Nazlimxon sulu Markaziy Osiyoning ko’hna asrlardagi Ismoil Somoniy, Xoja Axmad Yassaviy, Muxammad Tekesh Sanjar, Guri Amir, Biybixonim kabi durdona memoriy obidalari bilan bir qatorda xalqimizning bebaxo yodgorligi Xodjayli shahrining qadimgi va orta asrdagi qismi. Mizdakxon quriq muzeyi aymog’ida joylashgan bu yodgarlik mahalliy xalq orasida “qiz uyi” , “sufining qizining uyi”, yoki “saroyi” nomlari bilan mashxur.
Umumiy maydoni 30x3 metr bulgan bu binoning kirish oldidan boshlab quyilgan zinalar yordamida ichkariga kirganingizda yodgorlik haqida xar xil fikrlar mavjud bulib uzingizni boshqa bir olamga – yeti qavat yer ostidagi saroyga kirgandek xis qilib, uning ustida qancha tuproq bor ekan degan fikrga berilishingizni bilmay qolasiz. Dastlab eshik ortidagi gumbaz bilan bostirilgan devorlari bilan burchaklari xar xil naqshlar bilan bezatilgan turt burchakli kichik xonaga kirasiz. Songra uzun dahliz buylab quyilgan zinalar yordamida sakkiz metr pastda joylashgan katta markaziy zalga o’tasiz. Devorlari jahonning turt tamoniga qaratip qurilgan bu zal sakkiz qirli katta gumbaz bilan bostirilgan. Devorlardagi gishtlar orasiga quyilgan “gulbonalar” koz oldingizga osmondagi yulduzlarni eslatadi. Uning burchaklaridagi zina tarzidagi bitilgan naqshlar bo’lsa shu davrdagi mohirlikning cho’qqisi ekanligidan darak berib turgandek. Nazaringizda yanada yuqori kutargan vaqtida markaziy xonani yorig’lantirib turgan osma zanjirli oltin shamlarning o’rinlarini korasiz, yanada yuqori tamonida gumbazning har qiriga bir-birdan ornatilgan bitik naqshli sakkiz panjara markaziy zalni kunduzgi kuni yorig’lantirib turgan.
Zal poli qiriga ornatilgan gishtlar bilan toshalgan. Uning ortasida osmon ko’k rangli plitalardan iborat turt burchakli maxsus kichkina maydon ishlatilgan.Rivoyatlarga qaraganda, u Nazlimxon suluga oshiq Abutalipning gumbazdan uzini tashlab nobud bulgan o’rni. Shuning uchun ham qizning uyiga kelgan ziyoratchilar bu maydonni aylanib utar ekan.
Markaziy zalning shimol va sharq tarafida usti yarim gumbaz shaklida bostirilgan oldi ochiq supali joylar qurilgan. Hozirga vaqtda ularning ikkalasida ham qabrlar bor. Rivoyatlarga qaraganda shimoldagisi Nazlimxon sulu ismli qizga, sharqdagisi shu binoni qurgan usta yigit Abutalipga tegishli. Qabrlarning ustiga ishlangan sag’analar buzilib bugungi kunda ularning faqat past qatorlari gina saqlangan. 1928-1929- yillarda yodgarlikda qozish ishlarini olib borgan professor A.Yu.Yakubovskiyning yozishiga qaraganda bu sag’analarning ikkalasi ham oltin plitalar bilan bezatilib, ularning devorlarida fors tilida yozilgan filosofik qatorlari bo’lgan. A.Yu.Yakubovskiy ko’chirib olgan bu yozma manbalar sharqshunos olim A.A. Nekrasov tamonidan o’qilib, unga tushinik bergan. Ularning birida “Umr ajoyib, lekin u mangu emasligi o’kinchli” deb yozilgan qatorlarni oqiysiz.
Professor A.Yu.Yakubovskiyning “Qiz uyi” deb nomlangan bu yodgorlik XIV asrlarga tegishli yer osti mavzoleyi birinchi ilmiy tadqiqoti undan keyingi davrlarda yodgorlikni tadqiqot qilgan olimlar B.N.Zasipin va V.N. Yagodinlar qabul qilgan. Lekin 1959- yili bu yodgorlikni qayta tiklashga bogliq olib borilgan arxeologik ishlarning natiyjasida Toshkentlik arxeolog olim V.I.Filimonov Nazlimxon sulu XIII-XIV- asrlarda yer ostiga qurilgan mavzoley emas, XII asrning oxiri XIII asrning boshlarida yani Chingizxon askarlari ulkamizni bosib olgun
Do'stlaringiz bilan baham: |