Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


INFORMATIKA FANINI HOZIRGI KUNDAGI O’RNI VA AHAMIYATI. PISA



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

INFORMATIKA FANINI HOZIRGI KUNDAGI O’RNI VA AHAMIYATI. PISA 
XALQARO TA’LIM SIFATINING BAHOLASHDAGI O’RNI 
Xudayberganova G. K. 
Urganch shahar 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining informatika fani o'qituvchisi 
 
“Mamlakatimiz  o’z  taraqqiyotining  yangi  davriga  qadam  qo’ygan  hozirgi  kunda  O’zbekiston 
Respublikasini 2017 – 2021 – yillarda rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo’nalishi  bo’yicha Harakatlar 
strategiyasi  asosida    barcha    sohalarda    keng  ko’lamli  o’zgarishlar  amalga    oshirilmoqda.    Ana  shu 
islohotlarning  muvaffaqiyati,  mamlakatimizning  dunyodagi  rivojlangan,  zamonaviy davlatlar qatoridan 
munosib o’rin egallashi, avvalo, ilm – fan va ta’lim – tarbiya sohasining  rivoji  bilan, bu borada bizning 
dunyo miqyosida raqobatdosh bo’la olishimiz bilan uzviy bog’liq…” 
Milliy  markazga  hukumat  qarori  asosida,  xalqaro  tadqiqotlarning  baholash  dasturlari 
yo’nalishlaridagi savollar milliy bazasini shakllantirish, xalqaro tadqiqotlar  haqida  qo’shimcha metodik 
qo’llanma va adabiyotlar yaratish, iqtidorli pedagog kadrlarni xalqaro baholash dasturlari bo’yicha ilmiy 
tadqiqotlarga jalb qilish vazifalari yuklatildi. Ta’lim sifatini baholashga yo’naltirilgan PISA kabi baholash 
dasturlari O’zbekiston ta’lim tizimi uchun ilk marta o’tkazilayotganligi sabab  ularni shaffof va obyektiv 
o’tkazish soha xodimlari  zimmasiga  yuksak mas’uliyat  yuklaydi. Bu  borada pedagog kadrlarning xalqaro 
tadqiqotlar haqidagi tasavvurlarini boyitish, shu orqali ta’lim sifatini oshirishga hissa qo’shish maqsadida 
metodik qo’llanmalar tayyorlandi. 
PISA  –  o’quvchilarning  o’qish  (  matnni  tushunish),  matematika  va  tabiiy  fanlardan  savodxonlik 
darajalarini  baholashga  qaratilgan  xalqaro  baholash  dasturi  bo’lib,  o’quvchilarning  maktab  davrida 
orttirgan  bilim  va  ko’nikmalarini  real  hayotiy  vaziyatlarda  qay  darajada  qo’llay  olishlarini  aniqlashga 
mo’ljallangan.  Shuningdek,  PISA  dasturi  o’quvchilarning  ta’lim  olishga  bo’lgan  munosabati  va 
motivatsiyasi haqida qimmatli ma’lumotlarni to’plash  bilan birga, ularda  muammoni  hal qila olish kabi 
ko’nikmalarni ham baholaydi. 
Barcha fanlarda bo’lgani informatika fanini o’rni hozirgi eng muhim fanlardan bo’lib hisoblanadi. 
Informatika  fani  o’quvchilarga  kompyuter  texnologiyalardan  foydalanish  uning  xususiyatlari  haqida 
o’rgatadi.  PISA  bo’yicha  ham  eng  muhimi  kompyuter  va  internetdan  tez  va  qulay  foydalanishni  bilishi 
kerak. Informatika fani har bir o’quvchi, har bir fan, har bir o’qituvchi uchun judayam bilishi kerak bo’lgan 
fan hisoblanadi. 
Axboroy kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi kunda informatika fanining 
rivoji va istiqbollari, bu fan oldida turgan dolzarb  masalalar  haqida  o’quvchilarga  o’z  vaqtida ma’lumot 
yetkazish, bilim berish zamonaviy  fan  o’qituvchilari,  ilmiy  izlanuvchan  olimlarning muhim vazifalaridir. 
Sababi fan shunchalik  shiddat  bilan rivojlanmoqdaki,  agar bu bilimlar bugun o’quvchilarga yetkazilmasa, 
ertaga eskirgan ma’lumotga aylanib qolishi  hech gap  emas. Shunday muhim vazifalarni amalga oshirishda 
ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan ilmiy – amaliy anjumanlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
“Axborot texnologiyalari” iborasidagi “texnologiya” so’zi lotincha  “thexnos” – san’at, hunar,  soha 
va “logos” - fan degan ma’noni anglatadi. 


 
220 
 
Lotin  tili  –  hind  –  yevropa  tillari  oilasining  Italiya  tillari  guruhiga  mansub,  Italiyaning  o’rta 
qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi VIII – asrda yashagan lotin qabilasining tili. Lotin  tilining 
asta – sekin Rim hududidan tashqariga tarqalgan
Ya’ni texnologiya – biror vazifani bajarishda uning turli xil usullari ko’rinishini  bildiradi.  Axborot 
texnologiyalari axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidir. Axborot 
texnologiyasining vujudga kelishi va rivijlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo’lib, ularni 
quyidagicha tavsiflash mumkin: 
Ichki omillar – bu axborotlarning paydo bo’lishi ( yaratilishi ), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli 
amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash. Tashqi  omillar  –  bu  axborot texnologiyasining texnik 
– uskunaviy vositalar – orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi. 
Harakat –  borliqni ajralmas  xususiyati  bo’lgan  o’zgaruvchanlikni  ifodalovchi  falsafiy  kategoriya. 
Harakat  tushunchasi  imkoniyatlarning  voqelikka  aylanishini,  ro’y  berayotgan  hodisalarni,  olamning 
beto’xtov yangilanib borishini aks ettiradi. 
Siz biror ma’lumot haqida boshqa bir viloyat (respublika, qit’ada) yashovchi o’rtog’ingiz bilan  fikr 
almashmoqchisiz deylik. Buni turli yo’llar orqali amalga oshirishingiz ( o’z navbatida, o’rtog’ingiz ham 
sizga javoban) quyidagi usullar orqali yetkazishingiz mumkin: 
a) 
Aloqa bo’limi orqali ( yozma ravishda ) 
b) 
Telefon tarmoqlari orqali (og’zaki) 
c) 
Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali 
Bozor iqtisodiyoti hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanib borayotgan vaqtda informatika 
fanini o’rni va roli juda beqiyos. Hozirgi kunda har bir sohada ta’lim sohasimi, ishlab chiqarishmi, bank 
sohasimi, xizmat ko’rsatish bo’ladimi, moliya sohasimi, bozor iqtisodiyotimi xoh u qurilish sohasi bo’lsin 
barcha sohalarda informatika fanini o’rni beqiyosdir. 
Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo’lib, unga informatika va 
hisoblash  texnikasi  asoslari  fanidan  ma’lum  bo’lgan  kompyuter,  multimedia  vositalari,  kompyuter 
tarmoqlari, internet, intranet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham  kiradi. Bularga 
axborot  tizimlari,  axborot  tizimlarini  boshqarish,  axborotlarni  uzatish  tizimlari,  ma’lumotlar  ombori, 
ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi. 
XX  –  asrning  90  –  yillaridan  boshlab  axborotlashtirish  sohasi  keskin  rivojlanib  ketdi.  Bizning 
asrimiz,  ya’ni  XXI  –  asrni  axborotlashtirish  va  kommunikatsiya  asri  deb  bejiz  atashmaydi. 
Axborotlashtirish  nima  va  uning  vazifalariga  nimalar  kiradi,  uning  asosiy  xususiyatlari  qanday,  degan 
savollar hozirgi zamon jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz 
tasavvur qilish qiyin. 
Mikroelektronika  ishlab  chiqarish  texnologiyasining  rivojlanishi  va  o’ta  kuchli  protsessorli 
kompyuterlarning yaratilishi axborotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Ishlab chiqarish, 
moddiy ishlab chiqarish – jamiyatning yashashi va tarqqiy etishi uchun  zarur  bo’lgan moddiy boyliklar ( 
turli  iqtisodiy  mahsulotlarni  )ni  yaratish  jarayoni,  ishlab  chiqarish    omillarini  iste’mol  va  investitsiyalar 
uchun  mo’ljallangan  tovarlar  va  xizmatlarga  aylantirish.  Interfeys  kompyuterning  imkoniyatlarini 
kengaytiruvchi qurilma bo’lib, uning asosiy  vazifasi tashqi qurilmalardan  kiritiladigan ma’lumot (signal 
)larni kompyuterda qayta ishlash uchun qulay holga keltirishdan  iborat. 
Xulosa qilib  aytadigan bo’lsak,  hozirgi  kunda ta’lim  sohasida o’qitishni avtomatlashtirishga  katta 
e’tibor berilmoqda. Chunki zamonaviy o’qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy 
natijalar beradi. Misol qilib aytadigan bo’lsak, kimyo – biologiya, fizika fanlarida o’tkazilish imkoniyati 
bo’lmagan  tajribalar  bor.  Bu  tajribalarni  internetdan  olib  o’quvchilarga  ko’rsatish  imkoniyatini  beradi. 
Matematika - geometriya fanlaridan esa turli xil mantiqiy savollar orqali ko’rsatib berish mumkin. Darslarni 
turli xil audiodarslar orqali o’tish, matematika fanlarida mantiqiy savollar, tarix huquq fanlarida o’tmishga 
sayohat qilish imkoniyatlarini beradi. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish