Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 3,97 Mb.
bet327/677
Sana04.02.2022
Hajmi3,97 Mb.
#430787
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   677
Bog'liq
2 5442675131216298385

Qadimgi Misr. Estetik tafakkur taraqqiyotiga qadimgi Misr madaniyati juda katta hissa qo’shgan. Barcha qadimgi xalqlar qatori misrliklar ham go’zallikni hayotda deb bilganlar va uni foydalilik mezoni bilan o’lchaganlar. Chunonchi, quyosh ma’budi Atonga (milodgacha XY asr) bag’ishlangan alqovlardan birida shunday deyiladi:
Sening go’zalliging o’zi hayotdir,
Umr bag’ishlaydi har bir yurakka155.
Ma’lumki, Nil toshqini qadimgi Misr farovonligining asosi bo’lgan. Farovonlik esa, ular fikricha, go’zallikdir. SHuning uchun misrliklar Nilni ilohiy daryo sifatida talqin etadilar. Unga atalgan alqovlarning birida u barcha go’zallliklarning bunyodkori deb ta’riflanadi:
Er yayraydi u yoyilgan chog’ida,
Quvonadi bor jonzot.
Barcha tishlar ochilar,
YAraqlaydi har bir tish156
To’kin rizqu non keltirib, u butun
Go’zallikni yaratar.

Qadimgi Misr san’atining juda ko’p turlari ana shu manfaatli go’zallik asosida vujudga kelgan. Chunonchi, ma’budlar uchun qurilgan ibodatxonalar, ma’budlarning va o’limidan keyin ma’budga aylangan fir’avnlarning haykallari ulardan shafqat, mo’l hosil, rizq-ro’z so’rash maqsadida bunyod etilgan bo’lsa, xalq amaliy san’ati buyumlari esa kundalik hayotni go’zallashtirish uchun xizmat qilgan. Ayni paytda ba’zi san’at turlari manfaastiz go’zallikning namunasi sifatida diqqatni tortadi. Ayollarning go’zal bezaklari, taqinchoqlari, diniy-badiiy qissalar, ertaklar shular jumlasidan.


Misrdagi eng qadimgi badiiy ijod yodgorliklari V-IV ming yilliklarga borib taqaladi. Ular sopol idishlardir. Ularning qo’lda ishlanganligini sezish qiyin emas: shakllari va yuzasi notekis, ba’zan oddiy handasaviy naqsh bilan bezatilgan. Keyinchalik kulolchilik dastgohida ishlanib, ularda murakkab suvratlar va chizmalar aks ettirilgan.
Qadimgi Misrda me’morlik yuksak taraqqiyot va texnik mukammallikka erishgan. Qadimgi podsholar davrida Misr me’morligining o’ziga xos ajralib turuvchi ulkan monumentalligi ishlab chiqilgan. Bu borada ehromlar alohida o’rin tutadi. Ular orasida Xufu ehromi o’zining mahobati bilan ajralib turadi; balandligi 146,6; to’rt tomoni enining uzunligi (asosi) 233 metr. Xufu ulug’vorlikning ajoyib namunasi. Ehrom deyarli yaxlit tosh inshoot sifatida shunday aniq hisob-kitoblar bilan qurilganki, u qadimgi Misrda matematika yuksak darajada rivojlanganligidan ham dalolat beradi.
Qadimgi Misr haykallari xuddi me’morlikdek, badiiy ijodning haqiqiy noyob asarlari hisoblanadi. Ayniqsa, Luvr muzeyida saqlanayotgan mirza Kanning haykali o’zining realizmi bilan kishini hayratga soladi. Mirza chordana qurib o’tiribdi. U tizzalarida yozish uchun tayyorlangan papirus varag’ini, o’ng qo’lida qamish qalamni tutib turibdi. Uning katta quloqlari ding – eshitib bajo keltirishga o’rgangan. Ko’zlari alohida diqqatga sazovor – ular bir necha xil materialdan yasalgan: kosasi – brinch, unga ko’z oqini anglatuvchi ganch bo’lagi va tagiga silliqlangan yog’och qo’yilgan, billur qorachiq joylashtirilgan. Natijada tamomila tirik odam ko’zlaridek tasavvur uyg’otadi. Me’mor Raxotep va uning xotini Nefret haykali ham o’zining yumshoq tasviri, ranglari, inja nafosati bilan har bir tomoshabinga nafosat zavqini beradi. Bu haykallarning ko’pchiligi qadimgi yunon mumtoz haykaltaroshligi namunalaridan qolishmaydi, balki ko’z ifodasining berilishi bilan ulardan ko’ra jonli ko’rinish kasb etadi va qadimiy go’zallik namunasi sifatida kishini o’ziga rom etadi.
Yana bir ajoyib go’zallik namunasi bo’lmish qadimiy haykal bu –Axatetondagi haykaltarosh Tutmosning ustaxonasidan topilgan Nefertiti –Shohoyim boshining tasviri. Shohoyim qiyofasida nazokat, shohona g’urur va nafislik o’zining beqiyos ifodasini topgan. Nefertitining boshi xuddi noyob gulga o’xshaydi, u nozik gulbandga – bo’yinga nisbatan bir oz og’irroqday tuyuladi. SHohoyim qiyofasida tengsiz ayol go’zalligi va latofatini ko’rish mumkin.
Qadimgi Misr madaniyati taraqqiyotida faqat estetik g’oyalargina emas, balki nafosat mezonlari ham muhim o’rin egallaganligi shubhasiz. Bu qonun-qoidalar yig’indisini ma’lum ma’noda nafosatshunoslik risolalari deb atash mumkin. Afsuski, ular bizgacha etib kelmagan. Faqat bir risolaning nomigina saqlanib qolgan: ibodatxona kutubxonasi ro’yxatida «Devoriy rangtasvir va mutanosiblik qonuni bo’yicha tavsiya» degan nom uchraydi.
Qadimgi Misr so’z san’ati taraqqiyotida mirzalarning xizmati buyukdir. Biz so’z san’ati degan iborani ishlatdik. Zero quyidagi parcha qadimgi misrliklar badiiy adabiyotni boshqa san’atlar qatoriga kiritib, fikr yuritganliklaridan dalolat beradi. Chunonchi, «Pxatotep o’gitlari» deb atalgan qadimiy (bundan to’rt ming yillar avvalgi) she’riy matnda qo’yidagi satrlarni uchratish mumkin:
San’at sira bilmas chegara,
Mahoratning cho’qqisiga chiqolgaymi biror san’atkor!
Gavhar kabi yashirindir oqilona so’z,
Lekin uni topish mumkin don tuygan, huv, cho’ridan157.
Demak, so’z – san’at materiali, lekin u san’atga aylanishi uchun uni ishlata oladigan iste’dod lozim, iste’dod esa cho’rida ham bo’lishi mumkin. Bu o’rinda nafosatshunoslikning ko’p jihatlarini ko’ramiz: avvalo, san’atdagi yuksak mahorat doimo nisbiy. Ikkinchidan, so’z qo’llash ham san’at. Uchinchidan, badiiy adabiyotni, umuman, san’atni xalqning hamma qatlamlari, ya’ni oliy zotlar ham, xizmatkor-cho’rilar ham yaratadi, zero san’at mohiyatan demokratik xususiyatga ega bo’lib, hammaga birdek taalluqlidir.
Qadimgi Misrda mirzalar muayyan ma’noda ziyolilarning etakchilari hisoblanganlar. Dastlabki shoirlar ham ana shu mirzalardir. Ularning xizmatlari qadrlangan, ular ijodkor sifatida olqishga sazovor bo’lganlar. Chunonchi, «Mirzalarni sharaflash» deb atalgan she’rda noma’lum mirza bundan deyarli uch yarim ming yil avval, fir’avn Ramzes II davrida shunday deb yozgan edi:
Donishmand mirzalar...
Ular qurmadilar o’zlari uchun
Birinchdan qabrtosh
Va misdan ehrom.
Qoldirmadi ular va na merosxo’r, –
Nomlarin saqlagan zurriyotini.
Biroq qoldirdilar meroslarini –
O’zlari bitgan xat, pandnomalarda...158
O’sha asrlardagi mana bu satrlar qadimgi Rim shoiri Horastiydan salkam ikki ming yil, Pushkindan salkam to’rt ming yil avval yozilgan:
Haykal qo’ydim o’zimga, u misdan boqiyroqdir,
SHohona ehromlardan balandroqdir u.159
Qadimgi Misrda yaratilgan qissalar va ertaklar o’zining badiiy puxtaligi, shakliy go’zalligi bilan kishi diqqatini tortadi. Ularda asosan mo’’jizaviylik estetik hususiyati bo’rtib ko’zga tashlanadi. «Sinuxe qissasi», «SHirinsuhan dehqon haqida ertak», «Kema halokatiga uchragan kishi haqida ertak», «Nefertitining karomati», «Aka-uka haqida ertak» singari asarlar shular jumlasidandir. «Kema halokatiga uchragan kishi» ertagida qahramonning sehrli orolda ko’rgan-kechirganlari Sindbod dengizchi haqidagi ertakni va «Odisseya»ning ba’zi epizodlarini eslatadi. «Unamunaning sargardonligi» qissasi esa qadimgi Misr realistik nasrining ajoyib namunasidir. SHuningdek, qadimgi Misrda masal janri ham rosmana rivojlangan. Ularda kulgililik estetik xususiyati o’z ifodasini topgan.
Qadimgi Misr she’riyatida shakllarning turli-tumanligi, qabul qilingan muayyan uslub, she’r tuzilishi san’ati, ba’zan ma’lum darajadagi balandparvozlik, undagi uzoq taraqqiyot yo’lini ko’rsatib turadi. Qadimgi Misr muhabbat lirikasi orasida birinchi shoir ayol hisoblangan qadimgi yunon shoirasi Safodan ko’p asrlar avval yaratilgan, ayol shoir qalamiga mansub go’zal she’rlar bor.
Qadimgi Misrda teatr san’atining mavjud bo’lganligiga hozir hech qanday shubha bo’lishi mumkin emas. Qadimgi Misr teatri dastlab dafn marosimidagi ma’budlarning o’zaro dialoglari, shuningdek, turli ma’budlar sharafiga o’tkaziladigan xalq sayllari va bayramlarida o’sha ma’budlar hayotidan olingan lavhalarni sahnalashtirish natijasida bunyodga kelgan. Ma’budlar rolini kohinlar o’ynagan. Bunday sahnalar qadimgi podsholik davridayoq, ya’ni bundan 4–4,5 ming yillar avval ijro etilgan. O’shanday sahna-pesalardan bizgacha birginasi saqlanib qolgan. Uni fanda «Memfis ilohiyoti yodgorligi» deb atashadi. Kohinlar tasavvuridagi kosmologiya bayoni bo’lmish bu matnda Memfis ma’budi Pta tomonidan olamning yaratilishi va Osiris hamda uning o’g’li ma’bud Gor haqidagi juda qadimgi mifologik syujetlar, parchalar keltirilgan. Keyingi davrlardagi matnlar ham mifologik mazmunda bo’lib, ularda ko’proq ma’bud Gor ishtirok etadi. Bu tasodifiy emas. Qadimgi Misrda hukmron bo’lgan tasavvurga ko’ra, Gor taxtga o’tirgan har bir fir’avnning timsoli sifatida qabul qilingan, u har bir hukmdor uchun namuna, ideal hisoblangan.
Misrshunoslikdagi bebaho bitiklardan biri – Ixernofret degan a’yonning tarjimai holidir. Unda bu a’yon o’zini fir’avn Senusert III (miloddan avvalgi XIX asr) hukmronligining 19-yilida Abidosdagi ibodatxonani taftish qilish va har yili ko’p sonli tomoshabinlar ishtirokida sahnaga qo’yiladigan Osiris misteriyasini kuzatish uchun yuborilganini yozadi. Ixernofret bitigidan mazkur pesa quyidagi ko’rinishlardan tuzilganligini bilish mumkin:

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   677




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish