Zamburugʻlar (Fungi yoki Mycetes) eukariot organizmlar dunyosi (bulimi). tayyor organik modsalar hisobiga yashaydi, yaʼni geterotrof organizm hisoblanadi



Download 21 Kb.
Sana29.04.2020
Hajmi21 Kb.
#48050
Bog'liq
N4 Zamburugʻlar tuzilishi va klassifikatsiyasi


Zamburugʻlar (Fungi yoki Mycetes) — eukariot organizmlar dunyosi (bulimi). 3. tayyor organik modsalar hisobiga yashaydi, yaʼni geterotrof organizm hisoblanadi. Odatda oʻsimliklarda, tuprokda, suvda, hayvonlarda yoki ularning qoldiqlarida hayet kechiradi. Oziklanish usuliga qarab parazit va saprofit Z.ga boʻlinadi. Z.ning odamlar va hayvonlar uchun zararli va foydali yuz mingdan ortiq turi uchraydi. 3. haqidagi fan mikologiya deb ataladi. Tuzilishi. Kupchilik Z.ning (baʼzi hujayra ichki parazitlaridan tashqari) vegetativ tanasi mitseliy kurinishida, yaʼni oziklanish substrati sirtiga yoki ichiga taralib, uchidan oʻsadigan ingichka ipcha — gifalardan iborat. Koʻpayishi. 3. vegetativ vareproduktiv (jinssiz va jinsiy) koʻpayadi. Vegetativ koʻpayish mitseliy ipchalarining boʻlinishi yoki sklerotsiyalar bilan amalga oshadi. Bu boʻlakchalar har xil yoʻl bilan tarqalib, qulay sharoitga tushganda yangi mitseliysi hosil boʻladi. Jinssiz koʻpayish mitseliyning maxsus shoxchalarida xreil boʻladigan sporalar orqali roʻy beradi. Sporalar hosil boʻlishiga qarab endogen va ekzogen buladi. Endogen sporalar odatda gifa (sporangiy yoki zoosporangiy)ning sharsimon uchlarida kup miqdorda rivojlanadi. Ekzogen sporalar (konidiyalar) mitseliyning maxsus shoxlarida yakka, guruh bulib, kupincha zanjirsimon rivojlanadi. Jinsiy koʻpayish ikkita har xil jinsiy hujayraning qoʻshilishidan hosil boʻladigan zigotalar orqali roʻy beradi. 3. hamma joyda keng tarqalgan. Aksari Z.ning tabiatda umri kiska. Ularning mitseliysi bir necha sutkada rivojlanib, spora hosil qilgach, oʻsishdan toʻxtab, nobud boʻladi. Mitseliysi koʻp yil yashaydigan 3. ham bor. Jumladan, patogen va parazit 3. mitseliysi bir necha yillab yashaydi. Shuningdek, sklerotsiylari va turlituman sporalari bilan uzoq vaqggacha saqlanadigan 3. ham boʻladi. Koʻp sporalar quruq holatda hayotchanligini oʻn yillab saklashi mumkin. Muhim fiziologik xususiyatlari. 3. rivojlanishi uchun kislorod zarur boʻlib, aerob organizm hisoblanadi. Lekin ayrim 3., mas, achitqi 3. iga ozgina kislorod ham yetarli. Koʻp 3. turli xil (spirtli, limonli) achitish xususiyatiga ega. 3. 20—25° da yaxshi oʻsadi, baʼzilari 2—4° da ham oʻsaveradi. Z.ning oʻsishi uchun yorugʻlik zarur emas, lekin quyosh nuri ularning oʻsishi va spora hosil qilishiga salbiy taʼsir etadi. Tabiat va inson hayotidagi ahamiyati. Tuproqda yashaydigan 3. oʻsimlik qoldiqlari (jumladan qiyin parchalanadigan sellyuloza va lignin)ni yemiradi va minerallashtiradi. Yogʻochlarni, asosan, poʻkak 3. yemiradi. Koʻpchilik 3. oʻsimliklarda turli kasalliklarni qoʻzgʻatadi. Odamlardagi qator kasalliklar: kal, qirma temiratki va boshqalarni 3. qoʻzgʻatadi. Foydali 3. ham koʻp. Penicullium va Aspergillus turkumiga mansub Z.dan vitaminlar, antibiotiklar, limon kislota va steroid preparatlar olishda foydalaniladi. Achitqi 3. vino, non, pivo tayyorlashda ishlatiladi. Z.dan koʻnchilik, toʻqimachilikda va sanoatning b. tarmoqlarida qoʻllaniladigan turli xil fermentlar olinadi. Dunyoning koʻpgina mamlakatlarida 3. ovqatga ishlatiladi; isteʼmol qilinadigan Z.ning turi 100 dan ortadi. Bulardan kuplari qimmatli boʻlib, tarkibida oqsil moddalari, vitaminlar va fermentlar bor. 3., asosan, konservalab (quritib, tuzlab, ziralab) isteʼmol qilinadi. 3. tasnifi: I sinf — tuban zamburugʻlar yoki fikomitsetlar (Phycomycetes); II sinf — xaltali zamburugʻlar yoki aksotsimetlar (Ascomycetes); III sinf — bazidiomitsetlar (Basidiomycetes); IV sinf — takomillashmagan zamburugʻlar (Deuteromycetes yoki Fungi imperfecti). 3. oʻsimlik, hayvon va odamlarda kasallik qoʻzgʻatish xususiyatiga ega, oziqovqat mahsulotlarini buzadi. Gʻoʻzada vilt va chirish kasalliklarini paydo qiladi (yana q. Zamburugʻli kasalliklar). Baʼzi 3. hasharotlar sonini hamda kasallik tugʻdiruvchi (patogen) 3. rivojini susaytirishda ijobiy ahamiyatga ega. Vertitsillyoz soʻlishni qoʻzgʻatuvchi 3. kushandasi (3. — antagonist)ga Trichoderma Iignoram Hars., Aspergilius sp., Penicillim sp. va b. kiradi.

3. tuprokda bakteriyalar, aktinomitsetlar va mikroorganizmlar bilan birgalikda organik moddalarni parchalab, sanitarlik vazifasini bajaradi va tabiatda moddalar aylanishida ishtirok etadi. Shu bilan birga tuprokda usimlik kasalliklarini qoʻzgʻatuvchi 3. toʻplanib ham qoladi. Monokultura natijasida oʻsimliklarning maʼlum turlarigagina ixtisoslashgan 3. yigʻiladi. Aspergilius, Penicillium, Mucor, Trichothecium, Rhizopus va b. turkumga mansub baʼzi tur 3. urugʻlik materialning mogʻorlashiga sabab boʻlib, ularning unuvchanligini pasaytiradi. Koʻpgina mogʻor 3. xom ashyoni saklash davrida paxta tolasi sifatini buzadi. Baʼzi turlari isteʼmol qilinadi (jumladan, qoʻziqorin). Z.ning fermentativ, antibiotik, toksik va parazit lik xususiyatlaridan veterinariyada hamda oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda, shuningdek, yengil sanoatda, oziqovqat va farmatsevtika sanoatida foydalaniladi.[1]
Download 21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish