Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


O‘QUVCHINI JISMONIY TARBIYALASHDA UZLUKSIZLIK VA UZVIYLIK



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

O‘QUVCHINI JISMONIY TARBIYALASHDA UZLUKSIZLIK VA UZVIYLIK 
Toshov Murod Xalilovich
  
Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchisi 
 
Har  bir  pedegogik  jarayonning  asosini  uzviylik  va  uzluksizlik  tashkil  etadi.  O‘qitish  yoki  tarbiyalash 
jarayonlari  mazkur  tamoyillar  negizida  o‘z  mazmunini  yanada  mukammal  boyitib  boradi.  Jumladan, 
pedagogikaning  bir  qismi  hisoblangan  jismoniy  tarbiya  va  sport  ham  uzluksizlik,  uzviylik  va  izchillik  kabi 
tamoyillar negizida amalga oshirishni taqozo etadi. 
Jismoniy tarbiya va sport sohasi amaliy va nazariy jihatlari bilan ajralib turadi. Bu esa sohani amalga 
oshirishda  yuqorida  aytib  o‘tilgan  uzluksizlik  va  uzviylik  tamoymillari  qo‘llanilishini  ko‘rsatadi.  Jismoniy 
tarbiya va sportda amaliy bilimlar, ko‘nikma va malakalarning shakllanishi uzluksizlik va uzviylikni talab etadi. 
Respublikada 2000 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan va dunyoda yagona hisoblangan uch bosqichli 
sport  musobaqalari  tizimi  –  «Umid  nihollari»,  «Barkamol  avlod»  va  Universiada  sport  musobaqalari  aynan 
ta’lim  tizim  hamda  jismoniy  tarbiya  va  sport  sohalarining  uyg‘unlashtirilgan,  bir-biriga  yo‘g‘rilgan  shakli 
hisoblanadi.  «Milliy  model»  nomini  olgan  mazkur  sport  musobaqalari  tizimi  ta’lim  tizimining  uchta  asosiy 
bosqichini qamrab oladi, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim bosqichlarini. 
O‘quvchi va talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida mazkur sport musobaqalariga tayyorlanadilar. Sport bilimlari 
oshishi, ko‘nikma va malakalarning shakllanishi asnosida o‘quvchi va talab yoshlarning salomatlik darajasi ham 
yaxshilanib boradi. Ular orasida sog‘lom turmush tarzi shakllanadi. 
Respublikamizda  aholi  salomatlik  darajasini  aniqlash  va  oshirish  masalasi  hukumatimizning  doimiy 
diqqat e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Bu o‘rinda aholining barcha qatlamlari, xususan, ta’lim tizimini ham qamrab 
oluvchi «Alpomish» va «Barchinoy» test me’yorlari alohida ahamiyatga ega. Ushbu test me’yorlari O‘zbekiston 
Respublikasi aholisining 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan qatlamini o‘z ichiga oladi. Mazkur test me’yorlari 
ham ta’lim tizimidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashda katta ahmiyatga egaligi bilan ajralib turadi. 
Yuqorida aytilgan sport musobaqalari va test me’yorlaridan tashqari jismoniy tarbiya darslari va darsdan 
tashqari sport to‘garaklari ham o‘ziga xos o‘ringa ega. Umumta’lim maktablari, Akademik litsey va ksb-hunar 
kollejlari hamda oliy  ta’lim  muassasalarida jismoniy  tarbiya  darslari  DTS asosida o‘qitilib  kelinayotganligi, 
darsdan  tashqari  sport  to‘garaklarining  tashkil  qilinganligi  jismoniy  tarbiya  va  sportdagi  uzluksizlik  hamda 
uzviylikning amaliy ifodasidir. 


 
287 
 
Yoshlarning sportga qiziqishlari ortishi, salomatlik darajasi yaxshilanib borishida ta’lim tizimiga jismoniy 
tarbiya va sport chuqur kirib borganligining natijasi, deb tushunish mumkin. Ta’lim tizimida jismoniy tarbiya 
va sport harakatini aniq tasavvur qilish uchun quyidagi rasmni misol tariqasida keltirish mumkin. 
Umuman,  jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasi  amaliy  xarakterda  ekanligi,  doimiy  mashg‘ulotlar  va 
shug‘ullanishlar natijasida rivojlanishi bilan ajralib turadi. Shu sababli sohani rivojlantirish, uni yanada yuqori 
bosqichlarga olib chiqish yuqorida aytilganidek uzviylik va uzluksizlik asosida amalga oshadi. 
Hozirda  ko‘pgina  mutaxassislar,  yetakchi  olimlar  jismoniy  tarbiya  darslarini,  xususan,  umumta’lim 
maktablarida tashkil qilinayotgan jismoniy tarbiya darslarini yanada takomillashtirish masalasi ustida tadqiqotlar 
olib bormoqdalar. Ma’lumotlarga ko‘ra jismoniy tarbiya darslari o‘quvchilarning harakatga ehtiyojining 10 – 11 
%ini  qondirar  ekan.  Shunga  ko‘ra  aytib  o‘tish  kerakki,  o‘quvchilarning  harakatga  ehtiyojini  to‘la  qondirish 
maktab va sinfdan tashqari jismoniy tarbiya ishlari orqali amalga oshiriladi. 
O‘quvchi  hamda  talaba  yoshlarni  jismoniy  tarbiya  va  sportga  yanada  qiziqtirish,  ularni  sport 
mashg‘ulotlariga keng jalb etish mazkur sohada uzluksizlik va uzviylikning mazmunini tashkil etadi. Ushbu 
jarayonlarni tizimli yondashuvlar asosida, maqsadli tarzda amalga oshirish samardorligi yuqori hisoblanadi. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish