Zamonaviy axborot texnologiyalari Reja


Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda axborot tizimlarini qo‘llash



Download 2,56 Mb.
bet9/13
Sana01.06.2022
Hajmi2,56 Mb.
#629642
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
axborot texnologiyalari tushunchasi v

2. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda axborot tizimlarini qo‘llash.

Ishlab chiqarish va iqtisodiy obyektlaming mavjudligi jamiyatning u yoki bu ehtiyojlarini qondirish bilan izohlanadi. Bunday har bir obyekt o‘zgaruvchan muhit (davlat boshqaruv organlari, boshqa obyektlar) bilan muayyan munosabatlarda bo'ladi va o‘zaro ta’sirning mavjudligini hamda o‘z vazifasining bajarilishini ta’minlaydigan ko‘plab turli elementlardan tashkil topadi.


Qo'llanmada keyingi o'rinlarda hajm, mulkchilik shakli, tashkiliy huquqiy maqomidan qat’i nazar, istalgan obyekt tashkilot deb yuritiladi.
Tashkilot — bu yon-atrofdan zaxiralar oladigan va ularni o‘z faoliyati mahsulotiga aylantiradigan barqaror rasmiy ijtimoiy tuzilma. Barcha tashkilotlarda bir qator umumiy xususiyatlar, shuningdek, ko'plab individual o'ziga xosliklar mavjud.
Tashkilotning muhit bilan o'zaro ta’siri natijasida turli xil o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o'zgarishlar bir-biriga o‘ta qarama-qarshi ikki shaklga ega bo'lishi mumkin. Bular: degradatsiya (tashkilotning murakkablashuvi, axborotning jamlanishi), ya’ni tashkilotning yemirilishi hamda rivojlanishi. Bundan tashqari, tashkilot va muhit o'rtasida vaqtinchalik muvozanat ham bo'lishi mumkin, shu tufayli tashkilot bir qancha muddat o‘zgarmay qoladi yoki faqat teskari o‘zgarishlarga uchraydi. Tashkilotda bu o'zgarishlar boshqarish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Boshqacha aytganda, maqsadga yo'naltirilgan ta’sir ko'rsatadi.
Boshqarish — bu o‘ta muhim funksiya, usiz hech bir tashkilot maqsadga yo'naltirilgan faoliyat yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi raqobat kurashida omon qolish, ko‘proq foyda olish, muayyan bozorlarga chiqish va hokazolardir.
Boshqarish aniq bir tashkilotlaming o'ziga xosligi va boshqarish maqsadlariga bogiiq holda ularni barqarorlashtirishni, sifat belgilarini saqlashni, muhit bilan iqtisodiy muvozanatni tutib turishni, tashkilotni takomiUashtirishni va u yoki bu foydali samaraga erishishni ta’minlashga imkon beradi.
Axborot konturi. Boshqaruvchi qism boshqariluvchi jarayonga muayyan ta’sir ko'rsatadi. Boshqaruvchi qism boshqaruvni amalga oshirishi uchun undan boshqariladigan jarayonni boshqarish maqsadida aniq holatini qiyoslash talab etiladi, chunki shu bois boshqariladigan jarayon boshqaruvchi qismga ta’sir ko'rsatadi. Ikkala qismning bir-biriga o‘zaro ta’siri axborotni uzatish shaklida amalga oshiriladi. Shu tariqa boshqaruv tizimida doimo yopiq axborot konturi mavjud bo‘ladi(2-rasm).



Boshqarish tizimining isblashi. Boshqarish tizimining ishlashi (3-rasm) axborot bazasida, oldiga qo‘yilgan maqsadga muvofiq holda boshqariladigan obyekt, uning kirish va chiqishlari (1,2,4-aloqalari) holati bo‘yicha amalga oshiriladi (6). Obyektni boshqarish boshqaruvchi ta’sirni uzatish yo‘li bilan amalga oshiriladi (3). Tashqi muhit bilan aloqa tizimi strelka bilan ko‘rsatilgan (5). Boshqarishning asosiy tamoyili — teskari aloqa tamoyilidir (yopiq sikl bo'yicha boshqarish).
Boshqarish jarayoni muayyan maqsadga erishishga yo'naltirilgan. Shundan kelib chiqib, boshqarish jarayonini boshqariladigan obyektdagi jarayonga muvofiq keluvchi maqsad va hajm o'rtasidagi farqni kamaytirishga intilish sifatida ko‘rib chiqish mumkin.



Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish