Zakovat savollari



Download 15,21 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi15,21 Kb.
#832325
Bog'liq
Zakovat savollari

Zakovat savollari.



  1. Avvalo bu ayyomda bunaqa savol uchun uzr. Latifa yoki ibratli hikoya. Bir uy egasining uyiga uzoq shahardan mehmon keladi. Mehmonga izzat hurmat koʻrsatishadi. Qozon kabob, qaynatma shoʻrva, somsa. Kabob kabi taomlarni navbat bilan tortishibdi. 4 kun oʻtibdi hamki mehmon ketmabdi. Uy egasi hijolat boʻlib kattalardan maslahat soʻrabdi. Kattalar noima taomlar tayyorlab tortganin soʻrashibdi. Javobni eshitgandan soʻng esa bir maslahat berishibdi. Unga amal qilgan ekan mehmon tezda ketibdi.Diqqat savol: qaysi ishni maslahat berishgan.

Javob: osh qilib berishni. Oʻzbek udumlariga koʻra osh tortilmasa mehmon ketmasligi kerak.

  1. Inglizlarda Fridayman, ruslarda pyatnitsa bsiz esa uni boshqa nom bilan bilasiz. Savol: 1 daqiqada uning kim yoki nimaligini ayting.

Javob:Jumavoy. Izoh Robinzonning doʻsti. Juma javobi qabul qilinmaydi.

  1. Kimyoga qiziqasizmi. Ma’lumotlarga qaragnda dunyoda eng koʻp tarqalgan birikmalardan biri u ekan. Savolni osonlashtirish uchun aytaman. Kislota yomgʻirining asosiy qismini yani 50 foizdan koʻpini u tashkil etar ekan. Diqqat savol. U nima. Javob: Suv H2O

  2. Kitob oʻqishni yoqtirasizmi. Dunyoga mashhur adib Rey Bredberining Farangeyt boʻyicha 451 gradus degan kitobi bor. Asar boʻyicha dunyoda barcha kitoblar olovga tashlanib kuydiriladi. Goʻyoki ular insonning baxtini yarimta qilar emish. Asarning bunday nomlanishiga sabab esa. Xuddi shu darajada sodir boʻladigan bir hodisadir. Ammo yozuvchi bu darajani adashtirib yuborgan. Aslida u selsiy boʻyicha 451 gradus boʻlishi kerak edi. Endi savol Selsiy boʻyicha 451 darajada nima sodir boʻladi?

Javob: qogʻoz oʻz oʻzidan yona boshlaydi.

  1. Hammaning oʻz yoqtirgan kasbi bor masalan kimdir buxgalterlikni yoqtirsa kimdir qurilish sohasini tanlaydi. Bu kasb tarixi 7000 yilga teng deb qaraladi. Oskar mukofoti topshirish jarayonida bu kasb egalari sahna ortid turib eng asosiy ishlrdan birini qilishar ekan. Tarixda yozilgan birinchi imzo u kasb egasiga tegishli ekan. Imzoning oʻzi esa ma’lumotlardan soʻng. Imzo qoʻydim. Kushim deb yozilgan. Savol tushunarli boʻlgan boʻlsa 1 daqiqadan soʻng bu qaysi kasb ekanligini ayting. Javob: Buxgalterlik. Izoh: Buxgalterlar Oskar mukofotidagi byullentlarni qoʻlda sanab gʻolibni aniqlab berishar ekan.

  2. Uni yoqtirmaydigan insonni uchratish qiyin., uni astlabki koʻrinishi olib yurishga noqulay boʻlganligi uchun ham taxminan ming yil ilgari Xitoyda hozirgi shakli paydo boʻlgan. Yevropaga esa 1574-yilda ilk bor Leyden shahrida paydo boʻldi. Ta’rif: U ning yetishmasligi- barcha yovuzliklarning ildizidir.Mark Tven. Savol. U nima. Javob: Pul

  3. U dastlab oʻgʻrilarga sherik, keyin gʻassol, keyin eshon uyida xizmatchi keyin esa shayxlarga qoʻshilib tilanchi boʻlgan. Oʻrtada siz va men bilgan bitta aybi bor. Savolni tushungan boʻlsangiz ayting uning aybi nima. Javob: Ba’zan yolgʻon gapirib qoʻyadi. Izoh: Gap Shum bola haqida ketyapti.

  4. Bu ishni qilishni yaqin yaqingacha quduqlar uddalagan. Quduqlarning vazifasi suv berish bilan birgalikda, u ham boʻlgan. Zamonaviy texnologiyalar paydo boʻlishi bilan quduqlardan bu funksiya ketib, texnika qoʻliga oʻtgan. Ammo, ba’zi hududlarda hali ham bu ishni quduqlar bajaradi. Diqqat savol. Qaysi ishni. Goʻshtni yoki tez aynuvchi maxsulotlarni saqlash.

  5. Temuriylar davlatchiligida shunday bir lavozim kasb boʻlganki, U kasb egalari oʻgʻirlik, talonchilik va boshqa mayda jinoyatlar uchun aksariyat hollarda jazolanmagan. Amir Temur fikricha u yumushning oʻzi ular uchun jazodir. Diqqat savol. Amir Temur qaysi kasbni nazarda tutmoqda. Javob: Askar.Izoh:Chunki ular har doim vatandan yiroqda xavf-u hatarda qiyinchilikda va oʻlim bilan yuzma-yuz hayot kechirishgan.

  6. Uning turlar koʻp. Oʻzbekistonning oʻzida 200 dan ziyod varianti bor. Turk maqolini eshiting: Musulmon olamida nechta shahar boʻlsa, x ning ham shuncha turi bor. Uning tarixi X-XI asrlardan beri ma’lum.. Ayrim ma’lumotlarda esa u ilk marta Iskandar qoʻshini undan foydalanganligi qayd etiladi. Savolni tushungan boʻlsangiz ayting. U nima. Javob: Osh yoki palov.

  7. Insoniyat tarixida shunday voqea boʻlib oʻtganki, buning natijasida yer yuzi aholisining 13 foizi qirilib ketadi. Buning oqibatida, atmosferaga karbonad angidrid chiqishi sezilarli darajada kamaygan va yer yuzida iqlim sovib ketishiga sabab boʻlgan. Bu qaysi hodisa. Javob. Chingizxon bosqini.

Download 15,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish