Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI DARSLAR JARAYONIDA MILLIY



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI DARSLAR JARAYONIDA MILLIY 
QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASH 
Nazarova Gulshanda Olimovna, Rajapova Feruza Zavqiddinovna 
Navoiy shahridagi 6- maktabning Boshlang’ich sinfo’qituvchilari. 
 
Umuta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar ham ijtimoiy siyosiy, ham 
ijtimoiy pedagogik jihatlarga ega. 
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy sub’yekti o’qituvchi. Shu sababli maktab “ma’naviy-  axloqiy 
ishlar tizimi”ni maktab tarbiyaviy ishlar tizimining boy g’oyasi sifatida tushunish mumkin. 
Shu sababli yuqoridagi fazilatlarni shakllantirish uchun ma’suliyatning asosiy yuki uning zimmasiga 
yuklanadi. Buning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilaridan, maktab jamoat orasida o’z bilimi, ma’naviy 
axloqiy fazilatlari bilan boshqalarga o’rnak bo’lishlari, shaxsni hurmat qilishlari, ma’naviy tarixiy, milliy 
va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari; o’sib ulg’ayib kelayotgan yosh avlodni bir 
birini tushunish, xalqlar, millatlar va el-elatlar o’rtasida tinchlik, ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari va 
ularni zo’ravonlikning barcha ko’rinishlaridan himoya qilishlari va boshqalar talab etiladi. 
Ajdodlarimiz davr sinovidan o’tgan ajoyib insoniy fazilatlar hamda ularni amalga oshirish usul va 
vositalarni  yaratganlar.  Shu  asosda  yoshlarni  ijtimoiy  hayot  talablariga  javob  beradigan  kishilar  qilib 
tarbiyalab  kelganlar.  Bolalarda  insoniy  tuyg’ularni  tarbiyalashning  asosi-  kishilarga  mehr-muhabbat 
qo’yish,  izzat-hurmat  bilan  muomala  qilish,  qadrlash,  kishilar  oldidagi  o’z  burchini  anglash,  odamlarga 
nisbatan samimiy, halol va rostgo’y bo’lish kabi odob va axloq qoidalarini o’z ichiga oladi. 
Mehnatkash xalq ommasi, yuqorida qayd qilib o’tilganidek, uzoq davrlar davomida vujudga kelgan 
tarbiya usullari va vositalaridan foydalanadi, qo’llaydi, bunda bolalarning o’ziga xos xususiyatlari va butun 
sinf jamoasining sifatlarini ko’zlab biron-bir qaror qabul qilishni talab etadigan tarbiyaviy vaziyatni hisobga 
oladi. 
O’qish  va  odobnoma  darslarida  axloqiy  odatlarni  hosil  qilish  uchun  odob  normalarini,  ma’naviy, 
axloqiy jihatlarini, o’qish darslarida turli xil ertaklar, rivoyatlar, maqollar, hikmatli so’zlar bilan o’quvchilar 
dars jarayonida mavzuga qiziqtirish yo’llari va usullarini o’qituvchi ishlab chiqishi kerak. Jumladan 3-sinf 
o’qish  kitobida  berilgan  go’zal  fazilat  inson  husni  bo’limida  bir  qator  ma’naviy-  axloqiy  tarbiyani 
shakllantirishga qaratilgan mavzular mavjud. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda mazkur fikrdan kelib chiqib, 
shunday ma’naviy me’ros vakilidan biri bo’lgan Zahiriddin Muhammad Bobur haqida. 
“Hidi, tilimi va mazasi” matnini o’rganish orqali o’quvchilarni o’zbek xalqining milliy qadriyatlari 
haqida ma’lumot berishga hamda matn mazmunida asoslangan materialga mos holda ko’nikma va odatlarni 
tarkib toptirishga harakat qildim. 
Mirzo  Bobur  Hindiston  degan  yurtga  borib  u  yerning  sultoni,  ya’ni  podshohi  bo’libdi.  Bobur 
Hindistonga podshoh bo’lgan davrida ko’plab qurilishlar, obodonchilik va xalqqa g’amxo’rlik qilish bilan 
birga o’zidan yodgorlik qolsin deb Hindistonning ko’rkam joyida katta bir bog’ barpo etibdi. Bu bog’ga 
dunyodagi  turli  yurtlardan  nihollar  keltirib  ektiribdi.  Hind  xalqi  dunyodagi  eng  katta  bu  bog’ga  “Bog’i 
Boburiy”  deb  nom  qo’yibdi.  Bog’dagi  daraxtlar  hosilga  kirib,  biram  meva  beribdiki,  ularni  hech  joyga 
sig’dirib bo’lmabdi. 


 
57 
 
“Bog’i Boburiy”ning bir chekkasi rezavor ekan. Unda piyoz, sabzi, bodring bitibdi. Ammo handalak 
bilan  qovun  bo’lmabdi.  Shoh  bir  yil  qovun  ektiribdi,  bo’lmabdi.  Ikkinchi  yil  ham  ektiribdi,  bo’lmabdi, 
uchunchi yil ham ektiribdi baribir qovun bitmabdi. Qovun bitishga bitibdi-yu, birinchi yili gulidanoq hosilni 
tashlab, ikkinchi yili palagi o’lib qolibdi, uchinchi yili pishib yetilmas, palagi so’lib qolibdi. Boburshoh 
bo’lsa qovun topishni talab qilaveribdi. 
Keyingi  yili  Boburshoh  bu  yili  qovun  ekib  pishirmasanglar  hammangizni  jazolayman,-  deya 
g’azablanibdi. Bog’bonlar nima qilishini bilmay rosa boshlari qotibdi. Oxiri Boburshohga bildirmay uzoq 
Farg’onadan qovun olib kelishga ahd qilishibdi. Boburshoh bu orada bir necha oy ovga ketishibdi. Shu payt 
bog’bonlarning boshlig’i o’zi bilan o’n bir kishini yoniga olib, Farg’onaga boribdi. Karvon ot aravalarga 
qovun ortib, tezda Hindistonga qaytibdi. 
Boburshoh  ovdan  qaytgach,  bog’bondan  qovun  yo’qlatibdi.  Qovunni  olib  borishibdi.  Boburshoh 
qovunni  hidlab  ko’rib:  -  Qayerda  bitgan  deb  so’rabdi.  –  “Bog’i  Boburiy”da  bitgan,  deb  javob  beribdi 
bog’bon.- yo’q, hidi boshqacha. Faqat bir o’lkada yetishadi xolos. Sen meni aldayapsan,-debdi Boburshoh. 
–  Aldagan  bo’lsam,  bilganingizni  qiling,  shohim.  Bu  qovun  “Bog’i  Boburiy”da  bitgan,-  deb  bog’bon 
so’zidan qaytmay. 
Boburshoh  qovunni  hidlab-hidlab,  uni  tilmoqchi  bo’libdi.  Qovun  pichoq  tegar-tegmas  tarsillab 
yorilib ketibdi. Boburshoh bog’bonga qarab:-Yolg’on gapiribsan, qovunni qayerdan keltirganingni ochiq 
aytasan. Bunday hidli, tilni yoradigan qovun faqat men bilgan o’lkadagina bitadi. Sen mening savolimga 
to’g’ri javob bermading, qahrim qattiqligini bilasan-a,-debdi. 
Oliyhazrat, aldasam boshimni tanamdan judo qiling, mayli roziman. Siz ko’rib turgan qovun “Bog’i 
Boburiy”da bitgan,-debdi bog’bon yana bilmagan bo’lib. Tilda shunday debdi-yu, o’zini bilmaganga olibdi. 
Boburshoh qovunni so’yib, bir tilim olibdi-da uni yeya boshlabdi. Qovun shirinligidan tilni yorar emish. 
So’ng  Boburshoh  yana  bog’bonga  debdi:-  Yo’q,  sen  meni  aldayapsan,  bunaqa  shirin  tilyorar  qovun  bu 
yerlarda  bitmaydi.  Boshqa  joydan  keltirgansan.  To’g’risini  aytsang  gunohingdan  kechaman.  Bordi-yu, 
meni aldab yana yolg’on gapirgan bo’lsang, boshingni tanangdan judo etaman,- debdi. 
Boburshohni  aldab  bo’lmasligini  bilgan  bog’bon  rostini  aytishga  majbur  bo’libdi.  –  Farg’ona 
viloyatidan  keltirdik,  -debdi  ko’ziga  yosh  olib.  Bog’bonning  gapidan  Boburshohning  ko’ngli  buzilib 
yig’lab yuborishiga ozgina qolibdi. Bog’bon:- Shohim, qovunni qayerdan olib kelganimni  bilib oldingiz. 
O’limim  oldidan  men  ham  sizdan  bir  so’rovimga  javob  qaytarishingizni  tilayman,-  debdi.  –  Qovun  bu 
yerdan emasligini qayerdan bildingiz?- debdi. 
Hidi,  pichoq  tegar-tegmas  yorilib  ketishi  va  tilyorar  shirinligidan  ona  yurt  qovuni  ekanligini 
angladim. Rahmatli otam bog’idagi polizda shunaqa shakarpalak ko’p bitardi. Uzoq Hindu yurtida meni 
qovun bilan siylaganing uchun gunohkor bo’lmay, in’om-ehsonga loyiqsan, debdi. Boburshoh bog’bonga 
rahmat aytib, bosh oyoq sarpo beribdi. 
Mazkur dars materialini hikoya qilib bo’lgach, dars matnida ilgari surilgan mashhur shoir va davlat 
arbobi  Mirzo  Boburshoh  hayoti  haqida  va  uning  amalga  oshirgan  ishlari  haqida  atroflicha  ma’lumot 
beraman. Mirzo Boburning uzoq Hinduda o’z ona Vataniga sevgisi, mehr-muhabbati, sadoqati o’ziga xos 
tarzda asoslangan. Ona Vatan zaminning sahovatini birgina qovun orqali “Uning hidi, tilimi, pichoq tegar-
tegmasdan  tarsillab  yorilib  ketadigan  va  shirinligi  tilni  yorar  bunday  qovun  men  bilgan  bir  o’lkadagina 
bitadi”,  degan  iboralari  Mirzo  Boburshohning  o’zi  yashagan  ona  tabiatiga  yaqinlik,  uning  har  bir  ekini, 
narsalari  muqaddas,  e’zozli,  qadrli  ekanligini,  o’sha  zaminga  bo’lgan  hurmati,  e’tibori,  sadoqati,  mehr-
muhabbati  bog’bonning  qovunni  “Farg’ona  viloyatidan  keltirdik”,  degan  gapi  Boburshohning  butun 
vujudiga, hissiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatgani, uning ko’ngli buzilib yig’lab yuborishiga ozgina qolganligi 
kabi satrlar Boburshohning o’z ona Vataniga bo’lgan milliy tuyg’uning shakllanganligini isbotlaydi. 
Yuqoridagi  Boburshohning  bog’bon  bilan  bo’lgan  muloqoti  uning  o’ta  zehnli,  fahmli,  axloqli, 
madaniyatli, hamda yuksak ma’naviyat sohibi bo’lganligini ko’rsatadi. Bog’bonning qovunni bu yerning 
qovuni emasligini qayerdan bildingiz deb bergan so’roviga, “Hidi pichoq tegar-tegmas yorilib ketishi va 
tilni yorar shirinligidan ona yurt qovuni ekanligini angladim”. “Rahmatli otam Bog’idagi polizda shunaqa 
shakarpalak ko’p bitardi” gaplari orqali Boburshohning o’zi yashab o’tgan ona yurtiga cheksiz muhabbat 
va ajdodlarga sadoqat, xotirlash kabi ma’naviy me’rosga hurmat, e’zoz, qadrlash sifatlari mujassamlashgan. 
Ana  shunday  yuksak  milliy  ma’naviy  qadriyatlarni  o’zida  tarkib  toptirgan  Mirzo  Boburshoh  kabi 
hamyurtlarimizga  hozirgi  umum  ta’lim  maktab  o’quvchilarida  hurmatni,  e’zozni,  qadr-qimmatni 
rivojlantirish  xullas  butun  o’tmish  turmush  tarzidan  ibrat  olish  va  uni  amalda  qo’llash  bilan  bog’liq 
ko’nikma va odatlarni tarbiyalash boshlang’ich sinf o’qituvchilarining asosiy vazifasi bo’lmog’i darkor. 
Shu jumladan o’quvchilarga mlliy qadriyatlarimizni to’liq va to’g’ridan-to’g’ri yetkazib berishimiz 
uchun “Qovun sayli” didaktik o’yini o’tkaziladi. 


 
58 
 
O’yin sharti: 
Qovun  rasmi  chizilgan  maketlar  magnet  doskaga  betartib  yopishtiriladi.  Bunday  ko’rinish  polizni 
ifodalaydi.  Guruhlarga  bo’lingan  o’quvchilar  jamoasi  polizdan  qovun  terishni  boshlaydi. Tashkil  etilgan 
uchta  guruhdan  bittadan  o’quvchi  doskaga  chiqib  polizdan  qovunlarni  terib  olish  topshirig’ini  oladi. 
O’yinda eng ko’p qovun tergan guruh g’olib bo’ladi.qovun terish uchun magnit doskasidagi qovunlardan 
bittasini oladi va orqasiga yozib qo’yilgan Mirzo Bobur hayoti, ijodi va faoliyatiga oid berilgan ta’riflarga 
javob beradi. Ta’rifga to’g’ri javob bergan o’quvchi qovun uzishda davom etadi. Aksincha ta’rifga noto’g’ri 
javob bergan o’quvchi qovunni yorib qo’ygan hisoblanadi va u o’rniga jamoasidan boshqa o’quvchi chiqib 
o’yinni davom ettiradi. O’yinda eng ko’p qovun uzgan guruh g’olib sanaladi. O’yin shu tariqa davom etadi 
va g’olib guruh a’zolari rag’batlantiriladi. 
X. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilarga savollar beraman. 
Boburshoh nima uchun uzoq Hinduda bog’ yaratishni ma’qul ko’rdi? 
Nima uchun o’zga yurtda Boburshoh bunday ezgu ishni amalga oshirdi? 
Boburshohning bu ishi uning qanday ma’naviy tarbiyalanganligini ko’rsatadi? 
Boburshohning  aql-farosati,  zehni  nima  uchun  bog’bonning  yolg’on  gapirganligini  fosh  qildi? 
Buning sababini siz nimada deb o’ylaysiz? 
Nima uchun Boburshoh bog’bonni  jazolash  o’rniga unga rahmat aytib, boshdan oyoq sarpo bilan 
siylaydi? 
Boburshohda  ona  vatanga,  uning  tabiatiga,  ajdodlarga  sadoqatini,  va  mansubligini  qanday 
izohlaysiz? 
Sizlar yana Boburshohga o’xshagan qaysi ajdodlarimizni bilasizlar? 
kabi ko’plab savollar bilan o’quvchilarga ma’naviy kuchli tarbiyaviy ta’sir ko’rsataman. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish