Drosophila melanogaster genomining tavsifi bo‘lib, ma’lumotlarni xromasoma bir yelkasidan boshlab olish mumkin bo‘ladi. Avval biror bir xromasoma tanlanadi, so‘ngra uni lokuslarini yanada aniqlashtirish orqali sharoit yoki biror bir gen tuzilishini o‘rganish mumkin bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda BAC-vektorda klonlashtirilgan alohida ketma –ketliklarni ko‘rib chiqish orqali kontig (ya’ni uzunligi butun xromasoma uzunligiga teng bo‘lgan, qayta tiklangan nukleotid ketma ketligi) qanday yo‘l bilan xosil qilinganligini kuzatish va qayta tiklash sifatiga ishonch hosil qilish mumkin bo‘ladi.

MMDB
MMDB
Molekulyar modellashtirish ma’lumotlar bazasi (MMDB) eksperimental ravishda aniqlangan uch o’lchovli biomolekulyar tuzilmalar ma’lumotlar bazasi bo’lib, "Entrez Structure" ma’lumotlar bazasi deb ham yuritiladi. Bu nazariy modellardan tashqari RCSB Oqsil Ma’lumotlar Bankidan (PDB) olingan uch o’lchovli tuzilmalar to’plami.
Aniqlanayotgan genom (DNK, RNK) ma’lum qismining (uchastkasi) DNK- polimeraza va qaytalama transkriptaza fermentlari ishtirokida bir necha million marotaba ko’payishiga imkon beruvchi jarayondir. Bunda aniqlanayotgan genom fragmentiga mos praymerlar (oligonukleotidlar) ishtirokida DNK amplifikatsiyalanadi. Avval, aniqlanishi lozim bo’lgan DNK qizdirish orqali ikkiga ajraladi (denaturatsiya), so’ngra praymerlar ishtirokida DNK ning komplementar qismlari o’rtasida bog’lanish sodir bo’ladi (gibridizatsiya). Keyin termostabil DNK- polimeraza fermenti yordamida DNK zanjiriga komplementar ravishda 5΄ uchdan 3΄ uchga tomon ikkinchi zanjir sintezlana boshlaydi (Elongatsiya). Bu jarayon bir necha marta takrorlanadi. Diagnostika uchun birgina DNK molekulasining mavjudligi etarlidir. Bugungi kunda PTsRning juda ko’p modellari keng tarqalgan. Ular maqsadga muvofiq holda tanlanadi va o’tkaziladi. Bu modellarning barchasida reaktsiya borish mexanizmi deyarli farq qilmaydi.