Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 3,97 Mb.
bet212/677
Sana04.02.2022
Hajmi3,97 Mb.
#430787
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   677
Bog'liq
2 5442675131216298385

Qadriyat tushunchasi

XIX asr o‘rtasiga qadar falsafada «borliq» va «qadriyat» tushunchalari bir-biridan ajratilmagan edi. Aksiologiya (yunoncha axia - qadriyat va logos ta'limot so‘zlaridan) mustaqil fan sifatida borliq tushunchasi ikki komponentga ajralgan paytda yuzaga keladi: bir narsaning mavjud bo‘lishi va uning mohiyati. Boshqacha qilib aytganda, ob'ekt va sub'ektning o‘zaro ta'siri paytda sub'ekt uchun ob'ektda shunday bir narsa ayon bo‘ladiki, uni ob'ektning mavjud bo‘lishining o‘zigagina bog‘lab bo‘lmaydi, ya'ni u go‘yo ushbu mavjudlik chegarasidan tashqarida turadi va u uchun muayyan ahamiyatga ega bo‘ladi. Ob'ekt va sub'ektning o‘zaro ta'sirini ana shunday tushunish qadriyat tushunchasini hozirgi zamon falsafasining kategorial apparatining elementi sifatida shakllanishi uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qildi.


Qadriyatlar - voqyelikdagi muayyan hodisalarning qimmatini belgi­lash uchun xizmat qiluvchi falsafiy kategoriya bo‘lib, u mazkur hodi­sa­ning sub'ekt tomonidan aks ettirilishi natijasida paydo bo‘ladi.
Qadriyatlarning tabiati haqida so‘z ketar ekan, falsafiy adabiyotlarda bir-biri bilan raqobat qiluvchi to‘rtta asosiy yondashuv­larni ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi yondashuvga ko‘ra, qadriyatlar dunyosi alohida, mustaqil, sub'ektga ham, ob'ektga ham nisbat berib bo‘lmaydigan olam sifatida talqin etiladi. Neokantianlikning klassiklaridan biri G.Rikkert yozganidek, «qadriyatlar sub'ekt va ob'ektdan tashqarida joylashgan butunlay mustaqil saltanatni tashkil etadi».68 Ikkinchi yondashuvga ko‘ra esa, qadriyaviy xususiyatlar narsalarning o‘zida mavjuddir. Boshqacha qilib aytganda qadriyatlar manbai tashqi voqyelik xususiyatlarida ko‘rinadi. Ana shu bilan bog‘liq ravishda qadriyatlar narsalarning muayyan ehtiyojlarni qondira olishga bo‘lgan ob'ektiv qobiliyati sifatida qaraladi. Uchinchi yonda­shuv­ning mohiyati shundan iboratki, tabiatda qadriyatlar mustaqil mavjud emas. U yoki bu narsalar faqat sub'ektning baholash faoliyati tufayli o‘z qadr-qimmatiga ega bo‘ladi. Bunga misol sifatida g‘arb estetikasi antologiyalaridan birining tuzuvchisi bo‘lgan M.Reyderning fikrini keltirish mumkin: «Haqiqatlarga qarama-qarshi o‘laroq, qadriyatlar shunchaki tasavvur qilinadi xolos... Faktlar kuzatuvchilar guruhi uchun bir xil xususiyatga ega bo‘lsa, qadriyat har bir baholovchining sub'ektiv fikri bilan bog‘liq ravishda turli tabiatga ega bo‘ladi»69. Bir kishi uchun qimmatli bo‘lgan narsa boshqa kishi uchun unday bo‘lib ko‘rinmaydi. To‘rtinchi yondashuvda esa oldingi yondashuvlarning o‘ziga xos sintezi amalga oshiriladi va qadriyatlarning ikki yoqlama (ob'ektli va sub'ektli) tabiatga ega ekanligi ta'kidlanadi.

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   677




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish