33-savol: Stokgolmdagi moliyaviy Boshqarmada ishlaydigan Elfrid Karlson 20 dan ortiq kuchukcha hurushni biladi. Bu nimaga kerak?
Javob: U kuchuklarga soliq soladi. 34-savol: Bu daraxt Afrika shimolida shu yerlik xalqning ozuqaga, qurilish materiallariga, qisqasi, kun ko‘rish uchun zarur narsalarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Sahroi kabirning ayrim viloyatlarida uning mevasi hamon pul vazifasini o‘tab kelmoqda. Bu qaysi meva?
Javob: Xurmo. 35-savol: Ulug‘ Vatan urushi yillarida okop va yerto‘lalarda bu hayvonlar boqilgan. Chunki bu hayvonlar askarlarni jiddiy xavfdan saqlagan. O’sha okoplarda qaysi hayvonlar boqilgan?
Javob: Mushuklar.
Izoh: Harobaga aylangan dalalarda yemish topa olmagan kemiruvchilar jangchilar yaqiniga joylashib olardi. Ular tulyaremiya degan juda ham xavfli, og‘ir yuqumli kasalliklarni tarqatardilar. 36-savol: Eyfel minorasi ichidagi esdalik sovg‘alari magazinidan savol muallifi esdalik sifatida Eyfel minorasi maketini sotib oladi. Esdalikdagi narx belgisini olib tashlagach bir yozuvga ko‘zi tushadi va xafa bo‘lib ketadi. U yerdagi yozuvni siz aniq qilib yozib bering.
Javob: Made in China. 37-savol: O’tmishda yashab o‘tgan buyuk yozuvchilar, kompozitorlar, rassomlar ko‘pincha klassiklar deyiladi. «Klassik» so‘zi eng yaxshi, barkamol, namunali, hamma e’tirof qilgan kabi ma’nolarni anglatadi. Shunday bir alohida fan ham borki, u o‘zining barkamolligi tufayli klassik fan deyiladi. Bu qaysi fan?
Javob: Bu Nyutonning klassik mexanikasidir. 38-savol: Farer orollaridagi mahalliy aholi Jyul Vernni yozishicha oroldagi juda yog‘li bir
qushning o‘ligidan tayyor ro‘zg‘orda kerakli bir narsa sifatida foydalanishgan. Nima sifatida?
Javob: Sham sifatida. 39-savol: 2007 yilning boshida bo‘lib o‘tgan bir voqeadan keyin ko‘pgina AQShning boylari
unga o‘z uylarini taklif qila boshladilar. Albatta uning vaqti ziq bo‘lganligi sababli u bu uylarni ko‘rib chiqib, tanlashni o‘zining yaqin bir insoniga topshirdi. Biz esa sizdan ishonib topshirgan insoniga bog‘liq guruh nomini yozib berishingizni so‘raymiz.
Javob: “Spice Girls”.
Izoh: Bu inson Bekxem edi. Uning xotini Viktoriya esa aynan shu guruh qo‘shiqchisi xisoblanadi. 40-savol: U 1855 yili sayyoh Livingston tomonidan kashf etilgan. Uning yonida bu sayyohning haykali o‘rnatilgan. Uning yaqinida «katta daraxt» o‘sib turibdi. U nimani kashf qilgan?
Javob: Viktoriya sharsharasi. 41-savol: Mavzuni davom ettirib yumoristlarning bir gapini to‘ldirishingizni so‘rayman. “Labaratoriyada yangi dangasa-robot yaratildi. Imtixonlar a’lo darajada o‘tdi: robot …..”. Gapni bir so‘z bilan tugating.
Javob: Ishlamadi.