Zamon, makon va boshqa narsalar haqida. Ayzek Azimov



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/39
Sana24.07.2021
Hajmi2,13 Mb.
#127013
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
Bog'liq
Ayzek Azimov. Zamon, makon va boshqa narsalar haqida

kuchi deb ataladigan va qisqartmasi o.k. tarzida yoziladigan quvvat birligini keltirib chiqargan. 
Avvaliga u otning quvvatini fut-funt/soniya birligini ifodalagan va shunga ko‘ra, 1 o.k. = 550 
fut-funt/s  ekanini  belgilab  olib,  keyin  bug‘  mashinasining  quvvatini  aniqlagan  edi.  Ushbu 
koeffitsient  hozirda  ham,  o.k.  va  quvvatning  boshqa  birliklari  orasida  o‘girish  koeffitsienti 
hisoblanadi.  


108 
 
Quvvatni  ot  kuchi  bilan  ifodalash  hozirda  ham  keng  tarqalgan  amaliyot  sanaladi  va 
deyarli  barcha  dvigatellarning  quvvati  shu  birlikda  ifodalanadi.  Lekin,  ushbu  birlikning 
noqulay tarafi shundaki, u biz qabul qilgan santimetr-gramm-soniya birliklari bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri aloqadorlikka ega emas. Ya’ni, 1 fut-funt=1,355282 joul bo‘lib, shunga ko‘ra, 1 o.k. = 
10,688 kal bo‘ladi. Ushbu singari kasr sonlar bilan amallar bajarish esa har doim ham qulay 
emas.  
Biz  ushbu  maqola  uchun  nazarda  tutgan  gramm-santimetr-soniya  tizimi  uchun, 
quvvatning  birligi  sifatida  erg/soniya  birligi  qabul  qilinsa  ayni  muddao  bo‘ladi.  Lekin,  biz 
yuqorida ko‘rganimizdek, erg juda ham kichik birlikdir. Shu sababli ham, joul/soniya birligini 
ishlatish nisbatan qulay bo‘ladi. 1 joul = 10 000 000 erg bo‘lgani uchun, 1 J/s 10000000  erg/s 
= 10000000 g∙sm
2
/s
2
 bo‘ladi.  
Endi,  ushbu  birlikka  ham,  nisbatan  lo‘ndaroq  nom  topish  kerak.  Axir,  «joul  taqsim 
soniya» deb aytishdan ko‘ra, ancha qisqaroq bo‘lgan nom topish mumkinligini biz yuqoridagi 
bir necha misollarda ko‘rdikku! Ushbu qisqa nom bir bo‘g‘inli so‘z bo‘lsa undan ham yaxshi 
bo‘ladi. Eng yaxshi variant shuki, quvvatni o‘lchash borasida ilk muvaffaqiyatli ilmiy ishlar 
qilgan, boz ustiga familiyasi ham atiga bir bo‘g‘inli bo‘lgan olimning sharafiga ushbu birlikni 
atash kerak. Ya’ni, Jeyms Uatt nomini bilan, quvvat birligini ham uatt deyish mumkin. Bizning 
talaffuzimizda vatt tarzida singib ketgan birlik ham aslida aynan shuning o‘zginasidir. Demak, 
1 J/s quvvat = 1 vatt bo‘ladi. Vattning belgilanishi Vt tarzida yoziladi.  
Agar biz quvvatni vaqtga ko‘paytirsak, biz yana energiyani keltirib chiqargan bo‘lamiz. 
Masalan,  1  vatt  quvvatni  1  soniya  vaqtga  ko‘paytirsak,  1  Vt∙s  bo‘ladi.  Ushbu  Vt∙s  ni  ham 
energiya uchun birlik sifatida qo‘llash mumkin. 1 Vt=1 J/s bo‘lgan uchun, 1 Vt∙s=1 J bo‘ladi 
va u, yaxshi bilasizki, energiyaning birligidir.  
Siz bilan bizga nisbatan yaxshiroq tanish bo‘lgan energiya o‘lchov birligi esa – kilovatt-
soat  (kVt∙soat)  hisoblanadi.  1  kVt  =  1000  Vt,  1  soat=3600  soniya,  shunga  ko‘ra,  1 
kVt∙soat=1000×3600 Vt∙s = 3600000 joul = 36 000 000 000 000 erg bo‘ladi.  
4185 joul = 1 kkal bo‘lganidan, 1 kVt∙soat=860 kkal = 860 000 kal bo‘ladi.  
Kuniga 2500 kkal  energiya iste’mol qiluvchi  odamning issiqlik  ko‘rinishida o‘zidan 
ajratib chiqaradigan energiya miqdori o‘rtacha 104 kkal/soat ni tashkil etadi. Bu esa, taxminan 
0,120  kVt∙soat/soatga  teng  bo‘lib,  demak,  ≈120  vattni  tashkil  qiladi.  Issiq  yoz  kunlarida 
avtobusga chiqqanda, yoki, tor xonaga kirib kelganda shuni inobatga olingki, avtobus salonida, 
yoki, biz aytgan tor xonada har bir yangi odamning paydo bo‘lishi, o‘sha muhitga qo‘shimcha 
yana  120  vatt  issiqlik  energiyasining  ajralib  chiqa  boshlashini  ifodalaydi.  Bu  deyarli  bitta 
qo‘shimcha lampochka yoqib qo‘ygandek gap men sizga aytsam.  
Keling,  mavzuga  qaytamiz.  Biz  atiga  bir  gramm  massaning  parchalanishidan  hosil 
bo‘ladigan  energiyani  o‘lchash  bir  necha  xil  teng  kuchli  birliklar  mavjudligini  bilib  oldik. 
Ya’ni, 1 gramm: 
900 000 000 000 000 000 000 ergni; yoki, 
 
90 000 000 000 000 joulni, yoki,  
 
21 500 000 000 000 kaloriyani, yoki,  
 
25 000 000 000 kilokaloriyani, yoki,  
 
25 000 000 kVt∙soat ni ajratib chiqaradi.  


109 
 
Shunday  xulosa  qilish  mumkin:  erg  –  juda  kichik  o‘lchov  birligi.  Lekin,  gap  900 
kvintillion  haqida  borayotganda,  baribir  lol  qolmaslikning  imkoni  yo‘q.  Agar,  hali  ham 
tushunmagan  bo‘lsangiz,  quyidagi  misol  sizni  bu  narsani  yaxshilab  tushunib  olishingizga 
ko‘mak  beradi.  Bu  shunday  demakki,  atiga  1  gramm  massani  to‘liq  energiyaga  aylantirib 
yuborilsa, hosil bo‘lgan energiya bilan biz 1000 vattlik elektr lampasini 2850-yil mobaynida 
o‘chmay nur sochib turishini ta’minlagan bo‘lamiz! Endi qoyilmisiz?! 
Oh,  bu  narsa  bizdagi  energetik  taqchillik  va  yoqilg‘i  yetkazib  berish  muammolarini 
bartaraf  etishi  kerakku!  –  deb  xitob  qilib  yuborgandirsiz?  Keling,  savolni  boshqacharoq 
qo‘yamiz. 1 kVt∙soat energiya ishlab chiqarish uchun qanday massani energiyaga aylantirish 
kerak bo‘ladi?  
Agar 1 gramm massa 250 000  000 kVt∙soat energiyaga aylana olsa, unda, 1 kVt∙soat 
energiya ishlab chiqarish uchun, 1/250000000 gramm kerak bo‘ladi. Natija favqulodda kichik 
son  bo‘ladi.  Bu  bilan  ishlash  qulay  bo‘lishi  uchun  endi  bizga  grammdan  ham  kichik  birlik 
zarur. Buning uchun biz grammni milliondan biriga teng bo‘lgan mikrogramm birligini qabul 
qilamiz. Belgilanishi mkgr bo‘lgan ushbu birlik 10
‒6
 grammga teng bo‘ladi. Unda, 1 kVt∙soat 
energiya hosil qilish uchun 0,04 mikrogramm massa zarur bo‘lishini topish qiyin emas. Lekin, 
mikrogramm ham ancha katta birlik bo‘lib, shu sababli biroz noqulaylik qiladi. Shu sababli 
ham, biz endi mikrogrammning o‘zini ham milliondan bir ulushga bo‘lib yuboramiz va natijada 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish