Zamonaviy, bilimli, vatanparvar insonlarni tarbiyalash kimning vazifasi?


Alisher Navoiy ta'lim-tarbiya haqida



Download 58,32 Kb.
bet12/22
Sana22.05.2021
Hajmi58,32 Kb.
#65299
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Alisher Navoiy ta'lim-tarbiya haqida
Аlisher Navoiy oʼz asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ular qiyofasida namoyon boʼluvchi maʼnaviy-axloqiy sifatlarni ulugʼlagan boʼlsa, taʼlimiy-axloqiy muammolarni yorituvchi asarlarida esa komil insonni shakllantirish jarayonining mazmuni, ushbu jarayonning oʼziga xos jihatlari, yoʼllari, shakl va usullari borasidagi mulohazalarni bayon etadi. Аlisher Navoiyning taʼlimiy-axloqiy qarashlari, shu jumladan, komil insonni shakllantirish kontseptsiyasining mazmunini oʼrganish muayyan davrlarda dolzarblik kasb etgan. Shu bois bu yoʼlda bir qator tadqiqot ishlari olib borilgan. Xususan, navoiyshunos olimlar O.Sharafiddinov, I.Sultonov, А.Hayitmetov, N.Mallaev, T.Jalolov, V.Zohidov va S.Gʼanieva va boshqalar tomonidan samarali ravishda olib borilgan tadqiqotlar shular jumlasidan sanaladi.

Аllomaning tasavvuridagi komil inson oʼz qiyofasida eng yuksak insoniy fazilatlar mujassam eta olishi lozim. Chunonchi, u ijodkor, qobiliyatli, shu bilan birga ilm-fanga nisbatan muhabbatli boʼlmogʼi zarur. Аlisher Navoiyning qarashlariga koʼra, ana shunday sifatlarning sohibi boʼla olgan insongina oʼz kuchi hamda aqlu zakovatiga ishonadi. Oʼz kuchi va aqlu zakovatiga qattiq ishona olgan insongina turli qiyinchiliklarga bardosh bera oladi, u oʼta murakkab muammolarni ham yechimini topa olishga qodir. Ilm-fan sirlaridan xabardor boʼlishning inson ahamiyatini yoritar ekan, alloma ayni oʼrinda 142 ilmni qorongʼulikni yoritadigan chiroq, hayot yoʼlini nurafshon etadigan quyosh, odamlarning haqiqiy qiyofasini koʼrsata oluvchi omil sifatida taʼriflaydi. Ushbu fikr mutafakkir tomonidan yaratilgan ―Nazmul-javohir‖ asarida quyidagicha bayon etiladi:

Kim olim esa nuqtasida barhaq de oni,

Gar bazm tuzar bihishti mutlaq de oni.

Har kimsaki yoʼq ilm axmaq de oni,

Majlisdaki ilm boʼlsa uchmaq de oni .

Mazkur toʼrtlikning mazmunida ilmli, oqil odam oʼz maqsadiga erishish yoʼlida uchraydigan har qanday qiyinchilikni yengib oʼtadi, kim ilmni oʼziga tayanch qilib olsa, u hech qachon qoqilmaydi, zero, ilm insonning baxt-saodatini taʼminlashga xizmat qiladi degan gʼoya oʼz aksini topgan.

Hayrat ul-abror‖ dostonining oʼn birinchi maqolatida esa mutafakkir ilmni quyosh, oy hamda kunduz sifatida quyidagicha taʼriflanadi: ―Ilm sipehrning baland axtarligidakim, jahl tunin yoritmoq uchun ―ayn‖i ( ), quyoshdan va ―lom‖i ( ) oydin va ―mim‖ ( ) kunduzdin nishona aytur. Va jahl shomi tiyra manzaraligʼdakim, gʼaflat chohini zalolat kechasida zohir qilib, bu kechada shahovatdin fasona aytur. Va olimning bovujudi ganju mol tufroq aro najandligi‖ (―ilm osmonning yulduzlaridek baland martaba, mavqega ega, bilimsizlik tunini yoritish uchun arab alifbosidagi ―ayn‖ quyosh, ―lom‖ oy, ―mim‖ esa kunduz belgilarini ifoda etadi; bilimsizlik shomining qorongʼi koʼrinishi gʼaflat chohini pastlik kechasida zohir boʼlib, bu kechada olimning butun baxtsiz vujudi quyoshdek yuksak, johilning esa butun borligʼi boylik, mol boʼlsa ham tuproqdek xordir‖). Ushbu oʼrinda arab tilida ( ) aynning maʼnosi quyosh, ( ) lomning maʼnosi oy ( shaklan oyga oʼxshaydi va abjid hisobida ―oʼttiz‖ni bildiradi), ( )

mimning maʼnosi esa kunduz ekanligiga alohida urgʼu beriladi . Аlisher Navoiy ilmni quyosh, oy hamda kunduzga oʼxshatish orqali, u insonni baxt-saodatga eltuvchi vosita ekanligiga eʼtiborni qaratadi. Аlisher Navoiy ilm oʼrganishga intilishni inson kamolotini taʼminlash uchun xizmat qiluvchi eng zarur fazilatlardan biri deb biladi. Ilmni insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqazuvchi omil sifatida taʼriflaydi. Аsarlari mazmunida ilgari surilgan gʼoyalar yordamida kishilarni ilmli va maʼrifatli boʼlishga undaydi. Mutafakkir ilm oʼrganishni har bir kishining insoniy burchi deya eʼtirof etadi. Zero, ilm oʼrganishdan maqsad ham xalqning farovon, baxtli-saodatli hayot kechirishini, mamlakatning obod boʼlishini taʼminlashga hissa qoʼshishdir, deya taʼkidlaydi. Bilimli va dono kishilar hamisha oʼz xalqining manfaati hamda mamlakatining ravnaqi yoʼlida faoliyat olib borishlariga ishonadi. Mazkur oʼrinda Mirzo Ulugʼbekni ana shunday xislatga ega boʼlgan kishilardan biri boʼlganligiga urgʼu beradi hamda uning nomi tarix sahifalarida abadiy saqlanib qoladi, deb hisoblaydi. Аlisher Navoiy orzu qilgan

komil inson faqat ilmli boʼlish bilan qanoatlanib qolmaydi. Uni yetuk inson sifatida taʼriflash uchun unda, yana shuningdek, sabr-qanoat, saxiylik, himmat, toʼgʼrilik, rostgoʼylik, tavoze, adab, vafo va hokazo sifatlarning ham mavjud boʼlishi taqozo etiladi.



Download 58,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish