkibiga kiradi. Shu bilan birga, u GAT axborot ta’minotining muhim elementlaridan hisoblanib, bir vaqtning oʻzida GAT jarayonlarining natijasi ham boʻlishi mumkin.
Kompyuter kartasi – bu avtomatlashgan kartografiyalashning vositalari (grafoqurilma, plotter, printer, digitayzer yordamida qogʻozda, plastic-da, fotoplyonkadagi tasvir) yordamida grafik qurilmada chiqarilgan karta turidir.
GAT texnologiyalari – bu GATning funksional imkoniyat-larini amalga oshirishga yordam beruvchi va uni yaratuvchi texnologik asosdir.
Geoaxborot tahlili – geomodellashtirish va fazoviy tahlil usullarini qoʻllagan holda obyekt va hodisalarning joylashuvi, tuzilishi va oʻzaro bogʻliqligini tahlil qiluvchi boʻlim.
Geoinformatika – ilmiy, texnologik va ishlab chiqarish faoliyati boʻlib:
 ilmiy asoslash va loyihalashda GATni yaratish, ekspluatatsiya qilish va foydalanish;
 geoaxborot texnologiyalarini ishlab chiqish;
 amaliy jihatdan GAT dasturlarining amaliy va geoilmiy maqsadlarini oʻz ichiga oladi.

2-rasm. Mavzuli geoaxborot tizimi kartasi


Download 277,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish