Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH 
(BOSHLANG‘ICH) 
Xalilova Gulshan Izzatullayevna 
Kogon 1-maktab boshlangich sinf o`qituvchisi 
 
Sifatli  ta’lim  poydevori  boshlang‘ich  sinflarda  mustahkamlanadi.  Ko‘p  yillik  tajribalar  asosida 
isbotlanib,  ta’limda  aksioma  maqomini  olgan  bu  ibora  zamirida  eng  avvalo,  o‘qituvchi  mahorati  va 
pedagoglik  salohiyati,  kasbiy  malakasi  ham  muhim  o‘rin  tutishi  sir  emas.  Ustoz  qanchalar  bilimdon  va 
mahoratli bo‘lsa, o‘quvchilar puxta bilim va tarbiya olishaveradi. Ta’lim sifatini oshirishda sinfdan tashqari 
tarbiyaviy ishlar alohida o‘rin tutadi. 
O‘quvchilar  o‘quv  materialining  asosiy  mazmunini  sinfda  dars  davomida  o‘zlashtirib  oladilar, 
albatta.  Biroq,  o‘quvchilarning  fan  dasturi  yuzasidan  o‘rganishi  zarur    bo‘lgan  bilim  va  malakalarning 
hammasini ham sinf-dars mashg‘ulotlari doirasiga sig‘dirib bo‘lmaydi. Buning ustiga tarixiy bilimlar, ilmiy 
va siyosiy ma’lumotlar hajmi tez kengayib, muttasil oshib borayotgan sharoitda o‘quvchilar o‘z bilimlarini 
tinmay to‘ldira borishlari uchun sinfdan tashqari ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘yish g‘oyat zarurdir. 
Metodist V.N. Bernadskiy sinfdan tashqari ishlar turkumiga bilish manbalarini asos qilib olib, ularni 
quyidagi  turlarga  bo‘ladi.  Ma’lumki,  o‘quvchilar  faqat  darslikni  o‘qish  bilangina  chegaralanib  qolsa, 
ularning  bilim  doirasi  va  tasavvurlari  tor  bo‘lib  qoladi.  Shuni  e’tiborga  olib  V.N.Bernadskiy  sinfdan 
tashqari ishlarning asosiy ko‘rinishi sifatida qo‘shimcha o‘qishni tavsiya etadi. 
Qo‘shimcha kitob o‘qish. U o‘qiladigan kitoblarni uch guruhga bo‘ladi: a) ilmiy- ommabop kitoblar, 
b) tarixiy belletristika, v) badiiy adabiyot. 
Qo‘shimcha suratlar ko‘rish. 
Jamoa bo‘lib teatr va kinolarga borish hamda ularni birgalikda muhokama qilish. 
Ijodiy kechalar uyushtirish. 
Sahna ko‘rinishlari yoki pesalar qo‘yish. 
Maktab tarixiy ko‘rgazmalarini tashkil etish. 
Olisdagi  tarixiy  joylarga  ekskursiyalar  uyushtirish.  V.N.Bernadskiy  fikricha,  o‘quvchilar  sinfdan 
tashqari qo‘shimcha kitob o‘qib, filmlar ko‘rib, radio, ma’ruzalar eshitib olgan bilimlari va tasavvurlarini 
amaliy faoliyat bilan qo‘shib olib borgandagina ko‘zlangan maqsadga erishadi — mustaqillikni, tashabbus 
va  ijodiy  ishlash  qobiliyatini  o‘stira  oladi.  Keyingi  10–15  yil  ichida  sinfdan  tashqari  ishlar  ko‘lami 
kengaydi, mazmunan boyidi, ko‘rinishlari ko‘paydi. Bu ishlarning nazariy tomonlari ham ishlab chiqildi. 


 
88 
 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o‘ziga xos xususiyatlari bilan mashg‘ulotlardan farq qiladi. Bu 
ish  ixtiyoriy  xarakterga  ega  bo‘lib,  o‘quvchilar  o‘z  qiziqishlariga  va  layoqatlariga  qarab  turli  xil 
to‘garaklarga qatnashadilar, darsdan tashqari vaqtda o‘tkaziladigan oilaviy va individual ishlarga ham o‘z 
istaklari  bilan  ishtirok  etadilar.  Sinfdan  tashqari  ishlarning  turlari  va  shakllari  xilma-xil  bo‘lib,  har  bir 
maktab  bu  ishga  istesnosiz,  hamma  o‘quvchilarni  tortishi  talab  etiladi.  Sinfdan  va  maktabdan  tashqari 
ishlarning mazmuni va formasi asosan o‘quvchilarning qiziqishlariga, talablariga hamda ularning shaxsiy 
xohishlariga  va  mahalliy  sharoitlariga  bog‘liq  holda  amalga  oshiriladi.  Sinfdan  va  maktabdan  tashqari 
ishlarning asosiy vazifasidan biri - o‘quvchilar hayotini zavqli, sermazmun va madaniy qilish, ularni jamoa 
bo‘lib yashashga va ishlashga o‘rgatishdan iborat. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning shakllari: 
a)  og‘zaki  ish  usullari  ma’ruzalar,  dokladlar,  munozaralar,  uchrashuvlar,  savol-javob  kechalari, 
bahslar va x.k.); 
b)  amaliy  ish  usullari:  ekskursiyalar,  sport  musobaqalari,  olimpiadalar,  tanlovlar  va  o‘quvchilar 
faollari bilan olib boriladigan ishlar, mohir qo‘llar, texnika ijodi, yosh texniklar to‘garaklari va boshqalar; 
v)  ko‘rgazmali  ish  usullari:  maktab  muzeylari,  mehnat  qahramonlari  galereyasi,  badiiy  ijod 
ko‘rgazmalari va boshqalar. 
Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari bo‘lib, ular quyidagilarga bo‘linadi: 
jamoaviy ishlar-o‘quvchilar orasida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan, 
suhbatlar, uchrashuvlar, ma’ruzalarga bag‘ishlangan adabiy-badiiy yig‘ilishlar. 
Madaniy-badiiy  tadbirlar:  –  adabiy  kechalar,  spektakllar,  badiiy  havaskorlik  kechalari,  o‘tkir 
zehnlilar tortishuvlari va boshqalar 
Guruhli ishlar: Bunda o‘qituvchi sinfdan tashqari o‘quvchilarning ma’lum bir guruhi bilan tarbiyaviy 
ishlar va tadbirlarni o‘tkazishi mumkin. 
Individual  yakka  tartibdagi  ishlar:  bunda  o‘qituvchi  yoki  tarbiyachi  o‘quvchining  individual  yosh 
xususiyatlariga qarab ish tutadi. Masalan: tortinchoq, passiv o‘quvchilar har bir sinfda ham uchraydi. 
Sinfdan  tashqari  ishlar  —  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktabi  o‘quv  tarbiyaviy  ishining  tarkibiy  qismi, 
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarni barkamol 
shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlaщda keng imkoniyatlar  yaratadi.  Sinfdan  tashqari  
ishlarga    o‘quvchilar    bilan  o‘tkaziladigan  va    ularga  tarbiya  hamda  bilim  berishga  qaratilgan  turli  xil 
mashg‘ulotlar  tizimi  kiradi.  Bunday  mashg‘ulotlar  pedagogik  jamoa,  sinf  rahbari,  yoshlar  tashkilotlari 
rahbarligi  va  bolalarning  o‘z-o‘zini  boshqarish  tashkilotlari  tomonidan  darsdan  tashqari  vaqtda 
uyushtiriladi. O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o‘quvchilar saroylari, yosh texniklar, 
yosh tabiatshunoslar, yosh sayyoxlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi.. 
Tarbiyaviy  ishlar  sistemasida  maktab  va  maktabdan  tashqari  muassasalari,  jamoatchilik,  mahalla 
qo‘mitalari va oqsoqollari bilan o‘zaro hamkorlik qilishi ijtimoiy va pedagogik jihatdan muhim ahamiyatga 
egadir. 
Ko‘rinib turibdiki, sinfdan tashqari ishlarning ko‘rinishlari turli-tuman, mazmuni boy, hatto maktab 
tarix kursining mavzusidan chetga chiqishi ham mumkin. Shuni aytish kerakki, sinfdan tashqari ishlarning 
mazmuni qanchalik boy va turli- tuman ko‘rinishlarda olib borilmasin, ular bir maqsadga: ta’lim-tarbiya 
vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. 
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda va ularni kompleks hal etishda maktablardagi, gimnaziya, kollej 
va litseylardagi ma’naviy va ma’rifiy ishlar tashkilotchisi ham alohida o‘rin egallaydi. Uning bolalar ta’lim-
tarbiya muassasalari, sinf rahbarlari,  va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi alohida ahamiyatga 
ega. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o‘quvchilardagi fanga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni 
darsda  olgan  bilimlarini  to‘ldiruvchi  va  chukurlashtiruvchi,  malaka,  ko‘nikma  va  kompetensiyalar  bilan 
qurollantirishdan iborat. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish