Jamoliddin Afg’oniy (1838-1897) diniy islohotchilik ruhidagi diniy-siyosiy oqimning asoschisi bo’lib, uning dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy, ma’rifatparvarlik faoliyati murakkab va ziddiyatlidir.
Jonli tabiat - organizmning tashqi muhit bilan modda almashuviga asoslangan tabiat.
Jonsiz tabiat - noorganik olam.
Jamiyat – keng ma’noda tabiatning yuksak darajada rivojlangan tarkibiy qismi, o’z-o’zidan rivojlanib boruvchi ijtimoiy organizmni, kishilar hayot-faoliyati va munosabatlarining jamini ifodalaydi... Tor ma’noda insoniyat tarixining muayyan bosqichi yoki ijtimoiy tizimning aniq turini bildiradi. Umumbashariy ma’noda odamzodning umri, hayoti o’tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog’liq barcha o’zgarish, jarayonlarni ifoda qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |