33
Yangi davrda kashf qilingan ilk osmon jismlari bo‘lmish Yupiter yo‘ldoshlaridan
boshlab, yana osmon jismlariga mifologik qahramonlar nomini berish an’anasi jonlanib ketdi.
1655-yilda golland astronomi Xristian Gyuygens Saturn yaqinidan ham uning tabiiy
yo‘ldoshini kashf qildi. Gyuygens kashf qilgan yo‘ldosh sayyoradan uzoqligi bo‘yicha
oltinchisi ekanini bugungi kun astronomlari yaxshi bilishadi. Unga
Titan deb nom berishgan.
Bu nom ham albatta an’analarga juda muvofiq keladi. Chunki, Zevsdan avval dunyoni
boshqargan ma’bud Saturn (Kron) va uning aka-uka, opa-singillarini titanlar deb atashgan.
Titan so‘zining yunon tilidagi ma’nosi «ulkan», «bahaybat» degani bo‘lib, yunonlar titanlarni
juda katta ulkan maxluqlar ko‘rinishida tasavvur qilishgan. Shu mantiqqa ko‘ra, Titan nomi
ham ancha omadli chiqqan. Zero u Quyosh tizimidagi eng yirik tabiiy yo‘ldoshlardan biridir.
Yarim italyan yarim farang bo‘lgan astronom Jan Dominik Kassini Saturn
yo‘ldoshlarini kashf qilish borasida Gyuygensdan ham omadliroq chiqdi. 1671- va 1684-yillar
orasida u Saturnning yana to‘rtta yo‘ldoshini kashf qildi. U ham an’anaga ko‘ra, mazkur
yo‘ldoshlarga opa-singil va aka-uka titanlarning nomlaridan tanlab, biriktirdi. Shu tarzda,
Saturn atrofidagi yo‘ldoshlardan uchtasi mos ravishda
Tefiya,
Diona va
Reya nomini oldi.
Afsonalarga ko‘ra, Reya shuningdek Kronning (Saturnning) xotini ham bo‘lgan ekan. Kassini
kashf qilgan to‘rtinchi yo‘ldoshga
Yapet nomi berilgan. Yapet – Saturnning ukalaridan birining
ismi bo‘lgan. Shu aytib o‘tish kerakki, Saturn yo‘ldoshlariga nom berishda faqat yunon
afsonalari qahramonlariga murojaat qilingan. Sababi, rimliklarda shunchaki ularning
mahalliy
varianti bo‘lmagan (Reyadan tashqari. Rimliklarda Saturnning xotini Ops bo‘lgan). Kassini
ham Galiley singari, o‘zi kashf qilgan osmon jismlariga o‘zining homiysi bo‘lgan monarxning
nomini berishga urinib ko‘rgan. Shuning uchun u ancha muddatgacha ushbu Saturn
yo‘ldoshlarini «
Lyudoviklar» (uning qo‘lyozmalarida bu atama lotinchada «
Ludovicus» tarzida
uchraydi) deb ham atab, ushbu, atamani ommalashtirishga urinib ko‘rgan. Biroq, monarxni
astronomik tarzda sharaflashga bo‘lgan ushbu urinish ham barbod bo‘ldi.
Shunday qilib, teleskop ixtiro qilinganidan keyingi qandaydir 75 yil ichida, Quyosh
tizimda jami bo‘lib 9 ta yangi obyekt: Yupiterning 4 ta va Saturnning 5 ta tabiiy yo‘ldoshi kashf
qilindi. Bundan keyingi ishlar esa yanada qiziq tus oldi.
1781-yilning 13-mart sanasida ingliz astronomi Uilyam Gershel tungi osmonni kuzata
turib, yangi bir osmon jismini payqab qoldi va uni kometa bo‘lsa kerak deb o‘yladi. Lekin olim
tez orada mazkur osmon jismi kometa emas, balki Quyosh tizimiga mansub, Saturndan keyingi
sayyora ekanini aniqladi.
Bu endi Yupiter yoki Saturn yo‘ldoshlarini nomlash masalasidan ko‘ra jiddiyroq
masala edi. Harholda, kashf qilingan osmon jismi shunchaki kichik bir osmon jismi emas, balki
juda ulkan hajmli katta sayyora edi. Gershelning o‘zi Galiley va Kassini yo‘lidan borib, kashf
qilingan osmon jismi uchun o‘z mamlakati rahbari bo‘lgan monarx nomini berishga urinib
ko‘rdi. Gershelning qo‘lyozmalaridan Saturndan keyingi sayyorani
Georg Yulduzi deb
nomlash kerakligi qayd etiladi. Olim Angliya qiroli Georg III ni shu tarzda sharaflamoqchi
bo‘lgan. Biroq, uning urinishi ham Galiley va Kassini singari, muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
O‘sha zamonda yashagan ko‘plab astronomlar ushbu yangi sayyorani kashf qilgan odamning
o‘zini nomi bilan atash g‘oyasini qo‘llab chiqqan edilar. Shunga ko‘ra olimning o‘zi Georg
Yulduzi deb nomlagan sayyorani boshqalar
Gershel sayyorasi deb atashni odat qilishdi. Lekin
baribir bu safar ham mifologiya g‘olib chiqdi.
34
Olmon astronomi Iogann Bode o‘sha paytda ajoyib bir taklif bilan chiqdi. Sayyoralar
o‘z nomlari bilan samoviy oila tashkil qilishlari lozim va osmon jismlarining nomlanishini shu
tarzda tizimlash kerak. Afsonalarga ko‘ra, Quyoshga eng yaqin bo‘lgan uch sayyora (Yerdan
tashqari) – Merkuriy, Venera va Mars – o‘zaro aka-uka bo‘lib, ular Yupiterning farzandlari
bo‘lgan. Farzandlarning orbitasi otaning (Yupiterning) orbitasi ichkarisida joylashgan. O‘z
navbatida, Yupiter Saturnning o‘g‘li bo‘lgan va bunda ham otaning orbitasi o‘g‘ilning orbitasi
tashqarisida joylashmoqda. Afsonalardagi tartib saqlanmoqda. Shunday ekan, nimaga endi
yangi sayyorani ham shu tartibda nomlamaslik kerak? Shu taklifdan kelib chiqib, astronomlar
endilikda yangi sayyorani qadimgi yunonlarda osmon ma’budi va Saturnning otasi sanalgan
mifologik qahramoni
Uran nomi bilan atay boshlashdi. 1789-yilda esa olmon kimyogari
Martin Genrix Klaport davriy jadvaldagi yangi kimyoviy elementni kashf qildi va unga Uran
sayyorasi
sharafiga uran (U) nomini berdi.
1787-yilda Uilyam Gershelning o‘zi Uranning eng katta ikki tabiiy yo‘ldoshini kashf
qildi. U bu safar monarxni ulug‘lash fikridan voz kechdi va mifologiyaga murojaat qildi. Biroq,
Gershel endi yunon-rim ma’budlari qatoridan nom tanlamadi va inglizlarning afsonaviy
qahramonlari nomlariga murojaat etdi. Shunisi qiziqki, u garchi o‘zi nemis bo‘lsa-da, uzoq
yillar Angliyada yashagani uchun nom tanlashda nemis afsonalariga emas, balki aynan ingliz
afsonalariga murojaat qilgan. Uning taklifiga binoan, Uranning u kashf qilgan tabiiy
yo‘ldoshlari
Titaniya va
Oberon deb nom oldi. Rim va yunon afsonalaridan farqli ravishda,
Titaniya va Oberon bu ma’budlarning emas, balki odam qahramonlarning ismi bo‘lib, ular
ingliz adabiyotida va xalq og‘zaki ijodiyotida qadimda yashab o‘tgan qirol va qirolicha sifatida
qayd etiladi. Masalan, Shekspirning «Yoz oqshomidagi tush» asarida aynan ushbu qirol va
qirolicha timsoli mavjud.
1789-yilda Gershel endi Saturnning ikkita yangi tabiiy yo‘ldoshini kashf qildi. Ularga
nom berishda ham Gershel mavjud an’anani biroz buzdi. Ya'ni u Saturn yo‘ldoshlariga titan
opa-singil yoki aka-ukalarning nomlaridan tanlamasdan, aksincha, titanlarning Zevsga
mag‘lub bo‘lganidan keyin, Zevsga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan ikki bahaybat qahramon –
Do'stlaringiz bilan baham: