Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 3,97 Mb.
bet211/677
Sana04.02.2022
Hajmi3,97 Mb.
#430787
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   677
Bog'liq
2 5442675131216298385

Оraliq sivilizatsiya yoki o’tish davri sivilizatsiyasi ulkan inshооtlar (to’g’оnlar, kanallar va sh.k.) barpо yetish, Yangi hududlarni bоsib оlish yoki o’z hududini tashqi dushmandan himоya qilish (masalan, Buyuk Хitоy dеvоri) zaruriyati tufayli vujudga kеladi. Natijada an’analari va qadriyatlariga ko’ra har хil lоkal hamjamiyatlarning mехanik birlashuvi yuz bеradi. Mazkur birlashuv rasmiy хususiyat kasb etadi va idrоk yetish ancha qiyin bo’lgan nоrmativ-huquqiy qоidalarga muvоfiq va jamiyatni tashkil yetishning lоkal hamjamiyatlar ko’nikkan hayot tarziga zid bo’lgan shakllarida amalga оshiriladi. Aksariyat hоllarda jamiyatni birlashtirish vazifasi davlat tоmоnidan va asоsan kuch ishlatish yo’li bilan hal qilinadi. Ayni shu sababli nоrmalar tizimi asоsan birlashtiruvchi mехanizm sifatidagi davlat ehtiyojlarini aks ettiradi. Bundan o’tish davri sivilizatsiyalariga хоs bo’lgan huquqiy nigilizm kеlib chiqadi. Davlat qadriyatlari va lоkal hamjamiyatlarning qadriyatlari asоsan bir-biriga zid bo’lgani bоis ularning o’rtasida to’qnashuv yuz bеrishi mumkin. Qattiq davlat intizоmi, ko’p sоnli sоliqlar to’lash, amaldоrlarning o’zbоshimchaligi, rеkrut majburiyati, urushlarda ishtirоk yetish zaruriyati kabi davlatning bu talablari ahоlining aksariyat qismida nоrоzilik uyg’оtadi.
SHunday qilib, jamiyatning muhim хususiyatlari ijtimоiy hayotni tashkil yetishning kеng ko’lamli shakli sanalgan sivilizatsiyaga asоslanadi. Sivilizatsiyalar vaqtda va makоnda o’ta barqarоr bo’ladi, individlar va ijtimоiy guruhlarning alоqalarini tartibga sоladigan va jamiyatning mоddiy asоslarini ham, ma’naviy asоslarini ham bеlgilaydigan umumiy nоrmalarga asоslanadi. Ular madaniyat va ijtimоiy munоsabatlarning umumiy shakllarini yaratib, jamiyat hayotining tizim tashkil etadigan muhim asоsi sifatida amal qiladi. Sivilizatsiya – avlоdlar vоrisiyligini ta’minlоvchi tariхiy tajriba manbaidir.
Insoniyat tarixining ilk davrlaridayoq odamlar narsalarning muayyan qimmatga ega ekanligini, insonning u yoki bu ehtiyojlarini qondira olishini, biron sohada foydali bo‘lishi mumkinligini kashf etganlar. Shu bilan narsalarning qadriyaviy xususiyati ochilgan.
Dastlabki paytlarda bu xususiyat buyumlarning amaliy foydasi bilan bog‘lanar edi. Keyinchalik qadriyat maqomi boshqa ijti­moiy instutlar va ma'naviy hodisalarda ham tan olina boshlandi.
Inson o‘z faoliyatini yo‘naltirishi lozim bo‘lgan ne'matlar va qadriyatlar muammosi qadimgi sharq falsafasi va falsafaga qadar bo‘lgan fikr tarixida muhim o‘rin tutadi. Braxmanlikda - bu qayta tug‘ilish orqali yanada yuksakroq varnaga65 erishish. Insonning keyingi hayotida qaerda tug‘ilishi uning taqvodorligi bilan bog‘liq, taqvodorlik esa o‘z varnasining dxarmasiga xizmat qilish va uning ko‘rsatmalaridan chetga chiqmasligini anglatar edi. Oliy maqsadga faqat braxmanlar erishi­shla­ri mumkin bo‘lib, u hamma narsadan (oiladan, boylikdan, olimlikdan) voz kechish va sansaradan ozod bo‘lish yo‘li. Zohidlik, xayr-ehson, poklik, kuch ishlatmaslik, yaqin kishilarga hamdard bo‘lish, o‘z ehti­ros­larini jilovlash - braxmanlikning yetakchi qadriyatlari. Upani­shad­lar­da ideal braxman hyech narsaga ko‘ngil qo‘ymaydigan, qayg‘u, baxillik, umid tuyg‘ularidan ozod, osoyishta, yolg‘on va hatto o‘z-o‘zini idrok etish­dan ham xoli bo‘lgan tafakkuri berilgan kishi sifatida tasvirlanadi66.
Braxmanlikda salmoqli o‘rin tutuvchi qadriyatlar qadimgi hind jamiyatidagi kastalarga bo‘linish bilan chambarchas bog‘liq. Bunday bog‘liqlik (bunga har bir kasta vakili amal qilishi kerak) brax­man­lik­ka nisbatan muxolifatda bo‘lgan bxagavatgizm, jaynizm va boshqa oqimlarda ham mavjud. Biroq charvaklar falsafasida bunday xildagi aloqaning asoslanganligi shubha ostiga olinadi. Bundan tashqari charvaklarda asketizmning targ‘ib qilinishi o‘rnini baxtni lazzat sifatida tushunishga yo‘naltirilgan gedonistik dastur egallaydi.
Qadimgi Xitoy falsafiy tizimlarida ham qadriyaviy ideallar shakllantirilgan. Konfutsiylikda bu qadimiylikka yo‘naltirilganlik, «oltin o‘rtaliq», «insonsevarlik», «hamdamlik» singari tamoyillardir. Konfutsiylikning asosiy tamoyili shunday: «o‘zingga ravo ko‘rmaganni o‘zgalarga ravo ko‘rma»67. Konfutsiylikning axloqining asosida - fuqaroning podshohga, xotinning erga, o‘g‘ilning otasiga, kichikning kattaga hurmati va bo‘ysunish yotadi.
Daosizmda konfutsiylik qadriyatlari inkor etiladi. «Mutlaq donolarcha» xulq-atvorning asosiy tamoyili - faoliyatsizlik tamoyi­li­dir: hamma narsa tabiiy yo‘l hisoblanuvchi dao yo‘lida ketishi kerak.
yevropa falsafasida qadriyatlar muammosi Qadimgi Gretsiyada qo‘yilgan edi. Bu muammoni birinchilardan bo‘lib Suqrot ko‘tarib chiqdi. U aksiologiyaning asosiy masalasini «Ne'mat nima?» degan savol bilan ifodaladi. Uning bu savolga murojaat etishi tasodifiy emas edi. Bu hol Afina demokratiyasining tanglikka uchrashining qonuniy natijasi sifatida yuzaga keldi. Mazkur savolga javob berish Yangi ijtimoiy ideallarni qidirishda yordam berishi lozim edi. Keyingi davrlarda ham qadriyatlar falsafasi tarixning burilish davrlarida, an'anaviy qadriyatlar qadrini yo‘qotgan, jamiyatning ijtimoiy negizlari obro‘sizlangan paytlarda dolzarb ahamiyat kasb etganligini ko‘rishimiz mumkin.
Antik an'ana doirasida qadriyatlar muammosini ishlab chiqishda Demokrit katta rol o‘ynadi. Qadriyatlar tabiatini naturalistik (ob'ektivistik) talqin qilish an'anasini u boshlab berdi. Antik faylasufning fikriga ko‘ra, baxt-saodat, ezgulik, adolat, go‘zallik mezonlari tabiatning o‘zida, hamma narsaning o‘z tabiiy oqimida ketishidadir. Nimaiki tabiatga mos bo‘lsa - yaxshi, nimaiki unga zid bo‘lsa - yomon. Bizning xuzur-halovatimiz va azoblarimiz, qoniqishimiz va noroziligimizning asosi ana shunda.
Aflotunga ham qadriyatlarni ob'ektivistik tushunish xos edi. Biroq materialist Demokritdan farqli o‘laroq Aflotun ularning manbaini tabiatda (narsalar olamida) emas, balki vujudsiz mohiyatlar (ob'ektivlashtirilgan tushunchalar) - g‘oyalar olamida ko‘radi. «Katta Gippiy» asarida Aflotunning Suqrot ismli qahramoni Gippiy bilan suhbatda u yoki bu narsalarni go‘zal qiluvchi narsa nima ekanligini bilishga urinadi. Go‘zallikning ayrim narsalardagi in'ikosini namoyish qilish orqali go‘zallikning nima ekanligini idrok etish mumkin emasligi faylasufni go‘zallik «g‘oya»siga olib keladiki, ana shu go‘zallikning qandaydir bir narsaga qo‘shilishi uni go‘zal qiladi. Aflotun g‘oyalari bir-biriga bo‘ysunuvchi muayyan tartibda joylashadi. Mazkur g‘oyalar piramidasining cho‘qqisi baxt-saodat g‘oyasidir. Aynan shu g‘oya ijobiy fazilatlarning, go‘zallikning, haqiqat va uyg‘unlikning manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Qadriyatlarning boshqa bir relyativistik (sub'ektivistik) konsep­siya­si ham mavjud bo‘lib, unga Protagor asos solgan. Mazkur kon­sep­siya­ga muvofiq qadriyatlarning bahosi nisbiy bo‘lib, u insonga bog‘liqdir.
Qadriyat muammosiga antik davrdayoq shakllangan yondashuvlar o‘z ko‘rinishlarini muayyan darajada o‘zgartirgan holda keyingi falsafiy tizimlarda ham saqlab keldilar. Aksiologiya muammosini ishlab chiqishga I.Kant, G.Lotse, G.Rikkert, N.Gartman, F.Nitsshe va boshqalar o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   677




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish