O’simlik va hayvonlarning tosh qazilma topilmalaridan farqli ravishda zamburug’larning qazilma topilmalari nisbatan kam uchraydi. Ularning eng dastlabki qazilma holdagi namunalari paleoproterozoy erasiga mansub bo’lib, ularning yoshi 2,4 mlrd yilga teng. Ushbu ko’p hujayrali dastlabki zamburug’lar bentos organizmlar bo’lib, suv ostida ipsimon ko’rinishda o’sgan. Kuni kecha esa paleontolog-mikolog olimlar bundan ham antiqa topilmaga duch kelishdi. Ular Kanadaning artktika qismida Ourasphaira giraldae deb nomlanuvch zamburug’ning toshga aylangan qoldig’ini topishdi. Topilmaning yoshi mlrd dan oshiq. Bu shundan dalolat beradiki zamburug’lar quruqlikda o’simliklardan avvalroq o’sgan. - O’simlik va hayvonlarning tosh qazilma topilmalaridan farqli ravishda zamburug’larning qazilma topilmalari nisbatan kam uchraydi. Ularning eng dastlabki qazilma holdagi namunalari paleoproterozoy erasiga mansub bo’lib, ularning yoshi 2,4 mlrd yilga teng. Ushbu ko’p hujayrali dastlabki zamburug’lar bentos organizmlar bo’lib, suv ostida ipsimon ko’rinishda o’sgan. Kuni kecha esa paleontolog-mikolog olimlar bundan ham antiqa topilmaga duch kelishdi. Ular Kanadaning artktika qismida Ourasphaira giraldae deb nomlanuvch zamburug’ning toshga aylangan qoldig’ini topishdi. Topilmaning yoshi mlrd dan oshiq. Bu shundan dalolat beradiki zamburug’lar quruqlikda o’simliklardan avvalroq o’sgan.
- . Zamburug’lar boshqa olam vakillarining aksariyati bilan simbioz hosil qilishi bilan ham ajralib turadi. Ularning tabiatda mutualistik yoki antogonistik simbioz shakli ko’proq uchraydi. Yuksak o’simliklarning deyarli 90 foizi zamburug’lar bilan mikoriza hosil qilishda ishtirok etadi. Olimlarning ta’kidlashlaricha yuksak o’simliklar va zamburug’larning mikoriza hosil qilish hodisasi juda qadimiy jarayon bo’lib, ayni vaqtda fanda 400 mln yil avvalgi ana shunday simbioz ko’rinishining dalillari mavjud.
- 👉 . Zamburug’lar ichida zaharli vakillari mavjud bo’lib, ular ishlab chiqargan zahar mikotoksin deb ataladi. Ular orasida anchadan beri ma’lum bo’lgan, o’ta zaharli amatoksin ishlab chiqaruvchi Amanita zamburug’lari mavjud bo’lib, ular odatda boshoqli ekinlarni zararlantiradi, shunday o’simliklar mahsulotlarni iste’mol qilgan odamlar orasida ergotizm deb nomlangan o’ta xavfli kasallik yuzaga keladi. Qadimda ergotizm epidemiya darajasigacha ko’tarilib, butun katta shaharlar aholisini qirib tashlashgacha borgani ma’lum.
👉 . Zamburug’larning xilma-xilligi borasida hanuzgacha bilimlarimiz chegaralangan bo’lib, ularning tur soni haqida 2017-yilgi ma’lumotda 2,2 mln dan 3,8 mln gacha yetishi mumkinligi aytiladi. Hozirgacha ularning atigi 120 000 turi tavsiflangan bo’lib, ularning 8000 dan ortiq turi o’simliklarga, 300 ga yaqin turi esa odamlarda turli xilda patogen xususiyatlarini namoyon qilishi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |