Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 3,97 Mb.
bet304/677
Sana04.02.2022
Hajmi3,97 Mb.
#430787
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   677
Bog'liq
2 5442675131216298385

O’lim va o’lmaslik. O’lim va o’lmaslik ahloqshunoslikdagi eng murakkab tushunchalar. Avvalo shuni aytish kerakki, o’lim shu paytgacha ahloqiy tushuncha sifatida «rasmiy» olib qaralmagan. Vaxolanki uni eng katta yovuzlik, eng ulkan baxtsizlik tarzida talqin etish odat tusiga kirgan. Mantiqan olib qaralganda, ezgulik va baxtning ziddi bo’lgan bu tushuncha axloqqa taaluqli, ya’ni illatdir. Zero o’lim oliy qadriyat bo’lmish inson hayotini kesib qo’yadi, uning ezguliklar, yaxshiliklar qilishga bo’lgan imkoniyatini yo’qqa chiqaradi. Masalan, Ibn Sino, juda bo’lmaganda, yana o’n yil yashaganida, 67 yoshga kirganida qanchadan–qancha ezgu ishlar qilgan, falsafa, tibbiyot va badiiy adabiyot sohasida ko’plab buyuk asarlar yaratgan bo’lur edi. O’lim uni, u orqali bizni ham ana shu ma’naviy ezguliklaridan mahrum qildi. Demak, o’lim, faqat biologik yoki tabiiy tushuncha emas, uning mohiyati ahloqiylik bilan chambaras bog’liq. To’g’ri, o’lim – haq. Lekin bu yerda o’limning turlari mavjudligini unutmaslik lozim.
O’limning birinchi turi, bu tabiiy, tashqi tabiat va inson ichki tabiati bilan bog’liq o’lim. U ikki xil bo’ladi: birinchisi – odatiy o’lim, u qarilik tufayli, inson a’zolarining hayotni davom ettirishga yaroqsizligi tufayli ro’y beradi. Ikkinchisi – halokat, u biror bir tabiiy ofat, yoki tasodiflar tufayli voqe bo’ladigan o’lim.
Ikkinchi turdagi o’lim – jamiyat bilan bog’liq, u ham ikki xil bo’ladi. Birinchisi – majburiy o’lim, u odatda jazo shaklida amalga oshiriladi. Ikkinchi xili – bu dunyodagi azob–uqubatlardan, ular hoh ruhiy, hoh jismoniy bo’lsin, qutilib, uyqu bilan mangu orom olish uchun ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladigan o’lim, totli o’lim yoki evtanaziya deb ataladi. Ayni ana shu ikkinchi turdagi o’lim ahloq bilan bog’liq. CHunonchi ikkinchi turdagi o’limning birinchi xili – ulkan yovuzlik hisoblanadi. SHunga ko’ra, o’lim jazosi yovuzlikka qarshi yovuzlik ko’rsatishdir. Bu haqda keyinroq bafurja to’xtalamiz.
Ixtiyoriy o’lim, aytilganidek, ba’zan ruhiy iztiroblar orqali hayotda o’z o’rnini topa olmaganligi, o’zi uchun eng ulug’ hisoblangan maqsadiga erisha bilmaganligi natijasida ro’y beradi. Bunday holat goho ommaviy tus olishi ham mumkin, o’tgan asr 80 yillarining ikkini yarmida sobiq totalitar rejim iskanjasidagi O’zbekistonda ayollar orasida o’zlarini yoqib yuborish xolatlari ko’plab yuz berdi. Yuzlab ayollar (asosan kolxozchilar) og’ir jismoniy mehnat, quvonchsiz shaxsiy hayot, reaksion urf–odatlar, turmushdagi yetishmovchiliklar tufayli hayotdan ko’z yumdilar. Ular ixtiyoriy o’limni qabul qildilar. Bunday o’lim aslida yashashni istamaslik emas, balki aksincha, SHopenenhauer aytganidek, yashash istagi tufayli yuz beradi, ya’ni o’zini o’ldirayotgan odam yashashni istaydi, faqat o’zi yashayotgan hayotdagi shart sharoitdan, jamiyat qoidalaridan norozi, hayotni emas, anna shu noinsoniy sharoitni tark etish maqsadda shunday qiladi, kimlargadir yoki jamiyatga achiqma–achchiq hayotdan ko’z yumadi.
Ixtiyoriy o’limning ikkinchisi ko’proq inson salomatligini yo’qotishi, kuchli jismoniy og’riqlardan xalos bo’lishga intilishi, yuqorida aytilganidek, o’limni mangu orom, totli abadiyat sifatida qabul qilishi bilan izohlanadi. Bunday o’lim ko’pincha tibbiyot odobi masalalari bilan bog’liq. Masalan, surunkali jismoniy og’riq natjasida, faqat kuchli narkotik dorilar bilan uyquga ketadigan og’ir ahvoldagi bemor, oxir–oqibat bir – ikki oydanmi, bir–ikki yildan keyinmi, baribir, o’limga maxkumligini his etgach, tibbiyot xodimidan o’zini dori dozasini kuchaytirish orqali o’ldirib qo’ya qolishni iltimos qiladi. Tibbiyot xodimi qanday qaror qabul qilishi kerak? Bemorni o’ldirish orqali og’ir azoblardan qutqarish axloqiylikka kiradimi yoki axloqsizlikkami? Bu muammolar hali uzil–kesil hal etilgan emas. Bundan tashqari. har ikki holatdagi o’limda o’z xohishi bilan o’limni barvaqt istagan, Xudo bergan umrni o’zi qisqartirishga ahd qilgan odam ahloqlimi yoki ahloqsizmi?
O’zini o’zi o’ldirish gunoh, lekin o’zini ham, oila a’zolarini ham qiynab yashash–chi? Ikkinchi xolatda u matonat, mardlik ko’rsatib, «o’ladigan kasalning o’lgani, bo’ladigan ishning bo’lgani ma’qul» degan maqolga amal qilgani ahloqiylikmi yoki ahloqsizlikmi? Bu savollarga birdan va bir tomonlama, qat’iy javob berish hozir ham mushkul, barcha davrlarda ham mushkul bo’lib kelgan.
O’lim borasidagi mulohazalarda yana bir muhim masalaga to’xtalamoq joiz. Xo’sh o’lim, odatda qabul qilingan tarzida, eng ulkan yovuzlikmi? Bunga dialektik yondashuv orqali javob berish lozim. O’lim og’ir yo’qotish. «Lekin o’z-o’zicha u tabiiy hodisa – yovuzlik emas... U uzoq davom etgan biologik evolyutsiya mobaynida foydali va zarur ahamiyatga ega bo’ldi»131.
Darhaqiqat, o’lim va hayot, boshqacha aytganda, hayot va mamot bir – biri bilan uzviy dialektik bog’liq tabiiy hodisalardan. Bu dunyoda hayotsiz o’lim, o’limsiz hayotning bo’lishi mumkin emas. Buni Lametri obrazli qilib shunday izohlaydi: «Narsalar dunyosida, o’lim arifmetikadagi nolning o’zgasini boshqa narsa emas»132 Faqat bevaqt, fojeaviy o’limni yovuzlik tarzida talqin etish mumkin. CHunki aynan shunday o’lim tufayli, yuqorida aytganimiz, insonni jamiyat va oila uchun qiladigan ezgu ishlar to’xtaydi.
Biz fojeaviy o’lim deganda ham ikki xil o’limni tushunishimiz lozim: birinchisi – tasodifiy, tabiiy yoki texnikaviy halokatlar tufayli ro’y beradigan o’lim. Unda tabiiylik mavjud, ikkinchisi – estetikadagi fojeaviylik tushunchasiga taaluqli o’lim, unda fojeaviylik qaxramonlikni vujudga keltiradi, o’lim – ijtimoiy hodisaga aylanadi. Boshqacharoq aytganda, Yangi g’oya uchun zamon bilan kurashib, o’zini fido qilgan shaxs qahramonlarcha halok bo’ladi, ya’ni erkinlik sub’ektda, zaruriyat ob’ektda beriladi va ob’ekt sub’ektning ustidan g’alaba qozonadi, lekin bundan buyog’iga, sub’ektning g’oyalari bilan yashaydi, bundan o’sha inson ijtimoiy – axloqiy ideal sifatida maqom topadi, jisman halok bo’ladi, lekin ruhan, ma’nan u uzoq zamonlar yashaydi yo abadiiy o’lmaslikka erishadi.
CHunki fojeaviy qahramon «o’z erkini yo’qotishi bilan aynan ana shu erkinlikning mavjudligini isbotlab, o’zining erkin ixtiyorini e’lon qilib, halok bo’ladi».133
Biz o’lmaslik deganida asosan ana shu holatni, ijtimoiy – ahloqiy ideal sifatidagi o’lmaslikni tushunamiz. Jisman o’lmaslik to’g’risidagi fikrlar esa tibbiyot muammosi bo’lib, unga erishishning imkoni yo’q, zero, keksayish, inson a’zolarining qarishi mavjud ekan, ular albatta o’limga olib boradi.
Ba’zi tadqiqotchilar, chunonchi, I. V. Vishev, inson kosmosga chiqmasdan oldin, kosmos haqida fikrlagan, ilmiy ishlar olib borgan edi, o’lmaslik haqida ham shunday fikr bildirsa bo’ladi, fan taraqqiyoti shunga olib kelish mumkin degan hayotbaxsh ruhdagi farazni ilgari suradi. Ayni paytda bu masalada «amaldagi o’lmaslik» tushunchasi bilan «o’lmaslik» tushunchasini qorishtirib yubormaslik muxim shart» ekanini ta’kidlab o’tadi.134. Demak, o’lmaslik mavjud va u ahloqiy tushuncha sifatida olib qaralishi lozim. SHu ma’noda axloqiy yuksak, fidoyi, ijtimoiy–axloqiy idealga aylangan insonlargina abadiylikka daxldordir.
SHunday qilib, biz axloqshunoslik mezoniy tushunchalarini imkon qadar ko’rib chiqdik. Ushbu nisbatan qisqacha tahlilning o’zi ham ularning axloqshunoslik sirlarini ochishda ilmiy kalit sifatida naqadar katta ahamiyatga ega ekanini ko’rsatib turibdi. Boshqacha qilib aytganda, mezoniy tushunchalar axloq nazariyasining asosini tashkil etuvchi mehvarlardir, barcha qolgan katta–kichik tushunchalar ular atrofida aylanib, axloq haqidagi ilmni vujudga keltiradi.

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   677




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish