Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида


Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review)



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review): 
Internetga bo'lgan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Oxirgi 50 yilda 
axborot uzatish tizimining ishi 300 ming marta tezlashdi. Narxi esa ming 
barobar arzonlashdi. Bunday hodisa yer yuzida ulkan axborot makoni-
xalqaro internet tarmog'i yuzaga kelishiga omil bo'ldi. Internetning tarixiga 
nazar soladigan bo'lsak, 1957-yilda Yerning birinchi sun'iy yo'ldoshi 
fazoga chiqarilgandan so'ng, yangi axborot uzatish tizimiga ehtiyoj sezildi. 
Shundan so'ng AQShdagi ilmiy-tekshirish institutlari kompyuterlar 
tarmog'ini bir-birlari bilan bog'lovchi dasturlar ustida izlanishlar olib 
borishdi. Natijada, 1969-yili mazkur yo'nalishda dastur doirasiga kiruvchi 
4 ta ilmiy maskan kompyuterlari birlashtirildi. Ushbu kompyuter to'ri 
ARPANET deb nomlandi. Birinchi ARPANET serveri 1969-yilning 2-
sentabrida Koliforniya universitetida o'rnatildi.
 
1990-yilda ilk bor telefon tarmog'i orqali internetga ulanish qayd 
etildi. o'tgan asrning 90-yillarida internet barcha aloqa tarmoqlarini 
birlashtirdi. 2010-yildan boshlab xalqaro kosmik stantsiya ekipaji a'zolari 
ham internetga ulanish imkoniyatiga ega bo'ldi. Global tarmoqdagi 
holatlar, xususan, ijtimoiy tarmoqlar yoshlar hayotida qanday o'rin tutadi. 
Yoshlar ijtimoiy tarmoqlar olamiga qanchalar chuqur sho'ng'ib 
borayotganini quyidagi raqamlar orqali ham bilib olsa bo'ladi. Bugungi 
kunda sayyoramizning 53 foizdan ko'proq aholisi yoki 4,1 mlrd kishi 
internetdan foydalanish imkoniga ega va bu ko'rsatkich oshishda davom 
etmoqda. Shundan 3 mlrdga yaqin qismi ijtimoiy tarmoqlar a'zosidir. 
O'zbekistonda 2021 yil 1-aprel holatiga ko'ra, internet xizmatidan 


234 
foydalanuvchilar soni 22 mln.dan ortdi, shundan mobil internet 
foydalanuvchilari soni 19 mln.ni tashkil etmoqda.
Internet foydalanuvchilarining asosiy qismini ijtimoiy tarmoqlar 
foydalanuvchilari tashkil etadi. Hozirgi kunda eng katta auditoriyaga ega 
“Facebook” ijtimoiy tarmog'ida 2,5 mlrd.dan, “Youtube” videoxosting 
xizmati 2 mlrd, “Instagramm”da 1 mlrd, “Whatsapp”da 1,6 mlrd, 
“Twitter” mikroblog tarmog'ida 340 mln.dan ortiq foydalanuvchilari 
mavjud. O'zbekistonda eng ommabop hisoblangan “Telegram” messenjeri 
foydalanuvchilar soni bo'yicha Rossiya va Erondan keyin 3-o'rinda turadi. 
2021 yil aprel holatiga ko'ra, butun dunyo bo'yicha “Telegram” 
tarmog'idan foydalanuvchilar soni 400 mln.dan ortdi.
Internet mashhurligi oshgani sari, uning salbiy tomonlari ham 
ko'rinib qoldi. Xususan ba'zi insonlar kompyuter yonida kuniga 18 soat 
o'tirib, haqiqiy real hayotdan voz kechib, virtual muloqot va o'yinlarga 
mukkasidan ketmoqda. Virtual muloqot vositalari har xil turdagi fayllarni 
va xabarlarni almashish maqsadida tuzilgan. Vertual - lotincha “Virtualis” 
– imkoniyat, real ko'rinishga ega emas, lekin ma'lum shartlar qo'yishi 
mumkin deganidir. Virtual muloqotning juda ko'p turlari mavjud.

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish