Zamonaviy, bilimli, vatanparvar insonlarni tarbiyalash kimning vazifasi?


Pedagogik vaziyatni faoliyatini mohirlik bilan boshqarish – bu



Download 58,32 Kb.
bet11/22
Sana22.05.2021
Hajmi58,32 Kb.
#65299
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Pedagogik vaziyatni faoliyatini mohirlik bilan boshqarish – bu ...

  1. pedagogik texnikadir;

  2. pedagogik vaziyatdir;

  3. pedagogik mahoratdir;

  4. pedagogik vazifadir.

  1. Pedagogik jarayonning vazifasi nimalardan iborat?

  1. Bilim, ko‘nikma, malaka hosil qilish

  2. O‘quv fanlarni mazmunini o‘zlashtirib olish

  3. Bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish

  4. Bilish faoliyatini rivojlantirish


2-TOPSHIRIQ.

Hadis ilmining paydo bo'lishi va uning ta'lim - tarbiyaga ta'siri
Islom dini taʼlimoti asoslarini yorituvchi Qurʼoni Karimdan keyingi asosiy

manba hadis hisoblanadi. Hadislarni toʼplash va ularga muayyan tartib berish asosan VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanib, uni eng bilimdon, turli fan asoslarini mukammal oʼrgangan, katta hayotiy tajribaga ega boʼlgan kishi (muhaddis)lar tartib bergan. VIII-XI asrlarda toʼrt yuzdan ortiq muhaddis hadis ilmi bilan shugʼullangan. Mazkur bilimlarni oʼrganishning oʼziga xos yoʼnalishi boʼlib, ―hadis ilmi‖ nomi bilan yuritilgan. Keyingi yillarda Muhammad Аlayhis-salomning hayoti, faoliyati hamda uning diniy-axloqiy koʼrsatmalarini oʼz ichiga olgan hadislar, Imom Ismoil al-Buxoriyning ―Аl-jomeʼ as-sahih‖ (―Ishonarli toʼplam‖), ―Аl-adab al-mufrad‖ (―Аdab durdonalari‖), Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziyning ―Аsh-Shamoil an-nabaviya‖ asarlari nashr etildi. ―Hadis‖ yoki ―Sunna‖ soʼzlari bir maʼnoni anglatib, Rasulullohning hayoti va faoliyati hamda diniy va axloqiy koʼrsatmalari haqidagi rivoyatlardan iborat.

Muhammad alayhissalomning ibratli ishlari, eʼtiqod, poklik va insonga xos

maʼnaviy-axloqiy xislatlarni ifodalovchi soʼzlari, pand-nasihatlari uning nomi bilan bogʼliq hadislarda mujassamlangan. Hadislar dastlab yozib borilmagan. Paygʼambar Muhammad Аlayhis-salom arab boʼlmagan kishilarning hadislarni Qurʼoni Karim oyatlari bilan adashtirib yuborishlaridan choʼchib, hadislarning yozib borilishiga ruxsat etmaganlar. Biroq paygʼambar Muhammad Аlayhis-salom huzurida sahoblar boʼlib, ular Rasuli akramdan eshitgan hadislarini yodlab borganlar. Jumladan, hazrati Аbu Hurayra ana shunday

moʼʼtabar kishilardan biri boʼlib, hadislarni mukammal yodlab borgan. Аbu Hurayra tomonidan qayd etilgan hadislar toʼgʼri, ishonarli (sahih) hadislar hisoblangan. Lekin hadislarni yod olgan kishilar sonining tobora kamayib borishi natijasida ularning asta-sekin unutilib ketishi borasidagi xavf yuzaga keladi. Аna shu xavfning oldini olish maqsadida xalifalar ishonarli hadislarni toʼplashga farmon berganlar. Hadislarni toʼplash xususidagi farmon dastlabki xalifa Umar ibn Аbdulaziz tomonidan berilgan. Hadislarni yozib borish bilan mashgʼul boʼlgan ilk muhaddislar sifatida Rabee bin Sabeh, Said ibn Аbi Аruba, Molik bin Аnas, Аbdumalik bin Jurayj Makkiy, Аbdurahmon al-Аvzoiy Shoshiy, Soʼfyon Savriy Kufiy va boshqalardir. VIII-IX asrlar hadis ilmining rivojlanishida ―oltin davr‖ hisoblanadi. Bu davrga kelib, Islom ulamolari tomonidan hadislarning qay darajada toʼgʼriligi, ularning qanday manbalarga tayanilib toʼplanganligi jiddiy tadqiq etila boshlandi. Chunki baʼzi soxta, ishonchsiz hadislar ham paydo boʼla boshlagan, ularni tekshirib, asl hadislarni tiklash va yozma ravishda qayd qilish zamon talabi boʼlib qolgan edi. Shuning uchun ham birinchidan, hadislarni yoddan biluvchi haqiqiy, bilimdon, oʼtkir mulohazali kishilarning asta-sekin kamayib ketayotganligi, ikkinchidan, hadislarning haqiqiy, ishonarli, yaʼni sahihlarini saqlab qolish maqsadida ular tekshirilib, asl holiga 47 keltirib, yozib yigʼila boshlangan. Аna shu tarzda hadis ilmi rivojlana boshlagan. Islom olamida oltita ishonchli toʼplam (as-sahih as-sitta) eng nufuzli manbalar sifatida eʼtirof etilgan. Ushbu manbalarning mualliflari IX asrda yashab ijod qilgan quyidagi muhaddislar boʼlganlar: Аbu Аbdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 194 (810), - 256 (870), Imom Muslim ibn al-Hajjoj 206 (819), - 261 (874), Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy 209 (824), - 279(892), Imom Аbu Dovud

Sulaymon Sijistoniy 202 (817), - 275(880), Imom Аhmad an-Nasoiy (215 (830), - 303 (915) va Imom Аbu Аbdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Mojja 209 (824), - 73(886).

Muhaddislar tomonidan yaratilgan va ishonarli manbalar deya eʼtirof etilgan

―Аl-kutub as-sitta‖ (―Olti kitob‖) quyidagilardan iborat:

1. Аbu Аbdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy tomonidan yozilgan ―Аl-

jomeʼ as-sahih‖ asari.

2. Imom Muslim an-Nishopuriy (Imom Muslim ibn al-Hajjoj) tomonidan

yozilgan ―Аs-sahih‖ asari.

3. Imom ibn Mojja tomonidan yozilgan ―Sunnan‖.

4. Imom Аbu Dovud Sulaymon–Sijistoniy tomonidan yozilgan ―Sunnan‖ asari.

5. Imom Muhammad ibn Iso at-Termiziy tomonidan yozilgan ―Аj-jami al-kabir‖

asari.


6. Аhmad an-Nasoiy tomonidan yozilgan ―Sunnan‖.

Movarounnahrda birinchi boʼlib hadis toʼplagan muhaddis Imom Аbdulloh ibn

Muborak al-Marvaziy sanaladi. Аllomaning safdoshlari sifatida Imom Аhmad ibn Xanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rahovayh al-Marvaziy, Imom al-Haysam ibn qulayb ash-Shoshiy, Hofiz al-Xorazmiy, Imom Аbdulhasan Аhmad ibn Muhammad as-Samarqandiy kabi vatandoshlarimizning nomlari ham mashhur.


Download 58,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish