Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


TA’LIM TIZIMIDA MATEMATIKA FANIDAN SAVODXONLIK DARAJASINI



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

 
TA’LIM TIZIMIDA MATEMATIKA FANIDAN SAVODXONLIK DARAJASINI 
RIVOJLANTIRISHDA INNOVASION METODLARNI QO‘LLASHNING 
SAMARADORLIGI 
Turdiyev Yorqin Ochilovich 
Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi  O'IBDO, matematika fani 
òqituvchisi 
 
“O‘rtacha o‘qituvchi bayon qiladi, yaxshi o‘qituvchi tushuntiradi,  


 
231 
 
mashhur o‘qituvchi namoyish qiladi, buyuk o‘qituvchi ruhlantiradi” 
I.V. Gyote 
 
Har  bir  darsda  turli  xil  didaktik  maqsadlar  ko‘zlanadi,  ular  orasida  bittasi  bosh  maqsad  bo‘lib 
hisoblanadi,  uni  darsning  asosiy  didaktik  maqsadi  deyiladi.  Har  bir  alohida  darsning  maqsadi  darslar 
sistemasining  maqsadini  aniqlab,  uning  yordamida  o‘qitilayotgan  mavzuning  mazmunini  o‘quvchilarga 
ochib  beradi.  Bu  holda  yangi  tushunchalar  bilan  o‘quvchilarni  tanishtirish  bo‘lsa,  ikkinchi  holda 
tanishtirilgan tushunchani kengaytirish va chuqurlashtirish, uchinchisida esa,biror malaka va ko‘nikmalarni 
hosil qilish, to‘rtinchisida esa, bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish bajariladi. Har bir darsda yuqorida 
aytilganlarning  bir  nechtasi  yoritilishi  mumkin.  O‘tilganlarni  takrorlash  oldin  o‘tilgan  bilimlarni  yangi 
sistemaga solish, shu bilan bilimlarni tekshirishni o‘z ichiga oladi. Yangi materialni bayon qilish har doim 
mashqlar  bajarish  bilan  davom  ettiriladi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2018  yil  8 
dekabrdagi 997-son “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil 
etish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”  qarori  bilan  xalq  ta’limi  tizimida  ta’lim  sifatini  baholash  sohasidagi 
xalqaro  tadqiqotlarni  tashkil  etish,  xalqaro  aloqalarni  o‘rnatish,  o‘quvchi-yoshlarning  ilmiy-tadqiqot  va 
innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash  hamda  rag‘batlantirish  maqsadida  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi 
Ta’lim  sifatini  nazorat  qilish  davlat  inspeksiyasi  huzurida  Ta’lim  sifatini  baholash  bo‘yicha  xalqaro 
tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etildi.Bu esa o‘quvchilar bilim bo‘shlig‘ini to‘ldirishga 
xizmat qiladi. 
O‘quvchilariga taqdim etilgan topshiriqlaridan namuna 
1.  Fudji  tog‘iga  ko‘tarilish.  Yaponiyadagi  Fudji  tog‘i  “uyqudagi”  vulkani  bilan  mashhur  tog‘ 
hisoblanadi. Fudji tog‘i faqat 1 iyuldan 27 avgustgacha bo‘lgan davrda odamlar uchun ochiq. Taxminan 
200  ming  kishi  hozirgi  vaqtda  Fudji  tog‘iga  chiqmoqda.  O‘rtacha  har  kuni  Fudji  tog‘iga  qancha  odam 
ko‘tariladi? 
2.2-masala ( dunyo bo‘yicha o‘rtacha 73%, Singapur 95%, Rossiya 14% ). 
Tom nonning ½ qismini, Yanna esa ¼ qismini yedi. Ikkalasi ham nonning qaysi qismini yeyishdi? 
3.3-masala (dunyo bo‘yicha o‘rtacha 45%, Singapur 78%, Rossiya 47%). Xaltada 5 ta qizil va 5 ta 
ko‘k shar bor. Murod ihtiyoriy ravishda bitta sharni oldi. U qizil ekan. Bundan keyin u bu sharni sumkaga 
soldi. Keyingi olingan shar qizil bo‘lishining ehtimolligini toping. 
Matematika imtihonlarida o‘quvchilar qanday muammolarga duch kelishi mumkin? 
Darsliklarda PISA topshiriqlariga o‘xshash masalalarning yo‘qligi yoki kamligi va shuning uchun 
o‘quvchilarda bunday amaliy faoliyatlarni amalga oshirish tajribasining yetishmasligi oqibatida ularning 
natijalari past bo‘lishi mumkin. 
PISA  topshiriqlari  odatda  uzundan-uzun  matnlar  yordamida  tasvirlanib,  ulardagi  real  vaziyat  va 
muammolarni  hal  qilish  usulini  tanlash  uchun  matematikaning  qaysi  bo‘limiga  murojaat  qilish  haqida 
ko‘rsatmalar yo‘q. 
PISA  topshiriqlari  (matnli,  rasmli,  diagramma  va  jadvallar,  real  bog‘lanishlar  grafiklari)  turli 
shakllarda taklif qilinadi. Ularni matematik tilga o‘girish va yechim topilgandan so‘ng uni yana real sharoit 
bilan bog‘lab baholash va sharhlash talab qilinadi. 
Odatda  matematika  darsliklarida  standart  masalalar  beriladi  va  ular  standart  usullar  yordamida 
yechiladi, ya’ni o‘quvchilar muayyan turdagi masalalarni ma’lum algoritmlar asosida yechishga o‘rgatiladi. 
PISAda o‘quvchilarning bilim sifati monitoringi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi. 
O‘zbekiston 2021-yilda 3 ta (o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik) 
yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. 
Mamlakatimizda  istiqbolli  yoshlarni  qo‘llab-quvvatlash,  ulg‘ayib  kelayotgan  yosh  avlodni  ilmga 
keng  jalb  qilish  va  intellektual  salohiyatini  oshirish,  matematika  fani  uchun  bo‘lg‘usi  kadrlar  tayyorlash 
ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, xalqaro maydonda mamlakatimizning nufuzini yanada yuksaltirish 
uchun  iqtidorli  yoshlarni  aniqlash  va  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlashning  uzluksiz  tizimini  yanada 
takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyati Qorako‘l 
tumanida “Xalqaro matematika maktabi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2019 yil 9 avgust, 654-sonli qarori 
qabul qilindi. 
Zamonaviy  axborot  texnologiyalaridan  foydalangan  holda  aniq  va  tabiiy  fanlar,  shuningdek,  chet 
tillarini  chuqur  o‘qitish,  o‘quvchilarning  ijodiy  salohiyatini  namoyon  qilish  hamda  ularni  respublika  va 
xalqaro  fan  olimpiadalariga  qatnashishga  tayyorlash  xalqaro  maktabning  asosiy  vazifalaridan  biri  etib 
belgilandi. 


 
232 
 
Xalqaro  Matematika  Olimpiadasi  dunyoning  yosh  matematiklari  uchun  eng  katta  va  eng  muhim 
forum hisoblanadi. U sport Olimpiadasi kabi nufuzli bo‘lib, unda ishtirok etish  har bir mamlakat uchun 
katta sharafdir. Har yili iyul oyida, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan kelgan 500-600 nafar iqtidorli 
yoshlar o‘zaro bellashadilar, muloqotda bo‘lishadi va tajriba almashishadi. Birinchi xalqaro Matematika 
Olimpiadasi Brashovda 1959 yilda bo‘lib o‘tgan va unda Bolgariya, Vengriya, Sharqiy Germaniya, Polsha, 
Rumыniya, SSSR, Chexoslovakiya terma jamoalari ishtirok etgan. O‘zbekiston jamoasi birinchi bor 1997 
yili  Argentinada  bo‘lib  o‘tgan  Xalqaro  Matematika  Olimpiadasida  3  nafar  ishtirokchi  va  1  nafar  rahbar 
bilan faol qatnashgan. Bu yerda amaliy tajribalarni almashib kelgan. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Xalq 
so‘zi gazetasi, 2020 yil 25 yanvar, №19 (7521) 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2018  yil  8  dekabrdagi  997-son  “Xalq  ta’limi 
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
qarori 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida “Xalqaro 
matematika maktabi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2019 yil 9 avgust, 654-sonli qarori 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
233 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish