Ilk o’rta asr SHarq falsafasi va uyg’onish davri. Markaziy Osiyo – sivilizatsiyaning qadimgi o’choqlaridan biri. VIII-IX asrlarda Markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Bu davrda xalifalik markazlari – Bag’dod va Damashqda madaniyat va fan ravnaq to’di.
Xalifalar al-Mansur (754-776), Horun ar-Rashid (786-809), Ma’mun (813-833) hukmronligi davrida hind va yunon adabiyotlarining tarjimalariga qiziqish ayniqsa kuchaydi, Aristotel, Galen, Gippokrat, Arximed, Yevklid kabi yunon faylasuflarining ilmiy merosi o’rganildi. IX asr boshida Bag’dodda «Dor ul hikmat» - «Bilim uyi» tashkil etildi. Bu dargohda xalifalikning turli shaharlaridan taklif qilingan olimlar astronomiya, tibbiyot, tarix, geografiya, kimyo, falsafa va boshqa fanlarni sinchiklab o’rgandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |